Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Download 1.82 Mb.
bet43/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

Savol va topshir

  1. Islomning vujudga kelishi sabablarini tahlil qiling.

  2. Arabiston yarim orolining aholisi islomgacha qaysi dinga e’tiqod qilgan?

  3. Hanafiylar harakati qanday g‘oyaga asoslangan?

  4. Nima uchun Yasrib shahri aholisi Muhammad alayhissalomning da’vatlarini qabul qilgan?

  5. Qur’oni karim ilmiy ahamiyati haqida fikr yuriting.

  6. Qur’oni karim suralariga xos xususiyatlar nimalardan iborat?

  7. Islom iymoni aqidalari deganda nimani tushunasiz?

  8. Islomning asosiy bayramlarini izohlang.



7-MAVZU. ISLOM DININING AQIDAVIY YO`NALISHLARI VA MAKTABLARI


Reja:

  1. Kalom ilmining shakllanishi. Ilk aqidaviy adabiyotlarning islom dinining qabul qilinishidagi o`rni.

  2. Islom oqimlari va yo‘nalishlarining paydo bo’lishi sabablari, eʼtiqodidagi bo‘linishlarning sabablari va oqibatlari.

  3. Sunniylik va shialik yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi va ular eʼtiqodidagi farqlar.

  4. Moturidiylik va ashʼariylik maktablari.

Tayanch so’z va iboralar: Tasavvuf, sunniylik, shialik, Xanafiya, Molikiya, SHofi’iya, Hanbaliya, Zaydiya, Isno’ashariya, Ja’fariya, Ismoiliya


1- reja bayoni. Kalom ilmining shakllanishi. Ilk aqidaviy adabiyotlarning islom dinining qabul qilinishidagi o`rni.

Kalom(arab.-ravon nutq, jumla,gap,so’z)-islom ilohiyot ilmi. VIII asrda arab xalifaligida paydo bo’lgan. Kalom islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi. Kalom ilmi tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalom ilmi turli diniy-siyosiy guruhlar(xorijiylar,qadariylar, jabariylar, murjiiylar va h.k) paydo bo’lishi bilan bog’liq bahslar jarayonida vujudga keldi va taraqqiy etdi.


Moturidiya ta’limotiga movarounnahrlik olim Abu Mansur al–Moturidiy asos solgan. Aksariyat manbalarda Moturidiy 870 yili Samarqandning “Moturid” qishlog‘ida tug‘ilgani va Samarqandda 944 yili vafot etgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Ba’zi manbalarda uning 100 yilga yaqin umr ko‘rgani haqida ham ma’lumotlar bor. Manbalarda Imom Moturidiyning o‘ndan ortiq asarlari bo‘lgani haqida ma’lumotlar keltiriladi. “Kitob at–tavhid”, “Kitob al–maqolot”, “Kitob radd avoil al–adilla lil–Ka’biy”, “Kitob bayon vahm al–mo‘‘tazila”, “Kitob radd tahzibi al–jadal lil–Ka’biy”, “Radd kitob al–Ka’biy fi vaiyd al–fussoq”, “Radd usul al–xamsa li–Abi Umar al–Boxiliy”, “Radd kitob al–imoma li ba’zi ar–ravofiz”, “Kitob radd ala al–qaromita” hamda usul al–fiqhga oid “Ma’haz ash–sharoi’”, “al–Jadal” kabi asarlar shular jumlasidandir.
Moturidiyning aqidaviy qarashlari va kalom ilmidagi o‘ziga xos uslubi XI asrga kelib Movarounnahrda alohida maktab sifatida tan olingan va “moturidiya” deb atalgan. Mazkur maktab o‘zining yarim–ratsionalistik qarashlari bilan boshqa aqidaviy ta’limotlardan ajralib turadi. Unda, masalalarning echimini topishda faqat Qur’on va sunnatga tayanibgina qolmasdan, mantiqiy tafakkur orqali ham yondoshilgan. Moturidiya ta’limotida asosan mo‘‘taziliya, shia, xorijiya, jabariya, qadariya kabi ta’limotlarga raddiyalar berilgan. Moturidiya ta’limoti XI–XII asrlarda keng miqyosda rivojlangan. Ushbu davrlarda endi ta’limot nafaqat Movarounnahrda, barki Xuroson, Iroq. Misr va SHom o‘lkalariga ham tarqala boshlangan. Bunda moturidiya ta’limoti vakillaridan Abul Mu’in an–Nasafiy, Abu Hafs an–Nasafiy, Alouddin as–Samarqandiy, Nuriddin as–Sobuniy, Ibrohim as–Saffor, Alouddin al–Asmandiy kabi movarounnahrlik olimlarning katta bo‘lgan.
Ash’ariya. Ushbu ta’limotga basralik Abul Hasan al–Ash’ariy (873–936) asos solgan. Ash’ariy umrining yarmini asosan mo‘‘taziliyaga qarshi kurashishga bag‘ishlagan bo‘lsada, dastlab uning o‘zi mazkur ta’limot vakili bo‘lgan. Mo‘‘taziliya ta’limotida Ash’ariyning ustozi Abu Ali al–Jubboiy bo‘lgan. Qirq yoshida u mo‘‘taziliya ta’limotidan voz kechadi va Bag‘dodga ko‘chib umrining oxirigacha o‘sha erda yashagan. Ash’ariy Muhammad ibn Jarir at–Tabariy, Ibrohim ibn Ahmad al–Marvaziy, Mahmud ibn Dovud al–Isbahoniy, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal (v. 290/903 y.), Abu Mansur al–Moturidiy kabi olimlar bilan bir davrda yashagan. Ash’ariya ta’limoti ham ahli sunna val jamoa aqidasiga muvofiq ta’limot hisoblangan. Ushbu ta’limot ham asosan mo‘‘taziliya, qadariya, jabariya kabi ta’limotlarning aqidaviy g‘oyalariga qarshi turgan. Ash’ariya ta’limoti asosan Iroqda, so‘ngra saljuqiylar hukmronligi davrida Xurosonda rivojlangan. Ash’ariya ta’limotiga oid Abul Hasan al–Ash’ariyning “al–Ibona an usul ad–diyana”, “Maqolat al–islomiyin” kabi asarlarni misol keltirish mumkin. Ash’ariya ta’limoti moturidiya ta’limoti bilan bir davrda shakllanib rivojlangan. Tasavvuf va unga o‘zakdosh bo‘lgan sufiy, mutasavvif atamalarining kelib chiqishi haqida xilma–xil qarashlar mavjud. Hozirgi paytga kelib ko‘proq tasdiqlangan va ko‘pchilik (SHarq va G‘arb olimlari) tomonidan qabul qilingan fikr shuki, ushbu atama «jun, yung» ma’nosini bildiruvchi suf (o‘zak harflari – svf) so‘zidan olingan. Bundan tashqari mazkur atamaning kelib chiqishi ilk islom davrida zohidlik guruhlari ko‘rinishida shakllangan «ahl as–suffa» (Payg‘ambarning Madinadagi uyi yaqinidagi suffaga yig‘iluvchi zohid kishilar)ga tegishli degan fikrlar ham mavjud. G‘arbiy Evropa tadqiqotchilari esa to XX asrga qadar uni yunoncha – «sophia» (hikmat) so‘zidan kelib chiqqan degan fikrga moyil bo‘lganlar.
Sufiylik amaliyotining asosini zikr tashkil etadi. Tariqat hayotini tashkil etishda tasavvufda ustoz–shogird sifatida qabul qilingan murshid–murid aloqalari muhim rol o‘ynaydi. Aynan shu aloqa jamiyat ichida o‘zaro manfaatlarni birgalashib himoya qiluvchi tashkilot tuzilishi uchun asos bo‘lib xizmat etdi.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling