Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Download 1.82 Mb.
bet14/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

2-MAVZU. MILLIY DINLAR.


Reja:

  1. Yahudiylik dinining yuzaga kelishi. Tavrot yahudiylik dinining muqaddas kitobi. Yahudiylik ta'limoti, an'ana va marosimlari. Markaziy Osiyoda yahudiylik.

  2. Hinduizm dinining mazmun mohiyati. Vedalar. Braxmanlik. Hinduiylik ta'limoti va xudolar panteoni.

  3. Jayniylik. Sikxiylik ta'limoti va manbalari.

  4. Konfutsiylik ta'limoti va uning Xitoy milliy diniga aylanish jarayonlari. Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar. Daochilik – falsafiy ta'limot. “Dao” tushunchasi tahlili.

  5. Sintoiylik. Yapon xalqi an'analari. Kami kulti.

Tayanch so`z va iboralar: Yahudiylik, Yaxve, Tavrot sionizm, massonizm, farziylar, saduqiylar, yesseylar, vedalar, braxmanlik, hinduiylik, konfusiylik, “Dao”, daosizm, sintoizm, Krishna, karma, kasta, dxarma.


1-reja bayoni. Yahudiylik dinining yuzaga kelishi. Tavrot yahudiylik dinining muqaddas kitobi. Yahudiylik ta'limoti, an'ana va marosimlari. Markaziy Osiyoda yahudiylik.
Milliy dinlar deb, odatda bir millatga mansub xalqlar e'tiqod qiladigan dinlar tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng sunggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim.. dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo'lib, odatda, politeistiq ya'ni kup xudolik dinlari bo'lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko'p xudolikning o'zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida – bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengiz xudosi, ikkinchi ukasi - yer osti podsholigining xudosi hisoblanar edi. Shuningdeq muhabbat va go'zallik ma'budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san'at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo'lgan. Xuddi shunga o'xshash qadimgi yaxudiylar dinning xudosi – Yaxve ham ko'p xudolilikning yaqqol namunasidir. Quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o'ziga xos yana bir xususiyati oxirat to'g'risidagi tasavvurning paydo bo'lishi va unga ishonishdir. Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to'la shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik qilish keng rasm bo'lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo'lida meva-cheva, noz-ne'matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining sunggi davrlariga kelib odamlar o'rniga hayvonlar qqurbon qilina boshlangan. Shu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ'ib qilinardi.
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug'-qabila dinlaridan farqli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning, sungra millatning shakllanishini uzlarida aks ettirgan.
Milliy dinlarda tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-marosimlar asosan muayyan elat yoki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimgi dinlar milliy davlat xarakterida bo'lishi bilan boshqa din shakllaridan ajralib turgan.
Eng sunggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: yahudiylik (iudaizm) (hinduizm, sikxizm, daosizm, konfutsiychilik, sintoizm).

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling