Qarshi davlat universitet
Mavzuning o’rganilganlik darajasi
Download 126.95 Kb.
|
«Mantiq t tayr» va «Lisonu t tayr» dostonida valoyat talqinlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning maqsadi
Mavzuning o’rganilganlik darajasi.F.Attor va A.Navoiy ijodini qiyosan o’rgangan dastlabki olimlardan biri mashhur sharqshunos Y. E. Bertels (1890-1957) o’zining “Attor va Navoiy” nomli tadqiqotida “Mantiq ut-tayr” va “Lison ut-tayr”dostonlarini adabiy an’ana,o’zaro ta’sir,o’ziga xoslik jihatidan qiyosan o’rganib bu asar o’rtasidagi mushtarak va farqli jihatlarini teran tahlillar asosida ochib beradi.Sh.Sharipovning “A.Navoiyning “Lison ut-tayr”dostonining genezisi va g’oyaviy- badiiy xususiyatlari”nomli ilmiy tadqiqoti ham asar mohiyatini yoritishdagi katta manba bo’lib xizmat qiladi.
Akademik V.Zohidov “Navoiyning falsafiy qarashlari”(1948) mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.Uning “Navoiyning “Lison ut-tayr” asari” nomli maqolasida mazkur doston g’oyaviy-falsafiy nuqtai nazarlari asoslab berilgan. Navoiyshunos olim A.Hayitmetov tadqiqotlarida esa mazkur dostonning ayrim metod va uslubiga doir nazariy qarashlar ifoda etilgan. “Mantiq ut-tayr”asarini esa forschadan Najmiddin Komilov va Mahkam Mahmudovlar mahorat bilan tarjima qilib, nasriy bayonini nashr ettirdilar. Ushbu asar ustida qator tadqiqotlar yaratildi.Jumladan, A.Pirimqulovning “Attorga ta’zim”nomli maqolasida ham A.Navoiy va F.Attor dostonlari haqida,Navoiyning Attorga ehtiromi haqida so’z boradi.S.Olim o’zining ,,Lison ut- tayr”ni anglash mas’uliyati va “Lison ut-tayr”: haqiqat va majoz sintezi”nomli maqolalarida ham o’zining adabiy tanqidiy qarashlarini berib o’tadi.B.Nurmuhammedovning “A. Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida avliyolik ta’rifi” tadqiqotida “valiy”, “avliyo”, “valoyat” kabi so’zlarning lug’aviy va istilohiy ma’nolari, ularning F.Attor va A.Navoiy ijodida qo’llanilishi kabi masalalar u yoki bu darajada yoritilgan. Shunga ko`ra O`zbek olimlaridan V.Zohidov,I.Sulton,B.Valixo`jayev,A. Qayumov,N.Mallayev,A.Xayitmetov,A.Abdug`afurov,E.Rustamov,Sh.Eshonxo`jayev,M.Oripov,M.Imomnazarov,I.Haqqul,S.G`aniyeva,Sh.Sharipov,S.Olim, Z.Hamidov,Z.Mamadaliyeva kabilar “Lisonu-t-tayr”ga doir tadqiqotlar: maqola va risolalar yaratishgan.Bu tadqiqotlarda monografik o’rganish nazarda tutilmagan. _________________________ 1 Бертельс Е.Э. Навои, опыт творческой биографии. – М., 1965. – С. 182–188; Зоҳидов В, Улуғ шоир ижодининг қалби. - Тошкент, 1970. – Б. 376–401; Султон И. Навоийнинг қалб дафтари. –Тошкент: Ғ.Ғуломномидаги НМИУ, 2010. – Б. 55–63; Валихўжаев Б. Навоийнинг “Лисон ут-тайр” асарида шеърий миниатюраларни қайта ишлашдаги маҳорати // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент,1976.№6.–Б.35–41;Қаюмов А. Алишер Навоий. – Тошкент: Ёш гвардия, 1976. – Б. 118–135; Яна: Бу оҳанг ила бўлға сен нақшбанд. – Тошкент, 1993; Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. – Т.:Ўқитувчи,1968.–Б.508–518;Ҳайитметов А. Шарқ адабиётининг ижодий методи масалалари. – Тошкент: Фан, 1970. – Б. 192–198; Абдуғафуров А. Алишер Навоий ижодида сатира. – Тошкент, 1972 .– Б. 189–198; Эшонхўжаев Ш. Навоийнинг “Лисон ут-тайр” асарида “Ғаввос” ва “Ҳинд савдогари” ҳикоялари//Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. – Тошкент, 1976. – № 3. –Б. 41–53. Tadqiqotning maqsadi: Valiylar obrazining genezisi, badiiy takomil tadriji, “Mantiq ut-tayr” va “Lison ut-tayr”dostonlaridagi talqinlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot maqsadini amalga oshirishda quyidagi talablar ustuvor etib belgilandi:
valiy tushunchasining yuzaga kelishi, tarixiy asoslari va poetik obrazga aylanish jarayonini o‘rganish; valiy obrazining tadrijiy takomili, taraqqiyot tamoyillarini aniqlash; ushbu obrazining XI asrdan Alisher Navoiygacha bo‘lgan turkiy adabiyotdagi poetik xususiyatlarini aniqlash; mazkur obrazning zohiriy va botiniy xossalari, uning tasavvufiy talqinlarini ochib berish; valiy obrazi ishtirokidagi ijod namunalarining XII-XV asr adabiyoti taraqqiyotida alohida bosqich bo‘lganini F.Attor va A.Navoiy dostonlari orqali asoslash; - “Mantiq ut-tayr”va “Lison ut-tayr”asarlaridagi valiylar obrazini qiyosiy tadqiq etish; - valiylar obrazining ilmiy-monografik tavsifini amalga oshirish. ______________________________________________ 2 Ғаниева С. Алишер Навоий. – Тошкент: Ўзфан акад нашр, 1968. –Б. 108–111; Орипов М.Етти водийтаърифи//Гулистон.–Тошкент,1991.–№9;Яна:Гуманизм Алишера Навои.–Тошкент:Ўзбекистон,1991;ва тараққиёти (ғоявийлик, издошлик,образлар олами): Филол.фан.д-ри...дис.–Тошкент,1999.–282б.;Шарипов.Ш.“Лисонут-тайр”ваўзбек достончилиги//Ўзбек тили ва адабиёти масалалари.–Тошкент,1976.Олим С. Ишқ, ошиқ ва маъшуқ. –Тошкент:Фан,1992;Яна:Нақшбанд-ваНавоий.–Тошкент:Ўқитувчи, 1996;Ҳамидов З.Алишер Навоий “Лисон ут-тайр” асари тилининг лексик-семантик ва лингвопоэтик хусусиятлари: Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 1982; Исомиддинов Ф. Шайх Санъон ҳақидаги қиссаларнинг қиёсий таҳлили: Филол.фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 2001; Мамадалиева З. Алишер Навоийнинг “Лисон ут-тайр достонидаги рамзий образлар тизими:Филол.фан.номз.... дисс.автореф.Тошкент,2011. Download 126.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling