Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
H i n d u i z m - hozirgi Hindistonda tarqalgan din shaklidir. U eramizdan oldingi dinlar – braxmanizm va vedizmning evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o'rtalariga kelib shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Xozirgi vaqtda Hindiston aholisining 80 dan ortiqroq foizi hinduizmga e'tiqod qiladi. Hinduizm sinkretik din bo'lib, turli e'tiqodlar, urf-odatlar va marosimlar, maxalliy diniy e'tiqod va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voqe bo'lib, urug'-qabila dinlari elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy g'oyalarini qamrab olgan. Hinduizm o'zining yagona tashkilotiga ega emas.
Hinduizm insonnning tug'ilganidan to vafot etishigacha bo'lgan huquq va vazifalarini belgilab va cheklab qo'yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka keng o'rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligini oqlaydi va abadiylashtiradi, ruhning o'lmasligi va ko'chib aylanib yurishi (sansara ta'limoti), qayta tug'ilishi (karma ta'limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va do'zax kabi aqidalarni o'z ichiga oladi. Hinduizm politeistik din bo'lib, unda ko'p xudolilik elementlari saqlangan. Dindorlar tasavvurida bosh xudo Braxman Koinotning ijodkori va yaratuvchisidir. Bundan tashqari hindlar Vishnu va Shiva xudolariga ham e'tiqod qiladilar. Hinduizm ta'limotida xudoning uch xil ko'rinishida tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi uch yuzli xudoga uxshaydi. Hinduizm ta'limoticha, olam paydo bo'lib, yemirilib, yuq bo'lib turadi, ya'ni olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr olamning yuksak rivojlangan cho'qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yuqoladi. Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo'linishini aks ettiruvchi savob va jazo (karma) g'oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da'vo qilinadi: 1) dxarma – oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish; 2) artxa – foydali ishlar qilish, zarur materiallarga ega bo'lish; 3) kama muhabbat tuyg'ulariga erishish, his-tuyg'ularni qondirish; 4) moksha – o'zgarish zanjiridan butunlay xalos bo'lish. Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o'z xudolariga bag'ishlab minglab katta-kichik ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar «muqaddas joylar», daryolar va boshqa xar hil narsalarga sig'inadilar. Hind xalki orasida yovuz ruhlarga e'tiqod qtltsh keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar – hukiz, sigir, maymun va ilon kabilarga ham sig'inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e'tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham muqaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko'ra, go'yo Gang daryosi qirg'og'ida kishi hayotdan ko'z yumsa, narigi dunyodagi hayoti ancha yengillashar, jannatga yul olar degan diniy fikr bor. Hinduizmning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd qilingandeq jamiyatdagi kishilarni tabaqalarga – kastalarga ajratishdir.hozirgi paytda kishilarni tabaqalarga bo'lish ta'qiqlanadi. Hinduizmning «muqaddas» yozuvlariga Veda, Upanishadlar kiradi. Keyinchalik «Maxabxarata» va «Ramayana» dostoniga o'xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar sigdirilgan har xil afsona, rivoyat, hikmatli suzlar, epik dostonlar paydo bo'la boshladi. Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka, Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshqa hududlarda tarqalgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling