Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
2-reja bayoni. Hinduizm dinining mazmun mohiyati. Vedalar. Braxmanlik. Hinduiylik ta'limoti va xudolar panteoni.
Eramizdan avvalgi 2-ming yilliklar o‘rtalarida Hindistonga Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari farq qilgan xalqlar kirib kela boshladilar. Ular yevropa tillariga o‘xshash bo‘lgan sanskrit tilida gaplashar edilar, o‘zlarini esa oriylar (aslzodalar) deb atar edilar. Ular o‘zlari bilan muqaddas yozuvlarini ham olib keldilar. Ular Vedalar (sanskr. tilida - Bashorat) edi. Uning tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo‘lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy axborotlarni o‘z ichiga olgan edi. Vedalarning boshqa muqaddas (mas. Bibliya) yozuvlardan farqli tomoni shunda ediki, ular nihoyasiga yetkazilmagan va oxiri ochiq edi. Unga keyingi ruhoniylar tomonidan ham qo‘shimchalar qo‘shish imkoni bor edi. Shuning uchun keyinchalik bu yozuvlar juda ham kengayib ketdi. Vedalarda 33 ta, ba'zi manbalarga ko‘ra 333 yoki 3339 ta afsonaviy xudolar haqida madhiyalar bitilgan. Bu xudolarning eng mashhurlari - Indra, Varuna, Mitra, Dyaus, Adita, Agnyu, Vishnu, Krishna. Vedalar (Sanskritcha) “muqaddas bilim” degan ma’noni bildiradi. Eramizdan taxmiman bir yarim, ikki ming yillar avval Hindistonga bizga noma’lum sabablarga ko’ra Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari bilan farq qiluvchi xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Yevropa tillariga o’xshash bo’lgan sanskrit tilida so’zlashar, o’zlarini oriylar, ya’ni aslzodalar deb atar edilar. Ular o’zlari bilan birga muqaddas bitiklari-yozuvlarini ham olib keldilar. U bitiklar sanskrit tilida “muqaddas bilim”, “muqaddas bashorat” degan ma’noni bildiruvchi “Vedalar” deb atalar edi. Bu so’z ayni mahalda “muqaddas kitob”, “oliy donishmandlik” degan ma’nolarga ham ega bo’lgan. Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir qancha kitoblar kirgan bo’lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy axborotlarni o’z ichiga olgan. Vedalarning boshqa muqaddas kitoblardan farqli tomoni shunda bo’lganki, ular nihoyasiga yetkazilmagan va oxiri ochiq-tamomlanmagan holda qolgan. Unga keyinchalik ruhoniylar tomonidan ham qo’shimchalar qo’shish imkoni bo’lgan. Shuning uchun keyinchalik bu yozuv-bitiklar juda ham kengayib ketdi. Ammo bu muqaddas bitiklarning asosiylari to’rtta-“Rig” veda, “Yajur” veda, “Sama” veda va “Atxarba” veda bo’lgan. Upanishad (sanskritcha) ustozning yonida haqiqatni bilish uchun o’tirmoq degan ma’noga ega bo’lib, Vedalarga yozilgan diniy-falsafiy izohlardir. Upanishadlar miloddan avvalgi VII-III asrlardan boshlab, milodiy XIV-XV asrlargacha tuzib borilgan, 250 ga yaqin asarlar kiritilgan. Upanishadlar nasriy va she’riy uslubda yozilgan dastlabki va so’nggi izohlarga bo’linadi. Upanishadlarning asosiy vazifasi brahmanlik va buddaviylikka asos bo’lgan bir qancha g’oyalar, xususan, insonlarga yomonlikni ravo ko’rmaslik, chunki hayotning o’zi azoblardan iborat ekanligi haqidagi ta’limotni asoslab berishdir. Bunda inson umrining o’zi qurbonlikdir degan tasavvur olg’a suriladi. Yakka jon va ilohiy jonning qo’shilishi to’g’risidagi ta’limot, yakka tug’ilishlar zanjiridan xalos bo’lish aqidasini vujudga keltiradi. Upanishadlarda Brahma oliy ibtido, jism va hodisalar asosi va sababi, barcha borliqning boshi va oxiri deb talqin qilinadi (Brahma-qiyofasiz xudo, mutlaq kuch). Barcha narsalar o’shandan paydo bo’lgan, o’sha bilan yashaydi va o’lgach, yana o’shanga qaytadi. Barcha narsalar Brahmadir, Brahma esa Atmandir deyiladi (Atman-nafas, ruh, jon, umumiy-ilohiy jon). Shunday ekan, aytishimiz mumkinki, barcha narsalar xudodir, xudo esa nafas, ruh, jon, umumiy jondir. Bu ta’limotga ko’ra, moddiy dunyo, jumladan, inson ham, atman-brahmadan paydo bo’lgan va yana o’shanga aylanadi, insonning joni avvalgi mohiyatiga butunlay qaytib, u bilan yana qo’shilib ketadi. Har bir inson ilohiy kuch tomonidan belgilangan hayot kechirish tarzi-qonuniga muvofiq yashashi kerak, kimki bu qonunni buzsa, uning joni kelgusida biron hayvon yoki hashorat tanasida qayta dunyoga keladi, bu qonunni buzmagan odamning joni esa kelgusida yuqori tabaqa vakillariga mansub inson tanasida qayta paydo bo’ladi, deb ta’lim beriladi. Insonning yashashdan maqsadi ham ana shunda deb tushuntiriladi. Upanishadlar keyingi davrlarda shakllangan barcha hind falsafiy tizimlar, maktablar va ularning vakillari dunyoqarashlariga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling