Qarshi davlat universitet
II. “MANTIQ UT-TAYR” VA “LISON UT-TAYR” DOSTONLARIDA GI VALIYLAR OBRAZINING QIYOSIY TADQIQI
Download 126.95 Kb.
|
«Mantiq t tayr» va «Lisonu t tayr» dostonida valoyat talqinlari
II. “MANTIQ UT-TAYR” VA “LISON UT-TAYR” DOSTONLARIDA GI VALIYLAR OBRAZINING QIYOSIY TADQIQI
2.1. “Mantiq ut-tayr” va “Lison ut-tayr”dostonlarining genezisi. Sharq mumtoz adabiyotida o’zlari uchun adolatli podshohni izlab mashaqqatli yo’lga chiqqan qushlar obrazi mavjud. Biz o’rganayotgan ”Mantiq ut-tayr” va ”Lison ut-tayr”asarlarida ham qushlar obrazi asosida mualliflar o’zlarining falsafiy,diniy va tasavvufiy qarashlarini ifoda etadi.Asar g’oyasi allegorik timsollar orqali bayon qilinadi. A.Navoiyning “Lison-t-tayr” dostonida qushlar tilini qushlar orqali jamiyatimiz a’zolarining fazilatlari, illatlari, dardi va quvonchi majoziy tarzda ochib beriladi.Ushbu asarni o’qir ekanmiz,Navoiy asar g’oyasi va sujetini F.Attorning “Mantiq ut-tayr” ya’ni “Qush tili” asariga o’xshatib nazira tarzida yozganligini ko’ramiz.Bu haqda Navoiy o’zining ”Lison ut-tayr”asarida aytib o’tganligini yuqorida keltirgan edik.Bu bilan “Lison ut-tayr” asari ”Mantiq ut-tayr”asari ta’sirida yozilgan deya olamiz. Endi “Mantiq ut-tayr”dostoni genezisi qaysi asarlarga borib taqaladi? Qushlar obrazi ishtirok etgan asarlarga murojat qilsak bu asarlarning avvalida Ibn Sinoning “Risolat ut-tayr”qissasi turadi.Ba’zi olimlarning fikricha, Ibn Sinoning “Risolat ut-tayr”qissasi sharqda qushlar allegorizmiga asoslanib yozilgan ilk badiiy asar bo’lib, Attor va Navoiy dostonlarining yaratilishida asosiy vazifasini bajargan.Proff.A.M.Bahovuddinov Ibn Sino risolasining sharq adabiyotiga, ko’rsatgan ijobiy ta’siri haqida gapirar ekan, Navoiy ham ”Lison ut-tayr”dostonini yozishda undan ta’sirlanganini qayd etadi.Shu jumladan, A.Irisov ham bu nuqtai nazarni quvvatlab, shunday mulohaza yuritadi: ”Risolat ut-tayr”, asosan,ramz-ishoralar bilan yozilgan bo’lib,F.Attorga “Mantiq ut-tayr”, Navoiyga “Lison ut-tayr” kabi asarlarni yozishga turtki bo’lgan deyish mumkin. Chunki bu sohada,dastlab Abu Ali Ibn Sino asar yozdi.So’ng bir qancha yozuvchilar qalam tebratdilar.Sh.Sharipov ham bu jarayonga o’z fikrini bildirib shunday deydilar: “Darhaqiqat,Ibn Sinoning mazkur risolasi faqat Attor va Navoiy dostonlari vujudga kelishida bir turtki bo’lib qolmay,shu bilan birga, Ibn Sinodan so’ng qush tili vositasida yaratilgan barcha asarlar, jumladan,G’azzoliy va Suhravardiy- larning nomlari qayd etilgan asarlari vujudga kelishida ham asosiy omillardan biri rolini o’tadi.Shu jihatdan mazkur risola sharq adabiyotida keng tarqalgan qushlar haqidagi traditsion asarlarning kelib chiqishida muhim rol o’ynagan manbalar sifatida ham alohida diqqatga sazovordir. Ibn Sinoning “Risolat ut-tayr” asari ikki xil nom bilan:”Risolat ut-tayr” (Qush risolsi) va “Kitob ush-shabaka vat-tayr” (tuzoq va qush kitobi) nomlari bilan yuritilgan.Asarning qisqacha mazmuni quyidagicha: Bir guruh qushlar ovchi tuzog’iga ilinib undan qutulishga harakat qiladilar.Ammo bu foyda bermaydi. Natijada ular ozodlikka chiqishdan umid uzib, o’zlarining tuzoqda ekanliklarini ma’lum darajada unutadilar.Shunda ular tepasida bir gala qush paydo bo’ladi. Ma’lum bo’lishicha,bu qushlar ham tuzoqqa ilingan bo’lib,keyinchalik undan ma’lum darajada xalos bo’lishgan ekan.Tepasidagi qushlar yordamida qafasdagi qushlar ham bosh va tanalaridagi tuzoqdan xalos bo’lishadi.Ammo,oyoqlaridagi tuzoq qoldiqlaridan aslo xolos bo’lisholmaydi.Shunda qushlar bu balodan qutulish uchun bir podshohdan yordam so’rab,vodiylaylar-u tog’lardan oshib podshohni izlaydilar.Nihoyat,sakkizta tog’ va vodiydan oshib,ko’zlangan manzilga yetib keladilar. Qasrga kirganlarida sahnadan parda ko’tarlib,qushlarning ko’zi shohga tushadi. Shoh chiroyda shunday tengsiz ediki, buni ko’rgan qushlarning aqli-hushi boshdan uchib, bu yerga nima uchun kelganini ham unutadi.Shoh o’z lutfi marhamati bilan ularning es-hushini joyiga keltiradi.Qushlar dadillanib, o’z istaklarini bayon qiladilar.Shoh ularga “oyoqlaringizdagi tuzoqni qo’ygan kishidan bo’lak hech kim yecholmaydi. Men unga bir elchi yuboraman.Elchi sizlarni tuzoqdan chiqarishni ovchidan iltimos qiladi” deya javob beradi.Qushlar izlariga qaytadilar.3Ibn Sinoning”Risolt ut-tayr” asarini prof.Sh.Sharipov o’z monologi- yasida shunday izohlaydi:”Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, asardagi mazkur sujet Ibn Sinoning Sharq folkloridan yaxshi tanish ekanini va undan kerakli o’rinda, mohirlik bilan foydalanish qobiliyatiga ega ekanligidan dalolat beradi.Chunki, shunga o’xshash asarlar Ibn Sinoga ham qadar sayyor sujet sifatida O’rta Osiyo,arab,fors va xind xalqlari orasida keng tarqalgan bo’lib, ibn Sino ulardan ijodiy foydalangan.Bu esa o’z navbatida mazkur sujetning manbai xalq og’zaki ijodida ekanligidan guvohlik beradi.Bu sujetning ayrim variantlarini mashhur hind eposi ”Kalila va Dimna”, shuningdek, hind va o’zbek xalq og’zaki ijodining ayrim namunalari tarkibida ham uchrashi mumkin.”Xuddi shu kabi allegorik obrazlar, Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy”asarida ham uchraydi. Xususan,rivoyatlarda aytilishicha:”Yuzlab qushlar Sulaymon allayhissalom qayerga borsa, boshi uzra qanotlarini soyabon qilib borgan.Shohning oltin-u kumushdan bunyod etilgan, bir yig’och maydon ichida turgan taxti uzra ham qushlar saf tortib, soyabon vazifasini o’tagan”4Ibn Sinoning “Risolat ut-tayr”asari hayotida ro’y bergan voqealar bilan bog’liq ravishda sharhlash A.Irisov Ibn Sino tarjimai holidagi ayrim lavhalar,xususan,Mahmud G’aznaviyning changali, qushlar boshi va qanotlarining ozod bo’lishi esa Xorazm shohining olimlarga o’z taqdirlarini o’z qo’llariga berishi, qushlar oyoqlarida tuzoq qoldiqlarining qolishi, Ibn Sino qaysi o’lkaga qaysi shaharga bormasin, hamon muhayyo bo’lib turgan Mahmudning taqibi, qushlar qochib yurgan shaharlardir”5.Bu asarni ba’zilar Ibn Sinoning tarjimai holi bilan bog’lab,biografik xarakterdagi asar sifatida izohlasalar boshqa bir guruh olimlar esa ijtimoiy-siyosiy mazmundagi asar deb, feodal davr muhiti bilan bog’laydilar. Fikrimizcha, bu asar falsafiy -tasavvufiy asar bo’lib, yozuvchi o’zi yashagan davr muhitini, jamiyatdagi kamchilik va ijtimoiy-siyosiy hayotni majoziy tarzda ifodalagan. Qushlar majoziy obrazda ifodalangan yana bir asar Muhammad G’azzoliyning ”Risolat-ut-tayr”asari hisoblanadi.Ga’zzoliyning ushbu asarida ham bir gala qushlar yig’ilib o’zlariga adolatli bir podshohni axtaradilar.Shunda ular maslahatlashib, bu maqomga Qof tog’ida podshohlik qiluvchi Anqo qushi loyiq deb o’ylaydilar va ular yo’lga tushadilar.Yo’lda ular juda ko’p mashaqqatlarga, to’siqlarga sinovlarga duch keladilar. Ko’pchiligi yo’lda halok bo’ladilar. Sababi, issiq o’lkadan kelgan qushlar sovuqqa chidolmaydilar, sovuq o’lkadan kelgani issiqqa chidolmaydilar.Shunday qilib qushlar Anqo qushning oldiga borgunga qadar kamayib qoladilar. Ular yo’lda halok bo’lgan do’stlariga juda achinadilar. Qushlar bir go’zal qasr yoniga kelib to’xtaydilar.Shunda ularning oldiga chiqqan saroy mulozimlari nima maqsaddakelganligini so’raydi.Qushlar saroy mulozim- lariga o’zlari uchun podshoh axtarib kelganligi, buning uchun esa Anqoni munosib bilganlarini aytadilar. Saroy mulozimlari aytadiki, podshoh sizlarga podshohlik qilolmaydi. Ammo siz kelmasangiz ham podshohingiz edi. Shunday ekan indamay orqalariga qaytib ketishlarini aytadilar.Qushlar esa bunga rozi bo’lmasadan umrini oxiriga qadar shu yerda yashab qolishga ruxsat so’raydilar. Dastab, Anqo qushi rozi bo’lmaydi. Keyin esa qushlarning o’ziga bo’lgan mehr-muhabbatini, orzu-umidini anglagach, ularni shu yerda qolishlariga ruxsat beradi. Qushlar esa rohat va farog’atda hayot kechiradilar. M. G’azzoliyning ushbu asarida Anqo bilan qushlar o’rtasida suhbatbo’lganida tasavvufga oid ayrim masalalarni Qur’on oyatlari asosida izohlaydi.Masalan,qushlar o’zlarining yo’lda halok bo’lgan hamrohlari taqdiri haqida so’raganlarida shunday javob beriladi: “Tangri yo’lida o’lganlarni o’lik deb emas, balki tirik deb bil” Umuman olganda risolada Qur’ondan yigirmaga yaqin oyat keltirilgan bo’lib, ularning mazmuni insonlarni ezgu ishlar qilishga chorlash, bu yo’lda ularni qanday qiyinchiklar va tuhfalar kutayotganligi haqidadir. Demak, G’azzoliy “Risolat ut-tayr” asarida diniy va tasavvufiy qarashlarini majoziy tazda ifodalar ekan, olloh ishqida bo’lgan har bir so’fiy oldidagi qiyinchilikni yengib o’tgandan so’ng ruhi olloh bilan birlashadi demoqchi. Ammo, bu fikr tasavvufni ham juda murakkab jihatlariga borib taqaladi.Ma’lumki, islom dinida ,,Ollohni o’xshashi yo’q, u bir va shunday qoladi.Hech qaysi bir o’zi yaratgan mavjudot unga teng bo’lomaydi “degan qarashlar va bu qarashlarni isbotlab beruvchi oyatlar va hadislar mavjud. Shunday ekan, qanday qilib bandasi ollohga birlashadi.Xususan,Navoiy va Attor asarlaridan ham bunday g’oyani anglash noo’rindir.Har bir shu mavzuda, qushlar obrazi majoziy tasvirlangan asarlarni yozgan mualliflari tasavvuf va din bilimdoni bo’lganlar.Navoiy o’zining biografik ruhdagi asarlarida Kalomullohni yod olgani haqida yozib qoldirgan. Shunday ekan, fikrimizcha, yuqoridagi sujet asosidagi asarlarda olloh ishqi va bu yo’ldagi qiyinchiliklar,ularni yengib o’tish, natijada esa komillikka erishish, ollohning mukofotlariga, olloh vasliga yetishish saodati tasvirlanadi. Fors-tojik shoiri va mutafakkiri Shayx Abu Tolib Fariduddin bin Ibrohim Attor Nishopuriy (tahminan,1141-1229) o’z ijodiy faoliyati bilan sharq xalqlari mumtoz adabiyoti tarixida muhim o’rin egallaydi. Feodal tuzum davrining farzandi bo’lgan Attor asarlarida,”ezilgan tabaqalarning, xususan, shahar aholisining kayfiyati mistik shaklda”6 ifoda etiladi.Uning ijodi va dunyoqarashi g’ayb ilmini o’zida aks ettirsa-da asarlarning mohiyati va zamiri o’ta murakkab xarakterga ega. F.Attorning ko’p sonli asarlari ichida “Mantiq ut-tayr”dostoni alohida mavqeiga ega. Sharq mumtoz adabiyotining mashhur asarlardan biri hisoblangan bu dostonda Attor tasavvuf ta’limotining asosiy qonun- qoidalarini majoziy shaklda izchil bayon etadi. Chunki bu sujet uning uchun tasavvuf ta’limotiga oid o’z mulohazalarini sistemali tarzda bayon qilishga qulay bir vosita bo’libgina qolmay, bu sohada obrazli falsafiy mushohada yuritishning yangi ufqlariniham ochadi.Attor G’azzoliy risolasidagi sujetni mohiyatini har tomonlama rivojlantiradi va yangicha talqin beradi. Attor o’z dostoniga kiritgan yangiliklardan biri bu Hudhud obrazi hisoblanadi.Bu obraz asarda yetakchi ma’no kasb etadi.Attor bu obrazni ”Quroni karim”da keltirilgan oyatlar asosidagi rivoyatdan olgan bo’lishi ham mumkin.Rivoyatga ko’ra:Hudhud go’yo Sulaymon payg’ambarning eng yaqin sirdoshi va maslahatchisi bo’1ib, u bilan Sabo shahri malikasi Bilqis o’rtasidagi sevgi munosabatlarida vositachilik rolini o’tagan va shu xizmatlari uchun payg’ambar nazariga sazovar bo’lgan. Boshqa rivoyatlarda ham ana shu tarzda donishmand va maxfiy sirlaridan xabardor qush sifatida talqin etiladi. Shoir bu aqidalardan ijodiy foydalanib Hudhudni Simurg’ tomon safarga chiqqan qushlarning yo’lboshchisi sifatida tasvirlaydi. Download 126.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling