Qarshi davlat universitet
Dostonlarning tadqiqi tadriji
Download 126.95 Kb.
|
«Mantiq t tayr» va «Lisonu t tayr» dostonida valoyat talqinlari
1. 2. Dostonlarning tadqiqi tadriji. F.Attorva A.Navoiyning hayoti va ijodi bilan bog’liq olib borilgan tadqiqotlardan dastlabkilari sifatida mashhur sharqshunos olim Yevgeniy Eduardovich Bertels(1890-1957)eronshunos va markaziy osiyo xalqlari tillari va adabiyotlari bo’yicha yirik mutaxassis olim hisoblanadi. U o’z ilmiy faoliyati davomida 295 dan ortiq ilmiy tadqiqot yaratib, jahon sharqshunoslari orasida o’zidan o’chmas iz qoldirgan. Uning fors va o’zbek tili adabiyoti va madaniyatidagi buyuk xizmatlaridan biri A.Navoiy va F. Attor Nishopuriy(1145-1221)to’g’risidagi salmoqli tadqiqotidir.Olim fors va o’zbek tillarini Islom dini va tasavvufini yaxshi bilgani uchun A.Navoiyning “Lison ut-tayr”dostonini F.Attorning “Mantiq ut-tayr”dostoni bilan adabiy an-ana, o’zaro ta’sir jihatidan qiyosan o’rganib, bu ikki asar o’rtasidagi mushtarak va farqli jihatlarini teran tahlil etib beradi.1928-yili “Attor va Navoiy”nomi bilan rus tilida hozirgi Sankt peterburgda ulug’o’zbek shoiriga bag’ishlangan maqolalar to’plamida(24-82-betlar)nashr etilgan bu ilmiy tadqiqot 1965-yilda Y.E. Bertelsning ”Tanlangan ilmiy tadqiqotlari”ning “Tasavvuf va tasavvuf adabiyoti”deb nomlangan 3-jildida qayta chop qilinadi.Mazkur risola kitobning 519-589-sahifalaridan o’rin olgan. Ibrohim Xudoyorning ,,Y.E. Bertelsning ,,Attor va Navoiy” tadqiqoti haqida” maqolasida Bertels tadqiqotiga sharh berib shunday deydi: “Eron va O’zbekistonning madaniy, ilmiy va adabiy aloqalari orqali ikki xalqning qadim ul-ayyomdan davom etib kelayotgan o’zaro munosabatlari tizimida muhim o’rin egallashi shubhasiz. Jumladan,adabiy aloqalar haqida so’z borganda Alisher Navoiyning qator forsiy salaflari, F.Attor ijodidan ta’sirlangani va ilhomlangani omilini chetlab o’tib bo’lmaydi.Temuriylar davridagi madaniy yuksalish bu aloqalarga go’yo hayot bag’ishlaydi.Adabiyot tarixi va qiyosiy adabiyotshunoslik yo’nalishidagi ko’plab tadqiqotlarda fors-o’zbek adabiy aloqalari, badiiy tarjima va o’zaro ta’sir masalalari ancha va keng chuqur o’rganilgan.Mashhur sharqshunosY.E.Bertels “Attor va Navoiy”nomli tadqiqotida “Mantiq ut-tayr” va “Lison ut-tayr”dostonlarini qiyosiy o’rganish barobarida G’arb tadqiqotchilarining noilmiy baholariga o’zining munosabatini ham bildiradi. Bertels “Attor va Navoiy” tadqiqotida sho’ro davri adabiy muhitida ma’lum adabiy tanqidga oid asarlar, jumladan rus formalistlari Boris Eyxenbaum(1886-1959)ning,Viktor SHiklovskiy(1893-1959),RomanYakobsan(1896-1986)va boshqa larning tadqiqotlaridan foydalangan.
Sultonmurod olimning “Lison ut-tayr”ni tushunish mas’uliyati”2 (O’zbek tili va adabiyoti 2020. 3-son) nomli maqolasida ham mavzuga doir dostonning yaratilishi,”Mantiq ut-tayr”dostoniga aloqadorligi,Navoiy”Mantiq ut-tayr” doston- ini necha yoshda yod olgani va ,,Lison ut- tayr”dostonini nima uchun “Foniy” taxallusi bilan yozganligi va asardagi hikoyatlari ko’lami va shu kabi ma’lumotlar berilgan.Muallifning yana bir maqolasi: “Lison ut-tayr”:haqiqat va majoz sintezi” deb nomlanadi.Ushbu maqolada quyidagicha adabiy va tanqidiy fikrlar bayon etiladi.Ma’lumki, “Lison ut-tayr”, “Mantiq ut-tayr”dan ko’proq shakl jihatidan farq qiladi.Mohiyat e’tibori bilan esa bu ikki doston bir-biriga juda yaqin asarlar hisoblanadi. Xolbuki, sho’ro adabiyotshunosligida bu ikki mushtarak dostonni bir-biriga qarshi qo’yish, xatto ularning, “falsafiy konsepsiyasi bir-biriga ziddir” tarzida xulosa chiqarish holatlari ko’p bo’ldi. Lekin adolat nuqtai nazaridan aytib o’tish kerakki, N.Mallayev tomonidan ”O’zbek adabiyoti tarixi” darsligining “Lison ut-tayr” va “Mantiq ut-tayr”faslida ikki asar o’rtasidagi bir nozik tafovut to’g’ri qayd etilgan:”Attor dostonida qushlar to’g’ridan-to’g’ri Simurg’ni izlash yo’liga tushsalar, Navoiy dostonida qushlar o’rin talashib, janjallashganidan so’ng Simurg’ni izlash yo’liga tushadilar”. Ushbu tadqiqot bo’yicha yana bir muhim bir manba borki, bu Izzat Sultonning “Navoiyning qalb daftari” tadqiqotlar to’plamidir. Mazkur kitobda A.Navoiyning ko’plab asarlari bilan birga “Lison ut-tayr”dostoni xususida kerakli ma’lumotlar beriladi. Asarda “Lison ut-tayr” kitobida Navoiy hikoya qiladi: Maktabda bo’lgan bir voqea esimga tushadi.Maktabda biz bolalar har birimiz har asardan saboq olishga harakat qilib, qichqirib o’qiymiz. Ustoz bizga savodimiz ravon bo’lsin deb she’r o’qitar erdi. Nasrdan esa birimiz “Guliston” ni, va birimiz “Bo’ston”ni o’qir edik.O’sha vaqtda mening havasim “Mantiq ut-tayr”ga edi va men shu narsadan boshqasiga ko’ngil bermay qo’ydim: “Yodima mundog’kelur bu mojoro, Kim, tufuliyat chog’i maktab aro- Kim, chekar atfoli marhumi zabun, Har tarafdin bir sabaq zabtig’a un. Emgonurlar chun sabaq ozoridin, Yo kalomullohning takroridin. Istabon tashxizixotir, ustod- Nazm -u turkum ravon o’lsun savod. Nasrdin ba’zi o’qur ham doston, Bu “Guliston”yanglig’u yoki “Bo’ston”. Manga ul holatda tab’bul havas “Mantiq ut-tayr” aylab erdim ul tamas. Topdi sokin-sokin ul takroridin, Sodda ko’nglum bahra ul giriftoridin. Tab’ ul so’zlarg’a bo’lg’och oshno, Qilmadi mayl o’zga so’zlarg’a yano”(237) Alisher shayx Sa’diy SHeroziyning “Guliston” va “Bo’ston” asarlari bilan o’qigan bir vaqtda uni maftun etgan “Mantiq ut-tayr”-fors adabiyotining klassiklaridan biri F.Attorning pantiestik falsafiy dostonidir.Navoiy boshqa asarlarida ham F. Attorga yuksak baho beradi.O’tmishning ajoyib kishilari tarjimai holidan iborat “Nasoyim ul-muhabbat”da ham Navoiy F. Attorning boshqa sharq klassigi J.Rumiyning piri, ustodi bo’lganini uning asarlari 15- asrda Xurosonda mashhur bo’lganini aytadi. Navoiy o’zi ham A.Jomiy orqali F.Attordan dars oladi: “Shayx F.Attor Nishopuriy –Mavlono Jaloliddin Rumiy Balxdan Makkaga borurda Nishopurda ular suhbatiga yetibdurlar, shayxi kabidir” , “Asrornoma” kitoblarin o’zidan ayirmay, haqoyiq va maorif adosi iqtidosi alar mavlono doim ul kitobnig’adur…Va xazrati buzrukvorining nazm va nasrdan musanofoti ko’ptur”. “Mantiqut-tayr”dostoni o’rta asrning eng chuqur falsafiy asarlaridan biri bo’lishiga qaramay, Navoiyning zehnini o’ziga tortdi. Alisher faqat shu asarga berilib hamma narsani unutib,tengqurlaridan o’zini tortib, yolg’izlik axtaradigan bo’lib qoldi: Shoirning ota-onasi bundan tashvishga tushgani, undan kitobni tortib oladilar.Bola aqldan ozmasin deb, qo’rqib, o’qishni man etadilar. Ammo bu choralar befoyda edi. Alisher dostonni yodlab olgan va yashirincha takrorlab yurar edi: Onglag’och aftol aylab sho’ru shayn, Istemo etti bu so’zni volidayn. Vahmig’ olib o’ldi andoqkim avom- Kim, erur so’z otashin-u, tabixom. Bo’lmag’aykim,dast bergay telbalik, Chekkulik bo’lg’ay salohidinilik. Yoshurib daftarni ma’dum ettilar, Sho’g’lidin ko’nglumni maxrum ettilar. Mani kulli qildi ul holidin, “Mantiq ut-tayr”uzra qil-u qolidin. Alishernining Attordek buyuk shoirni ancha tushunib, uning ruhiga kirib, uning dostoniga jondan berilib ketishi Navoiyda dahoning ilk uyg’onishi edi deb aytishga imkon beradi. Izzat Sulton o’ta ziyraklik bilan Navoiy “Lison ut-tayr”da keltirgan hikoyatni chiroyli sharhlashga erishadi. Bu hikoya O’zining shayx Attor ruhi madadidan anga tatabbu’ qilg’ang’a Qaqnus tamsili”mavzusidagi beriladi. Ushbu hikoyada Navoiy “Lison ut –tayr”ning shayx Attorning “Mantiq ut-tayr” asariga tatabbu yozadi.Bunda keltirilgan Qaqnus hikoyati majozida Navoiy ustozi va o’zini nazarda tutib ifodalaydi. Qaqnus timsolida shoir, uning jamiyatda tutgan o’rni, turli xalqlar adabiyoti va san’ati orasidagi chambar-chas aloqa haqidagi fikrlar mujassamlashgan. Shoir hikoyani shunday boshlaydi: Hindistonda Qaqnus degan juda go’zal va qudratli qush bo’lib, uning tumshug’ining tuzulishi ajoyib ekan. Tumshug’ida ko’plab teshiklar bo’lib, bu teshiklardan har xil musiqiy tovushlar chiqar ekan. Donishmand Pifagor buni ko’rib musiqa ilmini yaratar ekan. Bu qushning umri juda uzoq.Qaqnus bir umr kuylab, o’tin yig’adi. Umri oxirlashgani sayin u yiqqan o’tinlarini o’rtasida o’tirib mungli musiqa kuylay boshlaydi.Uning bu ohangiga atrofdagi jamiki qushlar va hayvonlar yig’iladilar. Ularning ba’zilari bu mungli kuyga bardosh berolmay halok bo’ladilar. Qaqnus shunday nola bilan kuylaydiki, u yiqqan o’tinlarga o’t ketadi. Qaqnus o’zi yiqqan o’tinlar bilan birga yonib kul bo’ladi. Undan bir siqim kul qoladi. So’ng esa bu kuli ichidan bir qaqnuscha, ya’ni joja qaqnus paydo bo’ladi. Navoiy bu hikoyat bilan vafot etgan Qaqnusni F.Attorga paydo bo’lgan jo’ja Qaqnusni esa o’ziga o’xshatadi.Ammo,Navoiy bu bilan F.Attorga to’liq izdoshman deyishga ham istihola qiladi va bu asarni yozishda Attorni shohga o’zini esa uning quli, gadoga o’xshatadi. A.Navoiy o’z asarini ustozi F.Attor asariga javoban yozib, umri davomida ma’naviy-axloqiy nuqtayi nazardan falsafiy-tasavvufiy dunyoqarashlarini bayon qilgan. Navoiy bu bilan butun turkiy adabiyot ahliga ulkan tuhfa ato etgan deya olamiz. Yuqoridagi ilmiy ish tadqiqotchilari ham bu ulkan me’rosni o’rganishda ancha xizmat qilganlar va bu bilan adabiyotimizda o’z yechimini kutayotgan masalalarga oydinlik kiritgan.
Download 126.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling