Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (vositalari) va ulardan foydalanish darajasining samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularning aniqlanishi
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (vositalari) va ulardan foydalanish darajasining samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularning aniqlanishi
Korxona balansida asosiy vositalar ilcki xil variantda: yangi boshlang‘ich bahosida va tiklanishga doir bahosida hisobga olinadi. Qishloq xo‘jaligi korxonasi balansidagi asosiy vositalaming ana shu aralash shakli asosiy vositalaming balans qiymati nomini oladi. Asosiy vositalar mulk tarkibida shuningdek, amortizatsiyaga ajratmani ham hisobga olgan holda yoziladi. Asosiy vositalami hisobga olishning ana shunday shakli asosiy vositalaming qoldiq qiymati nomini oladi. U asosiy vositalaming balansli qiymati va amortizatsiya ajratmasi orasidagi farqni ko‘rsatadi. Asosiy vositalaming ikki taraflama hisobi (amortizatsiya ajratmasisiz va uni qo‘shib) asosiy vositalaming normativ eskirish darajasini va uning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sirini belgilaydi. Asosiy vositalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini hisob- kitob qilish uchun ulaming o‘rtacha yillik qiymatlarini aniqlash kerak. Ulami quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin: (0,50n + 0,0k) X 0m 0s = 12 Bunda 0S - asosiy vositalaming yillik o‘rtacha qiymati; 0„ - asosiy vositalaming yil boshidagi (1 yanvardan) qiymati; 0k - asosiy vositalaming yil oxiridagi (31 dekabr) qiymati; ^ 0m- 1 yanvardan boshlab asosiy vositalaming har oyning birinchi kuniga qiymati. Asosiy vositalaming yuqorida aytilgan turlaridan tashqari asosiy vositalami tugatish qiymati ham bor. U o‘ziga asosiy vositalar hisobdan chiqarilgandan keyin qoladigan metallolom, konstruktsiyaga ehtiyot qismlar va boshqalami qamrab oladi. Ekspluatatsiya jarayonida asosiy vositalar asta-sekin eskiradi, o‘zining boshlang‘ich sifati va bahosini yo‘qota boradi (binolar, traktorlar kombaynlar). Ekspluatatsiya hamda atmosfera omillari ta’sirida asosiy vositalaming eskirishi fizik eskirish nomini oladi. Iqtisodiyotda fizik eskirishdan tashqari ma‘naviy eskirish ham hisobga olinadi. U ikki turda bo‘lishi mumkin. Birinchi tartibdagi ma‘naviy eskirish smenada mehnat vositasi bilan korxona xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshliroq mahsulot ishlab chiqarish ma‘nan eskirgan vositalar bilan bajarila boshlanadi. Bunday hollarda korxonalarga eskirgan mehnat vositasini hisobdan chiqarish yoki sotish va ulaming o‘migamahsuldorrog‘ini sotib olish iqtisodiy jihatdan foydali bo‘ladi. Ikkinchi tartibdagi ma‘naviy eskirish ishchilar uchun qulay bo'lgan awalgi unumdorlik bilan arzonroq mehnat vositasi ishlab chiqarila boshlanganda yuz beradi. Eskirgan asosiy vositalami tiklash va ulami yangilariga almashtirish uchun har yili asosiy vositalaming bir qismi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxga o‘tkaziladi (ish va xizmatga). Asosiy vositalaming am shu qismi amortizatsiya deb ataladi. Amortizatsiya ajratmalarining o‘ziga xosligi shundaki, u asosiy vositalaming Haqiqiy eskirishi asosida emas, normativ (foydali foydalanish muddati) bo‘yicha hisoblanadi, ya’ni amortizatsiya asosiy vositalaming haqiqiy eskirishini aks ettirmaydi. Amortizatsiyani mahsulot (ish va xizmat) tannarxiga qo‘shish mahsulot (ish xizmat) realizatsiyasidan tushgan daromadni pasaytiradi. Biroq bu moliyaviy mablag‘laming chiqib ketishiga olib kelmaydi. Chunki, amortizatsiyaga ajratmalar korxonada qoladi. Binobarin ushbu pul mablag‘lari asosiy vositalaming har bir turi eskirganda malum yildan keyin ulami tiklash uchun ishlatiladi, shuning uchun amortizatsiya ham daromadga o‘xshab kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va investitsiyalar uchun muhim manba hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida asosiy vositalaming bir qancha turiga amortizatsiya ajratmalar ajratilmaydi. Ularga mahsuldor chorva mollari (sigirlar, zotdor buqalar, asosiy ona cho‘chqalar, sovliqlar, qo‘ylar va boshqalar) kiradi. Mahsuldor chorva molining qiymati, u bo‘rdoqichilikka chiqarilib realizatsiya qilingandan keyin tutgan tushumdan tiklanadi. Asosiy vositalaming hisobi ulaming foydali foydalanish muddatiga bog‘liq holda 10 ta tasnif guruhiga bolinadigan inventor kartochkalarida yuritiladi. Masalan, birinchi guruh foydali foydalanish muddati 1 yildan ikki yilgacha bo‘lgan asosiy vositalami; ikkinchisi — 2 yildan ortiq uch yilgacha; uchinchisi - 3 yildan ortiq va besh yilgacha bo‘lgan va boshqalami o‘z ichiga oladi. Asosiy vositalar ekspluatatsiya jarayonida uzluksiz harakatda bo‘ladilar. Asosiy vositalaming bir qismi yangilanadi, boshqa qismi foydalanish muddati tugagach hisobdan chiqariladi, ayrim vositalar keraksizligi uchun sotiladi va hokazo. Asosiy vositalaming bu harakati asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish mohiyatini belgilaydi va asosiy vositalaming ko‘payishi, yangilanishi va hisobdan chiqarilishi koeffitsientlari bilan izolilanadi. Asosiy vositalaming ko‘payish koeffitsienti: Oya — Ob Kp= Оь Bunda Ob- yil boshida (1 yanvarda) asosiy vositalaming qiymati; Ok- yil yakunida (31 dekabr) asosiy vositalaming qiymati. Asosiy vositalami yangilash koffitsienti: Ot Kh = Оь Bunda Ok- kirim qilingan asosiy vositalaming qiymati. Asosiy vositalami hisobdan chiqarish koeffitsienti: Oh Kh = Оь Bunda Oh- hisobdan chiqarilgan asosiy vositalaming qiymati. Asosiy vositalardan foydalanishning o‘rtacha muddati (yil): 0(, О» = A Bunda 00‘ - asosiy vositalaming o‘rtacha yillik qiymati; A- amortizatsiyaning yillik summasi. Asosiy vositalaming eskirish darajasi (%): Ob—Oya Oe = x 100 Оь Bunda Oe - asosiy vositalaming eskirish qiymatisiz qiymat. Asosiy vositalaming ko‘payish qiymati tahlil qilinayotgan davrda: asosiy kapitalning ortishini izohlaydi. Yangilash koefftsienti ishlab chiqarishga yangi asosiy vositalar kiritilganini aks ettiradi. Ko‘payishi va yangilanish koeffitsientlari bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri proportsional bog‘liqlikda bo‘ladi. Ko‘payish koeffitsienti qancha yuqori bo‘lsa, yangilanish koeffitsienti ham shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Hisobdan chiqarish koeffitsienti xo‘jalikda asosiy vositalaming hisobdan chiqarilishi sur‘atini ko‘rsatadi. Asosiy vositalardan foydalanishning o‘rtacha muddati xo‘jalikda amortizatsiya fondi hisobiga necha yilda asosiy vositalar yangilanishi mumkinligini, ya’ni normativ bo‘yicha asosiy vositalaming xizmat ko‘rsatish muddatini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlami shartli misolda ko‘rib chiqamiz. Xo‘jalikda asosiy ishlab chiqarish vositalari yil boshida (Ob) 92912 ming so‘mni, yil oxirida (Oya) - 93090 ming so‘nmi tashkil etdi, 1484 ming so‘mni asosiy vosita (Ok) kirim qilindi. 1306 ming so‘mlik asosiy vosita hisobdan chiqarildi (Oh). Asosiy ishlab chiqarish vositalarining eskirish bahosisiz qiymati (Oe) - 45330 ming so‘m, yillik amortizatsiya ajratmasi (A) 2295 ming so‘mni tashkil etadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlami aniqlaymiz. Ко‘pay ish koeffitsienti: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling