Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
4- reja bayoni. Din dunyoqarash shakli va uning jamiyat
taraqqiyotiga ta’siri. «Din» tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko'p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayon ifodasidir. Undan o'tmishdagi g'oyat og'ir va hozirgi murakkab sharoitlarda har xil ijtimoiy-siyosiy harakatlar turli maqsadlar yo'lida foydalanishga intilganlar. DIN tushunchasi o'zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo'lib, ishonch, inonmoq ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o'ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir. E'TIQOD so'zi ham arab tilidan kirib kelgan bo'lib, chuqur, mustahkam ishonch ma'nosini anglatadi. Demaq diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslaq ishonish tushuniladi. Iloo'iyot, ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan «din», «diniy e'tiqod» tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo'lgan, uni go'yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir «tugri», «haqiqiy», «odil» hayot yullarini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslaq karashlar, ta'limotlar majmuidan iboratdir. Islomgacha «din» so'zining o'rniga «tangri yo'li», «unga ishonch» iboralari qo'llanilgan bo'lsa kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bo'lgan diniy e'tiqodlariga binoan «tangri» butun olamni, insonni yaratgan, «yuksaklik», «eng baland», «bahaybat» degan ma'nolarni ham anglatgan. Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqiqiy ta'limot olamning mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini o'rganishda minglab yillar mobaynida uning bag'rida qo'lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. qolaversa, din bag'rida shakllangan ma'naviy, jumladan axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, ularning kishilarga ijobiy ta'sirchanlik masalalari ilmiy jihatdan o'rganish va bu ma'naviy-ahloqiy qadriyatlardan foydalanish ko'proq ahamiyatga ega bo'lmoqda. Ma'lumki, diniy olng ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, uning mavjudligi ham ijtimoiy borliq bilan belgilanadi. Kishilarning ijtimoiy, ma'naviy hayoti moddiy asosga (bazisga) bog'liq. Ijtimoiy xayot jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikning muayyan ko'rinishi bo'lgan hukmron ishlab chiqarish usulining taraqqiyot darajasiga asoslanadi. Demaq ijtimoiy borliq, bir tomondan, jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikni, ikkinchi jihatdan, jamiyat a'zolari orasidagi o'zaro munosabatni qamrab oladi. Diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ana shu munosabatning muayyan shakllarining in'ikosidir. Dindor o'z tasavvurida o'zining toat-ibodatga oid harakatlari orqali ilohiy kuch bilan bevosita aloqa bog'lanish o'rnatadi. Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo'lganligi uchun ular dinning elementlari (qismlari) deb ataladi. Bu tarkibiy qismlar bir-birlari bilan uzviy bog'liqdir; dinning mavjudligi bu tarkibiy qismlarning hammasini taqozo qiladi. Dinning tarkibiy qismlari orasida diniy ong, diniy tasavvurlar yetakchi o'rin egallaydi. Binobarin, diniy marosimlar, diniy psixologiya, diniy birlashmalar esa diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi va uzoq davrlarda yashashi uchun xizmat qiladi. Diniy ong bir-biri bilan bog'liq, o'zaro muayyan darajada ijobiy mustaqil bo'lgan diniy mafkura va diniy psixikadan iborat. Diniy mafkuraning vujudga kelishi va shakllanishi sinfiy jamiyatda ro'y bergan aqliy meo'natning jismoniy mehnatdan ajralishi va buning natijasida vujudga kelgan dastlabki qohinlar, keyinchalik ruhoniylar faoliyatlari bilan bog'liq. Ular o'z g'oyaviy faoliyatlarida diniy mafkurani yaratadilar va buni asoslash, targ'ib qilish bilan shug'ullanadilar. Diniy psixologiya – ruhiy holat bo'lib diniy mafkuradan ancha oldin vujudga kelgan. U oddiy dindorlarning his-tuyg'ulari bilan boghliq odatlari, kayfiyatlaridan tashkil topadi. Diniy mafkura diniy psixik holatni g'oyalar bilan mustahkamlasa, bunisi diniy mafkurani his-tuyg'ular, odatlar vositasida chuqurlashtiradi. Hozirgi davrda oddiy dindorlarning xatti-harakatlaridagi islomga xos bo'lmagan ibtidoiy dinlarning qoldiqlari bunga misol bo'la oladi. Bularga pol ochirish, kinna soldirish, issiq-sovuq qildirish, va h.k.lar kiradi. Dinning ta'rifi, uning tarkibiy qismlari, diniy ong darajalarini bilishning ilmiy, amaliy ahamiyati shundaki, u kishilar hayotidagi diniy va diniy bulmagan xarakatlarni bir-biridan farqlash, ularga alohidaalohida yondashish imkonini beradi. Jamiyat moddiy hayot sharoitlarining ta'siri ostida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy shodisadir. U ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, ma'lum bir sabablarga binoan vujudga kelgan. Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o'rtasidagi va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo'linadi. Bu aloqalarning ob'yekti va sub'yekti diniy jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang'ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 1)diniy e'tiqod. Maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg'usi; 4) jamoa a'zolari orasidagi o`zaro taqsimlangan mavqei va vazifalarning birligi. Diniy jamoalarning to'zilishi an'analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy dasturlar, qoida, fatvolar bilan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va norasmiy guruhlarga:- «Jamoa kengashi», «ruhoniylar», «qavmlar» va «va'zxonlar»ga, diniy va xujaliq moliya ishlari bilan shug'ullanuvchi guruhlarga bo'linadi. O'rta Osiyo xalqlari mslomgacha e'tiqod qilgan zardushtiylikda diniy qarash va tasavvurlar dunyoviy ishlarga faol munosabatda bo'lishga chaqirilgan. Xususan, bu dinda chorva mollarini boqish, dehqonchilik bilan shug'ullanish dindorlikning asosiy belgisi, vazifasi darajasiga kutarilgan. Taqvodorlikning asosiy belgisi chorvaga, oilaga ega bulish va don ekishdir. Dan ekkan kishi taqvodorlik urug'ini ekadi. Bunga ixlos kuyish 10 ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik g'ilishga teng deb hisoblangan. Bu zardushtiylikning muhim ijobiy tomoni edi. Bu dinda mehnat juda ulug'langanyu u faqatgina moddiy ne'matlar manbai bulmay, balki birinchi navbatda, ahloqiy sog'lom va ezgulik manbai bo'lgani uchun ham yuksak qadrlangan. Bu vaziyat muayyan shaklda boshqa dinlarda ham bor. Chunonchi, hadislarda bayon qilingan ota-ona va farzandlar, boshqa millat vakillari bilan bog'liq fikrlar, qarashlar ham bunga yorqin misol bo'la oladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling