Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
A N I M I Z M - (lotincha – animus – jon, ruh demakdir). qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.
Ingliz etnologi E.Teylor 1871 yilda animizmni ilk diniy tasavvurlarning dastlabki bosqichi sifatida e’tirof etgan. Ruhlarning borligiga ishonish, tabiat kuchlari, hayvonlar, o‘simliklar va jonsiz narsalarni jonli deb tasavvur qilish, ajdodlar ruhini ilohiylashtirish animizmning mohiyatini tashkil etadi. E.Teylor fikriga ko‘ra, ibtidoiy odamlar odam o‘lgandan keyin uning joni tanasidan ajraladi va abadiy yashaydi, deb hisoblaganlar. SHu sababli qabrga marhumning qullari, uy hayvonlari, taomlar, kiyim–kechaklar, uy–ro‘zg‘or buyumlari va boshqa anjomlarini ko‘mishgan. G‘ayritabiiy kuch haqidagi tasavvurlar insonning har qanday muvaffaqiyati – ovdagi omadi, dengizda qo‘lga kiritgan o‘ljasi, urushdagi o‘rmonlarni ilohiylashtirib, ularni “ruhlar makoni” deb o‘ylaganlar. Ba’zi antropologlar animizmdan oldin ham diniy qarashlar mavjud bo‘lganini da’vo qilib, ular uni “animatizm” deb nomlaydilar. Animatizm bir tomondan narsalarning o‘ziga xos g‘ayritabiiy kuchga ega ekanligiga, boshqa bir tomondan esa ruhlarning mavjudligiga ishonishdan iborat. Ibtidoiy qabila a’zolari o‘zlarini ko‘z bilan ko‘rinmas kuchlar bilan o‘rab olinganliklariga ishonganlar. Bu e’tiqod har bir qabilada o‘zgacha nomlar bilan nomlangan. Teylorning shogirdi bo‘lgan R.Marettining 1909 yilda nashr qilgan “Dinning ibtidosi” nomli kitobida birinchi marta izohlangan bu nazariyada dinning kelib chiqishini shaxsiyati mavjud bo‘lmagan umumiy dinamik kuchdan qidirish, izlash kerakligini bildiradi. Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi tushunchalarning shakllanishida ma'lum rol o'ynab kelgan. Animizm har bir kishida uning hayoti va ongining manbai bo'lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, Shimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grenlandiyada esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o'rganish, jon va ruhlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo'lishi munosabati bilan tarkib topgan. Shu davrda jonning o'lmasligi haqidagi tasavvur paydo bo'lgan. Chunki qadimgi odamlar o'z tanalarining to'zilishi to'g'risida to'liq bir tushunchaga ega bo'lmay, hattoki uyqu va tush ko'rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. Shundan sung ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bo'lib, odam o'lgandan so'ng u kuch, ya'ni jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bulgan. Shuning uchun ular o'zlari bilan bir qatorda hayvon, o'simlik hatto mehnat qurollari, keyinchalik suv, o'rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Jon va ruhlarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha kishilarda bo'lib, xudo eng oliy ruh xisoblanadi. Farishta, shayton kabilar haqidagi tasavvurlar o'z mohiyatiga ko'ra murakkablashtirilgan animizmdir. Odam o'lgandan so'ng tanadan chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demaq odam o'lganda jon chiqib ketib, yashay berar ekan, uning o'zi abadiy yashaydi degan tushuncha paydo bo'lgan. Abadiy ruh to'g'risidagi tasavvur ana shu yo'sinda shakllangan. Ruhlarga ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan. O'zbeklarda arvohlar haqidagi tasavvurlar, ularni eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq yoqish, qabristonlarga borib Qur'on suralaridan o'qish animizmga bo'lgan e'tiqodning shaklidir. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling