Qarshi davlat universitet
Download 126.95 Kb.
|
«Mantiq t tayr» va «Lisonu t tayr» dostonida valoyat talqinlari
Neki olam ummoni va konida bor,
Barchasi Attorning do’konida bor. Bu baytlar bilan Navoiy F.Attorni ham sotuvchilik qilganini bayon qiladi, ham butun olamda har narsa bo’lsa uning do’konidan topilishini, ya’ni olam va odam haqidagi barcha masalalar uning asarlari da muhokama etilganligini aytib o’rinli o’xshatish qilganligini ta’kidlash mumkin. Bu bilan fahmi zukko o’quvchi “Attor”uning adabiy taxallusi ekanligini o’ylabko’radi. O’nlab asar bilan topgan shon-sharaf, “Mantiqut-tayr”i o’zi bir taraf. Ayni shu misralar Attorning o’nlab asarlari ichida ”Mantiq ut-tayr” ni shoir uchun o’rni beqiyos ekanligini sezishimiz qiyin emas. Manbalarimizdan yana biri Sh.Sharipov muallifligidagi A.Navoiyning ”Lison ut-tayr”dostonining nasriy bayoni hisoblanadi1.Ushbu nashrning so’z boshisini yozgan mahoratli Navoiyshunos olima Suyuma G’aniyeva asar xususida shunday yozadi:”Lison ut-tayr”(Qushtili)A.Navoiyning eng so’nggi dostoni bo’lib, u real mavjudot va ilohiyot, inson, tabiat kabi g’oyat murakkab masalalarni badiiy aks ettirgan.Binobarin, Navoiy asarda yuqoridagi masalalar yuzasidan o’zgarashlarni qushlar tili,ularning xatti-harakatlari va, ya’ni majoziy usulda bayon qiladi. Navoiy bu haqda “Muhokamat ul-lug’atayn”(Ikki til muhokamasi) asarida shunday yozadi: “Chun,,Lisonut-tayr”ni alhonib ila tuzubmen,
Navoiy umrining oxirlarida(1498-1499)yilda,”Lisonut-tayr”dostonini yaratdi. Shoir asarida ta’kidlshicha, “Tarjuma rasmi bila”, boshqa joyda yozishicha, “sharh etgali”, “Mantiq ut-tayr” yo’lida o’z asarini qog’ozga tushirishga jazm qiladi: Munchakim nazm ichra qildim ishtig’ol, Xotirimdan chiqmas erdi bu hayol- Kim bu daftarg’a berib tavfiq haq, Tarjuma rasmi bila yozsam varaq. Necha bu ishga ko’ngul ma’shuf edi, Go’yokim vaqtig’a mavquf edi. Oltmishg’a umr qo’yg’onda qadam, Qush tilin sharh etgali yo’ndum qalam. Navoiyning o’z asarini “Mantiq ut-tayr” ga javoban, nazira tarzida yozgani haqidagi e’tirofini adabiy an’anaga rioya qilish mazmunida tushunulsa to’g’riroq bo’ladi. Zeroki, asar orginallik darajasiga ko’tarilgan. Bu hol, o’z navbatida, o’sha davrlarda nazira bog’lash masalasiga benihoya keng va anchayin chuqur ma’noda yondashilganidan dalolat beradi.Navoiy asarlarining falsafiy yo’nalishini ham, ijtimoiy mag’zini ham o’zgartirib, unga didaktik jarang, hayotiy ruh baxsh etadi . Ustoz S.G’aniyevaning yuqoridagi sharhlari asarning nasriy bayonini, g’oyaviy kengligini anglashda to’g’ri ko’rsatma bo’ladi deya olamiz. “Lison ut-tayr” dostonining qisqacha sujeti quyidagichadir: Har xil qushlar bir gulistonda majlis qilmoq niyatida yig’iladilar. Lekin har bir qush o’ziga munosib o’rin olomagani tufayli mojoro ko’tariladi. Bunday adolatsizlikni bartaraf etish uchun ularda bir odil va dono boshliqqa ehtiyoj paydo bo’ladi.Hudhud Simurg’ degan qush borligini aytib uning afsonaviy ta’rifini beradi.Lekin Simurg’ga yetishish g’oyat mushkul ekanini, yo’lda azob-uqubatlar muqarrar ekanini uqtirib o’tadi. Hamma qushlarda Simurg’ga katta havas uyg’onadi. Qushlar uni izlashga ahd qilishadi va bu yo’lda rahbar bo’lishlikni Hudhuddan iltimos qiladilar.Hudhud rozi bo’ladi. To’ti, Tovus, Bulbul, Qumri, Tazarv, Kaklik, Durroj, Kabutar, Shohboz, Shunqor, kabi qushlarga murojat qilib, yo’lga otlanishga chog’laydi.Qushlar yo’lga chiqadilar. Lekin ko’p o’tmay ular toliqadilar, yo’l mashaqqatidan alam va dard chekib Hudhudga uzrhohlik bildira boshlaydilar. To’ti garchi qafasda esa-da, go’zallar qo’lidan shaker-qand yeb, qattiqchilik ko’rmay yashab kelardim desa, Tovus o’zining olamdagi eng go’zal qushla rdan ekanini aytadi. Hudhud esa qushlarning barcha uzrlariga javob qiladi va o’z fikrlarini dalillash uchun qator hikoyatlar keltiradi.Qushlarning qanday qilib Simurg’ga yetishlari mumkin degan savollariga Hudhud: “Bu ishq yo’lidir, binobarin bu yo’lda jondan ham imondan ham kechishga tayyor turish vojibdir”– deya javob qiladi.Hudhud xuddi shu so’zlarning daliliga mashhur Shayx San`on qissasini keltirib o’tadi.Hudhud Simurg’ni yanada mufassal ta’rifini beradi.Davradagi qushlarda Simurg’ga ishtiyoq yanada ortadi.Qushlar bu yo’lda rahbar bo’lishi zarurligini e’tirof etadilar va yana Hudhudga yuzlanadilar.U rozi bo’lmaydi. Shunda barchaga qura tashlaydilar.Qura Hudhudga tushadi. Endi qushlar birin-ketin o’z maqsadlari sari sur’at va siyratlaridan kelib chiqib savol bera boshlaydilar.Jumladan, bir qushning bu yo’l nimadan holi degan savoliga Hudhud shunday javob beradi: …Erur holi ulus g’avg’osidin, Download 126.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling