Qarshi davlat universitet


Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi


Download 126.95 Kb.
bet7/19
Sana09.01.2022
Hajmi126.95 Kb.
#265556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
«Mantiq t tayr» va «Lisonu t tayr» dostonida valoyat talqinlari

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, umumiy hajmi 85 sahifadan iborat.

I BOB. “MANTIQ UT-TAYR” VA “LISON UT-TAYR”DOSTONLARI MANBALARI VA O’RGANILISH

1.1. “Mantiq ut-tayr” va “Lison ut-tayr”dostonlari manbalari.

Buyuk faylasuflardan biri F.Attorni A.Navoiy o’zining “Lison ut-tayr” asarida shunday ta’riflaydi: “Qushlar tilini tushunish olamda faqat bir zotga, Sulaymon payg’ambarga nasib etgan edi. So’ng uning vaziri Osaf tushundi-yu, ammo hech kimga tushuntirmadi. Shundan so’ng charx aylanib, ming yillar o’tib, olamga bir zot keldi.U qush tili(falsafiy ramzlarni) tushuntirishda Sulaymon nabiydan, vaziri Osafdan ham o’zib ketdi.Qushlar tilni go’yo undan o’rgandilar. Haq taolo muning nutqini go’yo bulbul ayladi.



Nukta deb anjom ila og’ozdin,

Oncha gavhar sochdi ko’ngil rozdin”.

Navoiy boshqa bir o’rinda ilohiy sirlarni forsiyni bilganlar tushunganini, Attor asaridagi ganjlarning sirlarini turkey tilli xaqlar ham tushunsin deb bu xazinalarni turkiy tilda yozishga kirishgani, barcha mumtoz ulamolar fikricha,Allohni tanimagan, Uning ma’rifatini bilmagan odam ilohiy olam sirlarini hechqachon tushunolmasligini,agar odam Allohni,haqni bilsa,o’zining ham naqadar aziz, sharafli zot ekanligini tushuna boshlashi haqida to’xtalib o’tar ekan: “Buni tushuna boshlagach esa odam o’zidagi yomon fe’l-atvor, tuban qiliqlar baxillik, badnafslik, boshqa insonlarga jabr-zulm qilish,kibr-u havo, jahl-g’azab bilan kamtarin,sofdil odamlarning dilini og’ritish inson ishi emasligini, odam tabiatiga nomunosib ekanligini tushuna boshlaydi, – deb yozadi.

N.Mahmudov va M. Mahmudovlarning zahmatli mehnatlari bilan yuzaga kelganF.Attorning “Mantiq ut-tayr” asari tarjimasi va nasriy bayoni mazkur asar bilan yanada yaxshiroq tanishish imkonini berdi. Mualliflar mazkur falsafiy asarni kitobxon e’tiboriga tortar ekan,o’ta sodda va ravon til bilan tahlil qilib berdilar.Bu esa ushbu asardan bahramand bo’ladigan o’quvchilar safini yana ham kengaytirdi.

F.Attorning tavallud topgan sana masalasi ham uzoq yillardan buyon munozaralarga sabab bo’lib kelmoqda.Xususan,A.Pirimqulovning ”Attorga ta’zim” maqolasida”Mantiq ut-tayr”asari faylasuf ijodkor F.Attorning hayoti va Navoiyning unga bo’lgan ehtiromi haqida ma’lumotlarberilar ekan,uning bashariyat adabiy-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tafakkuri rivojida bemisl rol o’ynagan allomalar dan biri ekani ham ta’kidlanadi.Ijodkorning tavalludi bo’yicha bir to’xtamga kelinmagani bois olimlarimiz tadqiqotlarida turli xil ma’lumotlar berilayotgani ta’kidlanadi va aniqroq ma’lumot keltiriladi. Olimning fikricha, Attor 1145- yillar chamasida Nishopur yaqinidagi Kadkana qishlog’ida tug’ilgan.Asli oti Muhammad bo’lib, otasi Abu bakr ibn Ibrohimdan qolgan do’konda attorlik, goho tabiblik ham qilgan.Manbalarda uning 114 yil yashagani qayd etilgan.Attor 1220-yildagi mo’g’ullar isyoni chog’ida vahshiylarcha o’ldirilgan.Professor N.Komilov allomaning vafoti haqida quyidagilarni yozgan: ,,Attorning o’limi fojiali bo’lgan. U o’z ajali bilan o’lgan emas,balki lanati mo’g’ullar qo’lida halok bo’lgan. Mo’g’ullar balo-qazoday Eron yerlarini talaydilar, shaharlarni yondiradilar, kitoblarni kuydiradilar, ulamolarni qator qilib so’yadilar. Har bir mo’g’ul askari qo’liga tushgan narsani o’marib ketar, istagan odamni asir qilib,qul sifatida sotar yoki qilich bilan chopib tashlar edi.

Rivoyat qiladilarki, bir mo’g’ul askari Attorni asir olib bog’lab,sudrab borardi. Yo’lda shoirni taniydigan bir kishi uchrab qoladi. U shoirga rahmi kelib, mo’g’ulga qarab “Qulingni menga sot, ming dinor beraman” deydi. Mo’g’ul rozi bo’lib turganda,Attor, “Bu kam sotma men juda qimmatman’’, deb aytadi. Mo’g’ul ming dinorga bermay, yana sudrabketaveradi.Yo’lda boshqa bir odam uchrab qoladi.Mo’g’ul o’z ”mol” ini taklif qiladi. odam: “Mayli, roziman, bir qop somon beraman”deydi.SHunda Attor mo’g’ulga qarab, “tezda rozi bo’lgin, men bundan ortiqqa arzimayman”degan ekan.Jahli chiqqan badbaxt mo’g’ul shu zahotiyoq Attorni qilich bilan chopib tashlaydi.Uni Nishopurga dafn etadilar.15-asrga kelib, uning maqbarasi xarobaga aylanadi,buni eshitgan Alisher Navoiy Attorning sag’anasini yangidan tiklab, salobatli maqbara qurdiradi”.Maqbara shundan beri ziyoratgohga aylangan.Alisher Navoiyning ustozi F.Attorga ehtiromi baland bo’lgan.Bu bejiz emas albatta.Odatda, Navoiyni Attorning “Mantiq ut-tayr”dostoni bolaligidanoq rom qilgani,shoir butun umri davomida ushbu asar ta’sirida yurganligi tilga olinadi.Bu fikrda jon bor.Biroq,Navoiy buyuk shayx qalamiga mansub boshqa asarlaridan ham xabardor bo’lgan. Ulardan ham katta zavq va ilohiy rag’bat olgan.Fikrimizcha, yosh Alisher dastabki tanishgan asarlaridan biri bo’lgan “Mantiq ut-tayr”asari falsafiy mohiyati jihatidan olam va odam haqidagi ilk tasavvurlarini olgani bois ham bu asarni mubtalosi bo’lgan.Bu xususda Navoiy “Lisonut-tayr” asarida shunday satrlarni keltiradi:


Download 126.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling