Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Payg‘ambarlar
- Muqaddas kitoblar
Imon 7 aqidani –
1. Allohga, 2. uning farishtalariga, 3. muqaddas kitoblariga, 4. payg‘ambarlariga, 5. oxirat kuniga, 6. taqdirga va 7. о‘lgandan keyin tirilishga ishonishni о‘z ichiga oladi. 1. Alloh — dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va kelajakda yuz beradigan barcha voqea va hodisalar, dunening tugashi va oxiratga Allox tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan sodir bo‘ladi. Allohni hech kim bor qilgan emas, u o‘zidan-o‘zi bordir. Alloh birdir, yakkadir, yolg‘izdir. Uning sherigi, tengdoshi, o‘xshashi, o‘g‘li, qizi, ota-onasi, qarindoshi, er yoki xotini yo‘q. U o‘lmaydi, uxlamaydi. U biluvchidir, u bilmaydigan biror ish yo‘q. U xohlovchidir, har ishga qodirdir, ko‘ruvchidir, eshituvchidir, so‘zlaguvchidir, ya’ni Qur’ondagi barcha oyatlar Allohnikidir. Alloh bo‘ldirguvchidir, tarbiya qiluvchidir, to‘g‘rilik qiluvchidir. Allohda hech qanday ayb va kamchilik yo‘qdir, Uning turadigan joyi, oldi, orqasi, o‘ng yoki chapi, yuqori va pasti yo‘q. U hamma erda hozir. Alloh emaydi, ichmaydi, kasal bo‘lmaydi. 2. Farishtalar — Alloh taoloning nihoyatda itoatli hech-bir gunohsiz, nurdan yaratilgan, odamlar ko‘ziga ko‘rinmaydigan bandalaridir. Ular doimo Alloh taoloning buyurgan ishlarini bajaradilar, uning buyrug‘idan aslo chiqmaydilar. Ularda erlik, xotinlik, eyish-ichish, uxlash kabi xususiyatlar yo‘q. Farishtalarning mashhurlari — Jabroil, Mikoil, Isrofil va Azroillardir. Ular o‘zlari xohlasalargina insonlar ko‘ziga har xil suratda ko‘rinishlari mumkin. 3. Payg‘ambarlar — Alloh taolo tarafidan bandalariga din hukmlarini o‘rgatmoq uchun yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, to‘g‘ri va itoatli bandadirlar. Ular Alloh taolo amridan chiqmaydilar, gunoh qilmaydilar. Ular odam bolalaridan chiqadilar. Payg‘ambarlar Alloh taolo tarafidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga etkazadilar, bandalarni haq dinga va yaxshi ishlarga va’z, nasihat bilan chaqiradilar. Qur’onda 28 payg‘ambarning ismlari zikr etilgan. Payg‘ambarlar 2 xilga bo‘linadilar: a) rasullar; b) nabiylar. Alloh taolo tarafidan o‘zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasul deb ataladilar. O‘zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg‘ambarlar esa nabiy deyiladi. Nabiylar rasul bo‘lolmaydilar, rasullarning har biri, ayni paytda, nabiy ham hisoblanadilar. Barcha payg‘ambarlardan 8 nafariga alohida kitob va shariat berilgan (Odam, Idris, SHis, Ibrohim, Muso, Dovud, Iso va Muhammadga). Payg‘ambarlarning oxiri va barchadan afzali Muhammad alayhissalomdir, undan keyin boshqa payg‘ambar kelmaydi. 4.Muqaddas kitoblar (Alloh taoloning kitoblari)-bu har zamonning o‘ziga yarasha din va muomalat hukmlarini bayon etib, o‘sha zamonning payg‘ambarlariga yuborilgan vahiylar Alloh taoloning kitoblari, ya’ni muqaddas kitoblardir. Alloh taolo payg‘ambarlarga 100 sahifa va 4 kitob yuborgan. 100 sahifa Odam, SHis, Idris, Ibrohimga, 4 kitob esa Muso, Dovud, Iso va Muhammadga yuborilgan. Qur’on Alloh taolo tomonidan o‘z payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga tushirilgan vahiydir, ya’ni Allohning o‘z payg‘ambariga yuborgan ko‘rsatmalaridir va samoviy kitoblarning oxirgisidir. Vahiy — farishtalar orqali yuborilishi yoki bevosita Alloh bilan gaplashish vositasida bo‘lishi mumkin. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga vahiy quyidagicha amalga oshgan: Birinchi vahiy tush orqali namoyon bo‘lgan (o‘sha tush o‘ngidan kelgan); farishtalar o‘zi ko‘rinmay turib payg‘ambar qalblariga kerakli narsani etkazgan; -vahiy qo‘ng‘iroq ovozidek jaranglab quloqlariga chalingan; -Jabroil farishta payg‘ambarga odam shaklida ko‘ringan; -farishta o‘zining asl qiyofasida ko‘ringan va vahiy etkazgan; -Allohning o‘zi payg‘ambarga me’roj kechasida namozni farz qilish va shunga o‘xshash ba’zi narsalarni bevosita vahiy qilgan. Dastlabki vahiy Muhammad (s.a.v.) Hiro g‘orida yolg‘iz ibodat qilayotganida yuborilgan. SHu kuni "Alaq" surasining ayrim oyatlari nozil bo‘la boshlagan. Qur’onning nozil bo‘lishi 23 yil davom etgan. Goho bir oyat, ayrim hollarda o‘ntagacha oyat ketma-ket vahiy orqali nozil bo‘lgan. Buning sababi shundaki, Qur’on oyatlari kishilar ongiga yaxshiroq singishi va qalblarga jo bo‘lishi nazarda tutilgan, qolaversa, atrof-muhit voqealari, shart-sharoit hisobga olingan. Agar Qur’on oyatlari tarqoq holda emas, birato‘la tushgan taqdirda, kishilarda "biz bunchalik ko‘p yo‘l-yo‘riqlarni bajara olmaymiz", degan bahona tug‘ilishi mumkin edi. Qur’onning nozil bo‘lish tartibi odamlarni ana shunday malollikdan xalos etgan. Qur’onning tarqoq tushishida hikmat ko‘p. CHunonchi, har qanday xalq ajdodlaridan o‘tib kelgan va o‘zi yashayotgan tartibotlar, urf-odatlar va rasm-rusumlardan birdaniga voz kecha olmaydi. Bu asta-sekinlik bilan sodir bo‘ladigan jarayondir. Oyatlarning tarqoq tushishidagi yana bir hikmat shulkim—uni yod oluvchilarga mushkullik tug‘dirmasin. Qur’on tushishidan oldin va xususan, Qur’on tushayotgan paytda arablarda so‘z san’ati — adabiyot (she’riyat), va’z-xonlik benihoya oliy darajada edi. Ular yil mobaynida bir necha sayil va marosimlar tashkil etishar edi. Xususan, Ukoz degan joyda nufuzli hay’at a’zolari hakamligida she’rxonlik va va’zxonlik bobida katta-katta musobaqalar o‘tkazilardi. Arablarning shu qadar so‘z san’atini ulug‘lashining, mahoratlari darajasi ulkanligining ikki sababi bor edi: Birinchisi — odatda sahro hayoti kishilarni xayolchanlikka undaydi, voqelikni shoirona idrok etish esa xayolchanlik mevasidir. Arablar shunday sharoitda yashaganlar. Ikkinchisi — ayni chog‘da ular qabila-qabila bo‘lib yashaganlar. Bu tarzda hayot kechirish o‘zaro urush, ziddiyat, tortishuvlarsiz bo‘lishi mumkin emasligi tabiiy hol edi. Bunday sharoitda har bir qabila qo‘shni qabilaga nisbatan o‘z qadr-qimmatini saqlashga, o‘z faxr-iftixorini ko‘z-ko‘z qilishga intilgan. Bunday ustunlikning yagona yo‘li — so‘zga chechanlik, shoirlik edi. So‘z san’ati soxiblari nihoyatda qadrlangan. Qur’onning sehrli so‘zlari ana shuvday tarzda yashayotgan xalq huzuriga tushishga ravo ko‘rildi. Mana, Qur’on yaralgandan buyon necha asrlar ortda qoldi, bu foniy dunyodan nene ulamo-yu fuzalolar, shoiru davronlar yashab o‘tmadi, lekin bironta inson farzandi Qur’on so‘zlarining ohorini to‘kadigan so‘z ijod qila olmadi. 5. Oxirat — bu, dunyoda Alloh taoloning o‘zidan va u xohlaganidan boshqa hech narsa qolmaydigan kundir. Uning k,achon bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. O‘lgan bandalar go‘rga qo‘yilganlaridan so‘ng, go‘rlariga Munkar va Nakir ismli ikki farishta kirib, ularni so‘roq qiladilar. Savollarga javob berganlar yaxshilardan hisoblanib, qiyomatgacha rohatda bo‘ladilar. O‘lgan bandalar Alloh taoloning qudrati bilan tiriladilar, so‘ngra Alloh taoloning tayin qilgan eriga borib yig‘iladilar. Yig‘iladigan joyning nomi "Mahshar eri", kun esa "Qiyomat kuni" deb ataladi. Qiyomat kuni — bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshilik va yomonliklari ma’lum bo‘ladigan, yaxshi bandalar uchun sevinch, yomonlar uchun qo‘rqinchli kundir. YAxshiliklari ma’lum bo‘lgan bandalar xursandlik ila "sirot" ko‘prigidan o‘tib, jannatga, yomonlar esa bu ko‘prikdan o‘ta olmay do‘zaxga kiradilar. Sirot ko‘prigi — Mahshar eri bilan jannat orasida do‘zax ustiga qurilgan, qilichdan o‘tkir, qildan ingichka va nihoyatda uzun ko‘prikdir. 6. Taqdir — Alloh taolo tomonidan bo‘lgan va bo‘ladigan yaxshi, yomon ishlarning qaysi zamonda, qaysi joyda, qay ravishda bo‘lmog‘ini hamda o‘z ilmi azaliysi bilan bo‘lmasdan turib oldindan belgilab qo‘yilishidir. Islom ta’limotidagi bu asosiy 7 aqidaning Alloh taolo va Muhammad (s.a.v.)ga ishonish qismi islomda imon (iymon) deb ham ataladi, ya’ni Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad uning bandasi va rasuli (payg‘ambari), deb shohidlik berishi tushuniladi. Barcha 7 aqida to‘laligicha imoni (iymoni) mufassal deb ataladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling