SH O M O N I Z M - ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo'lgan animistik e'tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e'tiqodlardan biri. Uning o'ziga xos xususiyati – kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo'la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarga, shuningdeq kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o'lganlarni oxiratga uzatish, tabiatga xoxlagancha o'zgarishlar qilish kabi xususiyatlar taqaladi. O'tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do'mbirasi yoki mo''jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusmlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. Shomonizm o'tmish dinlar sarqiti sifatida ba'zi hollarda uchrab turadi.
M A G I YA (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g'ayritabiiy yo'l bilan ta'sir ko'rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir.
Sehrgarlik xarakatining shakllari turlicha bo'lib, ular turmushning xar hil sohalarida qullanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiharish magiyasi, dushmanni yengish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o'rin egallagan, ya'ni ular tirikchilikka kerak bo'lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki xodisaga bog'lih bo'lgan magik xarakatlarni bajarganlar.
Ibtidoiy jamoa ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining darajasi pastligi, kishilar hayotining urug' va qabila munosabatlari tor doirasi bilan cheklanganligi, tabiat kuchlari oldidagi ojizlik dinning ilk shakllarida o'z in'ikosini topgan. Bu ojizlik ibtidoiy odamning sodda, yuzaki tasavvurlariga asoslangan soxta, sehrgarlik usullarini qullanishga majbur etgan. Ojizlik qadimgi odamlarning har doim mu'jizaga ishonish bilan xayoldagina maqsadga erishishiga madad bergan.
Ibtidoiy dinlardagi xayoliy in'ikos mahsuli bo'lgan tog', suv, bo'ron, quyosh, momaqaldiroq xudosi kabi tasavvurlar turli-tuman bulsa-da, ular oliy va past tabaqalarga ajratilgan emas. Bunday ajratish jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida o'tilgandan so'ng yuz bera boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |