Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Download 1.82 Mb.
bet38/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

2- reja bayoni. Payg‘ambarlik va vahiyning talqini.

Muhammad ibn Abdullox ibn Abd al-Muttalib Arabiston tarixida “fil voqeasi” nomi bilan mashxur jangdan 50 kun keyin tavallud topdi. Misrlik munajjim Maxmud poshoning aniqlashicha payg‘ambarning tavallud topishi milodiy sananing 571 yil 21 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. Otasi Abdullox Muhammad a.s. tug‘ilmasidan oldin savdo ishi bilan Shomdan qaytayotib Yasrib(Madina)da vafot etdilar va o‘sha erga dafn etildi.


Bola sog‘lom va ziyrak bo‘lib o‘sishi uchun arablarda saxroyi ayollardan sut-ona topib emizish odati bor edi. Ana shu odatga ko‘ra, Bakri qabilasidan bir guruh ayol go‘dak izlab shaharga keladi. Muhammad a.s.ga sut-ona bo‘lish Abu Zuaybning qizi Xalimaga nasib etdi.
Rivoyat qilinishicha, Rasulullox Xalimaning qo‘ylarini yaylovda boqib yurganlarida ikki oppoq kiyimli kishi kelib u kishining ko‘kraklarini yorishadi-da, ichlaridan bir narsani olib tashlab, kesilgan joyni tikib qo‘yishadi. Muhammad a.s.ni ikki oq kiyimli kishi olib ketishayotganini ko‘rgan akalari o‘z onalariga bu xabarni etkazishganida bibi Xalima voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan etib keladilar. Bu vaqtda kichkina Muhammad a.s. ranglari bir holatda turgan edilar. Keyin ularga bo‘lgan voqeani o‘z og‘izlari bilan gapirib beradilar. SHundan so‘ng birovning farzandiga biror shikast etib qolishidan qo‘rqqan Xalima bolani o‘z onalariga topshiradi.
6 yoshlarida onalari Omina vafot etdi. 8 yoshgacha buvalari Abdulmuttalib qo‘llarida qolib, buvalari vafot etgach amakilari Abu Tolib Muhammad a.s.ni o‘z qarmog‘iga oldi.
Muhammad a.s. 25 yoshga to‘lganlarida Asad jamoasidan bo‘lgan boy ayol Xadicha bint Xuvaylid u kishidan o‘zining savdo karvoni bilan birga SHomga safar qilishni so‘radi. Bu savdodan katta foyda tushdi. Muhammadning to‘g‘ri so‘zlilik, xalollik, sadoqatlilik kabi yuksak insoniy fazilatlarini ko‘rgan Xadicha yoshlari ancha katta bo‘lishiga qaramay, taomilga zid ravishda unga sovchi qo‘ydi. Muhammad tomonidan amakilari Abu Tolib, Xadicha tomonidan amakivachchasi Varaqa rozilik berib, nikox o‘qildi.
Muhammad 35 yoshga kirganda makkaliklar Ka’bani ta’mir etishadi. Uni qayta qurish jarayonida muqaddas sanalgan “Xajar al-asvad” (g‘ora tosh)ni kim o‘rniga qo‘yadi degan masalada tortishib qoladilar. Shunda ulardan biri - “ertalab Safo eshigidan kim birinchi kirib kelsa o‘sha bizga xakamlik qilsin”, deydi. Ertalab Safo tarafidan Muhammad a.s. kirib keladilar. Uni ko‘rgan olamon “Muhammad al-Amin (ishonchli Muhammad)keldi” deb, xursand bo‘lishadi. U choponini echib, “g‘ora tosh”ni qo‘yib, barcha qabila boshliqlarini cho‘ponni baravariga ko‘tarishga buyuradi va o‘zi Qoratoshni joyiga qo‘yadi. Muhammad o‘zining zukkoligi bilan qabilalar o‘rtasida chiqishi mumkin bo‘lgan nizoning oldini oladi.
Muhammad 40 yoshga etganida ko‘proq tarkidunyochilikni qo‘msaydigan bo‘lib qoldi. Makkaning 3 mil yuqorisidagi Xiro tog‘ida joylashgan g‘orga ketar va Ramazon oyini u erda kechirib, ibodat qilardi. G‘amlagan ozuqalari tugagach bibi Xadicha oldiga qaytar, bu erda bir oz qolib, yana o‘sha g‘orga ketar edi. Uerda o‘zlarini sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar edilar. G‘oyibdan quloqlariga “Sen Alloxning elchisisan” degan tovushlar tovushlar eshitilar edi. Tush - xayollari to‘g‘ri chiqayotgandek edi.
Milodning 610 yilida Ramazoni sharif oyida Payg‘ambar a.s. odatga ko‘ra, yana Xirodagi g‘orga chiqdilar. Jamiyatda yuz berayotgan noxaqliklar, insoniyat jabr tortayotgan zalolatdan qutulish - oliy haqiqatga erishish haqida fikr yuritar edilar. Xiro tog‘ida avvalgi o‘tgan payg‘ambarlardan Ibroxim, Muso, Iso kabi “taxannus” ibodati bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Imom al-Buxoriy bu ibodatga shunday sharx beradilar: “Payg‘ambarimizning qaysi shaklda ibodat qilganligi so‘raladigan bo‘lsa, buning tafakkur va ibratdan iborat bo‘lganligini aytamiz”.
Payg‘ambarlikning boshlanishi tushda ayon bo‘la boshladi. Tushda ko‘rilgan har bir narsa oydin bir subx kabi o‘ngda yuz berardi. Kunlarning birida Xiro tog‘idagi g‘orda vaxy keltirgan malak Jabroil a.s. Payg‘ambarga ko‘rindi va:

  1. O‘qi, - dedi.

Payg‘ambar:

  1. Men o‘qishni bilmayman, - dedilar.

Malak yana amrini takrorladi. Payg‘ambar yana:

  1. Men o‘qishni bilmayman, - javobini berdilar. So‘ngra malak uni boshdan oyoqqa qadar kuchlari qolmaguncha siqdi.

SHunda Payg‘ambar:

  1. Nimani o‘qishim kerak? - deb so‘radi.

U zamon farishta ilohiy oyatlarni o‘qiy boshladi:
“Yaratgan rabbing nomi bilan o‘qi! U insonni laxta qondan yaratdi. O‘qi! Karami keng bo‘lgan Rabbing xaqqi uchunki, U qalam bilan ta’lim berdi, insonga bilmaganlarini o‘rgatdi”.
Alaq surasining boshidagi bu oyatlar ilk kelgan vaxydir. Payg‘ambar a.s. bu oyatlarni qalbga joylab, farishtaning ketidan qaytardilar. SHundan so‘ng bo‘lib o‘tgan voqeadan nixoyatda xayrat va qo‘rquvga tushganlaridan darhol bibi Xadichaning xuzurlariga qaytdilar va “Meni o‘rab qo‘ying, o‘rab qo‘ying”, dedilar. Shundan so‘ng uzoq uyquga ketdilar. Uyg‘ongach bo‘lgan voqeani ayollariga so‘zlab berdilar. Xadicha buni yaxshilikka yoyib, Varaqa ibn Navfal nomli avvalgi samoviy kitoblardan boxabar bo‘lgan qarindoshlarining xuzuriga borib bu voqeaning tafsilotini so‘radilar. Varaqa bu ko‘ringan farishta Muso va Iso payg‘ambarlarga vaxyni olib tushgan - Jabroil ekanligini aytdi. U yana kelajakda Muhammad a.s. o‘z ummatiga payg‘ambar bo‘lishi, bu yo‘lda ko‘p aziyat chekishi, o‘z yurtidan chiqarilishi haqidagi xabarlarni bildirdi.
Rasululox yashirin da’vatga o‘tdilar. Birinchi bo‘lib Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib iymon keltirishdi. Keyin Zayd ibn Xorisa, Abu Bakr iymon keltirishdi. Birinchilardan bo‘lib iymon keltirganlarni ko‘radigan bo‘lsak, ular ayollardan - Xadicha, erkaklardan - Abu Bakr, go‘daklardan - Ali ibn Abi Tolib, qullardan - Zayd ibn Xorisa bo‘ldilar. Ular jamiyatning turli tabaqalaridan bo‘lib, bu narsa islom hamma uchun ham munosib din ekanini ko‘rsatardi. Vaqt o‘tishi bilan jami musulmonlar 30 kishiga etdi. Ular qurayshiylarning yangi dinga qarshi ekanliklarini bilganliklari uchun o‘z dinlarini yashirin saqladilar.
Ilk musulmon bo‘lganlarning ichidan hech kimi va orqasida quvvatli suyanchig‘i bo‘lmaganlar mushriklarning ta’qibiga uchradilar. Makka mushriklari Abu Bakr, Usmon ibn Affon kabi buyuk va badavlat zotlarga bir narsa deya olmas edilar. Ammo zaif bo‘lgan faqirlarni och va suvsiz tutishar, urar edilar. Ular orasida Bilol Xabashiy, Ammor ibn Yosir, Suxayb Rumiy, Xabbob ibn Arat, Abu Fakayxa kabi qullar hamda Lubayna, Naxdiyya, Zinnira, Ummu Abis kabi joriyalar bor edilar.
Mushriklar Usmon ibn Affon kabi musulmonlarga qo‘llaridan kelgan azoblarni berishdan chekinmayotgan edilar. Payg‘ambarga eng ko‘p dushmanlik qilganlar quyidagilar edilar: Abu Laxab, Abu Jaxl, Valid ibn Mug‘ira, Abu Sufyon, Umayya ibn Xalaf, Os ibn Voil.
Quraysh ulug‘lari Payg‘ambarning Alloh elchisi bo‘lganligini tan olgan edilar. Ammo hasad yuzasidan unga qarshi chiqar edilar. Buni Anas Abu Jahldan islom haqidagi fikrini so‘raganida u bergan javobdan bilsa bo‘ladi: “Biz bilan Xoshimiylar o‘rtasida qadimdan raqobat bordir. Sharafni o‘rtada bo‘lisha olmaymiz. Ular ziyofat bersalar, biz ham beramiz. Ular xayr-sahovat ko‘rsatsalar, biz ham ko‘rsatamiz; ulardan orqada qolmaymiz. Shunday barobar ketayotgan paytimizda ulardan biri o‘ziga ko‘kdan vaxy kelganini xabar beryapti. Biz bunga qanday qo‘shila olamiz? Valloxi, biz ularning Payg‘ambariga ishonmaymiz!..”.
Musulmon bo‘lmagan makkaliklar ham Muhammadning yuksak axloq egasi ekanini tan olar edilar. Musulmonlar safi kengayib Payg‘ambar amakilari - jasur Hamza undan so‘ng Umar ibn al-Hattobning imon keltirishlaridan mushriklar sarosimaga tushib qoldilar. Ular musulmonlarga ozor berishni yanada kuchaytirib yubordilar. Bu aziyatlardan holi bo‘lishlari uchun Payg‘ambar musulmonlarga Xabashistonga xijrat qilishni buyurdilar.
Xabashistonga ketishni istagan 11 erkak va 4 ayoldan iborat bo‘lgan birinchi guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bo‘ylab ketdi. Ularning ichida Usmon ibn Affon va xotini Ruqiya (Payg‘ambarning qizi), Abu Xuzayfa va xotini, Zubayr ibn Avvom, Abdurrahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Mas’ud bor edilar. Guruh boshlig‘i Usmon ibn Maz’un edi. 15 kishi bir guruh holida vaxyning 5-yili Xabashistonga ketdilar. Ularni Xabashistonda juda yaxshi kutib oldilar. U erda yaxshi sokin hayot kechira boshladilar. Ularning bunday osoyishta hayot kechirayotganliklarini eshitgan boshqa musulmonlar ham bir yildan so‘ng ikkinchi bir guruh holida u erga xijrat etdilar. Bu guruhning boshida Ja’far ibn Abu Tolib bo‘lib (Alining akasi), ular 80 kishi edilar.
Xabashiston xalqi va uning podshoxi Najoshiy musulmonlar juda yaxshi munosabatda bo‘ldilar.
Makkaliklar Abdumanof urug‘ini Abu Tolib darasiga qamal qildilar. SHundan so‘ng ikki marta Habashistonga xijrat qilindi.
Qamaldan so‘ng Xadicha vafot etdi. Payg‘ambar Toifga xijrat qildilar.
Makkada “Isro va Me’roj” voqeasi yuz berdi. Dushmanlar Rasululloxni o‘ldirishga qaror qilishdi.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling