Qarshi davlat pedagogika universiteti
Download 26.19 Kb.
|
Uzluksiz ta’limda ekologik ta’lim konsepsiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksiz ta’limda ekologik ta’lim konsepsiyasi. Reja: 1 Ekologik uzluksiz ta`lim bosqichlari 2 Ekologik ta’lim konsepsiyasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Pedagogika” fakulteti
Tabiat fanidan3-kurs 020-15 guruh Mursalova Gulira'no Sirtqi Maktabgacha ta'lim Uzluksiz ta’limda ekologik ta’lim konsepsiyasi. mavzusidagi MUSTAQIL ISHI Qarshi 2022 yil Uzluksiz ta’limda ekologik ta’lim konsepsiyasi. Reja: 1 Ekologik uzluksiz ta`lim bosqichlari 2 Ekologik ta’lim konsepsiyasi Fan-texnika taraqqiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi tabiat resurslarini ehtiyot qilish va ulardan foydalanishni muvofiqlashtirishni kunning dolzarb masalasi darajasiga ko’taradi. Insoniyat o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida, tabiatga ta’sir eta boshladi,oqibatda ekologik muammolar vujudga keldi. Ekologik muammolar hozirgi kunning dolzarb va umumjahon muammosiga aylandi. Bir ekologik muammo vaqtida bartaraf etilmasa, ortidan boshqa ko’pgina ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ekologik muammolarning oldini olish kunning dolzarb muammosi bo’lib qoldi. Kelajakda paydo bo’ladigan ekologik muammolarning kelib chiqish mexanizmini ham hozirdanoq ta’lim-tarbiya tizimiga singdirib, ularni yoshlarga o’rgatishning zamonaviy shakl va metodlarini ishlab chiqish zarur. Ekologik ta’limning bosh maqsadi-aholining barcha qatlamlarida jumladan, maktab o’quvchilarida atrof-muhitga, uni asrash muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Buning uchun aholining barcha qatlamlarini ekologiyaga oid davlat talablari darajasida bilim egallashlari yetarli ko’nikma va malakaga ega bo’lishlari kerak. Buning uchun-inson o’zining ekotizimga dahldor ekanligini anglatuvchi ekologik dunyoqarashga ega bo’lishi, atrof-muhitga individual va ommaviy ongini ijobiy va salbiy ta’sirini anglash quyidagilardan iborat: - tabiiy jarayonlar mohiyatini insonning tabiat muhofazasi uchun mas’ulligini his qilishga ko’maklashuvchi bilimlar mazmunini shakllantirish: - fuqarolarda tabiatga zarar yetkazishning oldini olish, atrof-muhitni asrash va himoyalash bo’yicha amaliy harakatlar qilish zaruriyati to’g’risidagi ishonchni shakllantirish: - ekologik faollikni tarbiyalashga, ekologik muammolarni hal etish insonning doimiy burchi ekanligi, bunda har bir kishining faol ishtirok etishini ta’minlash zarur. Inson ongiga ekologik ta’lim-tarbiyani singdirish uchun uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiyani joriy etish zarur. U quyidagicha bo’lmog’i lozim: oilada, maktabgacha ta’lim muassasa(bog’cha, yasli)larida, maktablarida , akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o’quv yurtlarida, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida va aholining katta yoshdagi qatlamlarini ekologik ruhda, shaxs kamolotini yuksaltiruvchi ekologik ta’lim. O’sib kelayotgan yosh avlodga ekologik ta’lim berib, ona tabiatga, vatanga muhabbat tuyg’usini o’yg’otish kerak. Ekologik ta’limning uzluksizligini, oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshirish hozirgi kunda muammo hisoblanadi, chunki oilada ekologik ruhda tarbiyalash uchun hamma ota-onalarning ekologik ongi, bilimi, madaniyati yetarli emasligi va maktabgacha ta’lim muassasalariga esa hamma bolalar birdek ishtirok etmaganligi. Umumta’lim maktablarida uzluksiz ekologik ta’limni amalga oshirish oson. Bunda, o’quvchilarning ekologik ong va madaniyatining shakllanishi quyidagi omillar bilan belgilanadi: - umumta’lim maktablarida jamiyatning hamma bolalari ishtirok etishadi. Ular insonning umumiy ongini shakllantiradigan uzluksiz ta’lim tizimining asosiy va eng muhim bo’g’inidir; - ekologik ta’lim- turli fanlarni tabiat muhofazasi doirasida mujassamlashtirish maktab o’quv fanlarining o’zaro ilmiy-amaliy munosabatlarini mustahkamlab, kengaytirish vositasidir; - umumiy o’rta ta’lim mazmuni o’quvchilarning ekologik ko’nikmalarini hayotga tatbiq etishlariga qaratilgan bo’ladi; - o’quv dasturlariga tabiatni muhofaza qilish faoliyatining amaliy ko’nikmalarini shakllantiruvchi mashg’lotlar kiritiladi; - atrof-muhitni muhofaza etish bo’yicha o’quvchilarning mustaqil va sinfdan tashqari ta’lim tizimini tashkil etishdi. Bunda ta’limning noan’anaviy shakllari rivojlantiriladi; - o’quvchilarning mehnatda va dam olishlarina yaxshi yo’lga qo’yish uchun ekologik mashg’lotlar tashkil etiladi. - o’quvchilarning qiziqishiga qarab erkin fikrlovchi yoshlarning ekologik klublari, birlashmalaritashkil etiladi. - ommaviy ishlar yo’lga qo’yiladi. Masalan; Konferensiyalar va sahna tamoshalari uyishtirish kerak. Tabiatdan foydalanish sohasida insonning ekologik jihatdan oqilona tadbirlarni amalga oshirish bosh vazifasi bo’lib, bu atrof-muhitni saqlash bo’yicha uzoq yillarga mo’ljallangan yagona uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini yo’lga qo’yish bilan amalga oshiriladi. Umumta’lim maktablarida ekologik ta’limniamalga oshirishning qiyinchilik va kamchiliklari mavjud. Tajribalardan kelib chiqqan quyidagi kamchiliklari mavjud; - ekologik ta’lim umumiyta’limning bir qismi sifatida tan olingan. - davlat talablari asosida bosqichma-bosqich, o’quvchi yoshlarning bilishlari zarur bo’lgan ekologik bilimlar tizimining mazmuni hajmi aniqlanmagan. - ekologik ta’limni tizimini amalga oshirish texnika vositalari bilan ta’minlanmagan. - ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalari o’rganilib joriy etilmagan. - ilg’or davlatlarning ish tajribalarini o’rganib, umumlashtirib amaliyotga joriy etilmagan. - ota-bobolarimizning tajribalaridan foydalanilmagan va hakozolar. Ekologik ta’limni tashkil etish qiyinchiliklari, ekologik ta’limning ommaviy vositalari, shakllari, ularning rivojlanish darajalari hamma vaqt uzviy birlikka ega emas, ya`ni ichki ziddiyatlarga ega, bu quyidagilardan iborat: - o’qitilayotgan fanlarda ekologiya masalalarining nazariy asoslari ilmiy metodik jihatdan muntazam asosli yoritilmagan; - pedagog uslubli va o’qituvchilarning ekologiya sohasidagi bilimlari ekologiyaning umumiy nazariyasi, amaliyotidan orqada qolayotganligi; - turli fan o’qituvchilariga mo’ljallangan ekologiya to’g’risidagi o’quv qo’llanmalar va metodik adabiyotlarning yetishmasligi; - soha ahli o’rtasida ommaviy axborot vositalari orqali Ekologik ta’limni keng targ’ib qilishga alohda o’rin ajratilmaganligi; - ekologiya faniga qiziqqanlar uchun maxsus mualliflik kurslarining yo’qligi; - o’tmishdagi ekologik qadriyatlarimiz ayniqsa, islom ta’limotidagi ibratli ekog’oyalar o’rganilib amaliyotga joriy etilmagan; - ilg’or o’qituvchi,metodislar, olimlarning tajribalari o’rganilib umumlashtirilmaganligi; - rivojlangan davlatlarning ish tajribalari o’rganilib, ulardan foydalanilmay otganligi; Ekologik ta’lim-tarbiya berishda tabiat resurslari, odamlar soni, ekobilim, muammolar kecha-bugun-ertaga holatlari grafik tarzda ifodalanib o’quvchilarga statistik ma’lumatlar berib borilsa, ishlarimiz samarali natija beradi. Chunki hammani ertaga bizni nimalar kutayotganligi hech bir o’quvchini befarq qoldirmaydi. Xatto ekologik muammolarni, ekologik ta’limni, aholining ekoongi rivojlanishini ham o’rganib, uni grafiklarda ifodalab. Yillar davomida aholining ekologik ongi qay darajada bo’lishini oldindan o’rganib, kerakli chora tadbirlar ko’rish mumkin. Quyidagi jadvalda professor D. Medouzaning MIR-3 kompuyter modeli yordamida utqazgan tadqiqot natijalari ifodalangan. Ko’rinib turibdiki atrof-muhitning zararlanishi oziq-ovqat mahsulotlari kamayishining asosiy omili bulib xizmat qiladi. Download 26.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling