Qarshi davlat universitet
Download 126.95 Kb.
|
«Mantiq t tayr» va «Lisonu t tayr» dostonida valoyat talqinlari
Shohi zu johu istig’nosidin.
Yana bir qushning manzilga qachon yetib boramiz degan savoliga Hudhud oldinda yetti manzil bor ekanligini va ularni ta’rifini berib o’tadi.Nihoyat, qushlar olti vodiydan juda ko’p azob –uqubatlar chekib o’tadilar.Ularni ko’plari halok bo’ladi, ba’zilari izsiz yo’qolib ketadilar. Nihoyat, qushlar oxirgi-yettinchi vodiyga kirib keladilar. Qarasalar:
Shunday qilib ular axtargan Simurg’ o’zlari-o’ttiz qush ekanini angladilar. Navoiy bu asari bilan majoz usulidan foydalanib, majoziy qahramon, personajlar savol-javoblari, xatti-harakatlari va intilishlari orqali butun olam, undagi barcha mavjudotlar xudo bilan bir ekanligi, ular ollohning tajallisi ekanligini,Borliq xudoning in’ikosidan iboratdir”degan g’oyani ilgari suradi. Xarakterlisi shuki, asar da ijtimoiy mohiyatga ega bo’lgan qator hikoyatlar ham mavjud bo’lib, ularda inson mehnatining qadrsizligi, boylikka hirs qo’yishning fojiyaviy oqibatlari, badbinlik va tarkidunyochilikning behudaligi, ta’magirlik va tekinxo’rlikning yomon illat ekanligi qalamga olinadi va ayyorlik va firibgarlik, johillik, hayolparastlik, uquvsizlik kabi xislatlar qoralanadi. Masalan, asardagi bir hikoyatda dur va marvarid uchun o’z hayotini xavf ostiga solib nihoyatda og’ir mashaqqatli mehnat bilan topgan durlarini savdogarlarga 1-2chaqaga pullab, tirikchilik qiluvchi g’avvoslar haqida so’z yuritiladi. Hind savdogari haqidagi hikoyatda butun hayotini xatarli safarlarda o’tkazgan, rohat-farog’at ko’rmay, hamisha savdo dardi bilan yurgan savdogarning oxiri daryoga tushib, baliqlarga yem bo’lgani bayon etiladi. Asarda Navoiyning shaxsiy mushohadalari asosida yaratilgan hikoyatlar ham mavjud bo’lib, ular o’zlarining realistik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Hunarning sir-u asrorlaridan bexabar bog’bon, musht yeb qornini to’ydiruvchi beor,tekintomoq, hammani aldab misni oltin, soxta toshni gavhar debpullab kelgan zargar, behunar va ochko’zligi tufayli yo’l azobi va ovqat tanqisligiga chidayolmay o’lib ketgan pahlavonlarga bag’ishlangan hikoyatlar shular jumlasidandir. “Garchi shoir dostondagi boshqa novellalar qatori “Shayx San’on” haqidagi qissani ham hikoya deb atasa-da, lekin bu qissa o’zining hajmi e’tibori bilan, ayniqsa bosh qahramon Shayx Sa’non obrazining to’la va chuqur ochilishi bilan boshqa hikoyatlardan keskin farq qiladi va uni bemalol doston ichidagi mustaqil, she’riy qissa yoki poema deb qarash mumkin”, deydi navoiyshunos olim Abduqodir Hayitmetov. “Lison ut-tayr”dostonining tili Navoiyning boshqa dostonlari, she’riy asarlari tiliga nisbatan anchagina sodda va ravondir.Aytish mumkinki, asardagi murakkab falsafiy mazmun, majoziy vositalarning keng qo’llanganligi tili va uslubini yengil, o’ynoqi, jonli ham tushunarli bo’lishini taqozo qilgan. Navoiyning xalq og’zaki ijodi, undagi sujetlar, hikmatli so’zlar, ta’birlardan, hazil-mutoyibalardan unumli foydalanishi ham shu bilan izohlanadi.Bularning hammasi va ushbu asar kompozitsiyasining nihoyatda puxta ishlanganligini, mazmun va uni ochishda qo’llanilgan badiiy usullar va obrazlar Navoiyning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi.Xullas,”Lison ut-tayr” o’sha davrning eng aktual masalalarini qamrab olgan real hayot, jamiyat va uning turli tabaqadan tashkil topgan namoyondalarini fazilat va illatlari xususidas o’zyurituvchi murakkab falsafiy dostondir. Asosiy manbalarimizdan yana biri V. Rahmonov muallifligidagi A.Navoiyning ”Lison ut-tayr”dostonining nasriy bayoni.Bu manbada yana ham aniqroq va tanqidiy mushohadaga chorlovchi fikrlar berilgan.Dastlab Navoiyni butun bir ”Mantiq ut-tayr” .Kuchli lirizim bilan sug’orilgan, yodlash uchun juda ravon yozilgan”Mantiq ut-tayr”ni Alisher to’liq yodlab olgan edi. Butun boshli bir dostonni yodlab olish hozirgi kishilar uchun favqulodda bir hodisa bo’lib tuyuladi. To’g’ri Alisherning yoshiga nisbatan olsak, bu g’ayrioddiy holat. Madaniyat gullab- yashnagan Hirotda, 20yil davomida 400dan ortiq shoir yetishgan shaharda havaskor shoir-ustozdan izn olish uchun 25ming bayt she’r yod bilish kerak edi. B. Hiloliy ikki Xamsa yod bilardi. A.Navoiy bu sohada o’zbek va tojik tillaridagi asarlarni yod olishda mislsiz qobiliyat va qunt egasi edi. Hamma asarlar: dostonlar, devonlar, ham A.Navoiy uchun bir bo’ldi-yu, “Mantiq ut-tayr” ham bir bo’ldi. U xamsa dostonlariga javob yozdi.Kamol Xo’jandiy, Xofiz SHeroziy, Sa’diy sheroziy, A.X.Dehlaviy, A.Jomiylar g’azallariga tatabbular yozdi.”Mantiq ut-tayr” esa,unga umrbod yo’ldosh bo’ldi. Uning bosh g’oyasi”vahdati vujud”(Vujud yagonaligi) va tajalliy A.Navoiy ma’naviy hayotining mag’zini tashkil etdi. Tasavvuf ta’limoticha, olam:yulduzlar, oy, quyosh, odamlar, hayvonlar, qushlar, kapalaklar va boshqa jamiki narsalar xudoning zuhurotidan iborat. Go’yo xudo o’zqudratini namoyish etish uchun o’z husnini olamdagi narsalarda ifodalagan. Mislsiz aqlini mutafakkirlarda, mislsiz husnini g o’zal qiz va yigitlarda namoyish etgan.Shuning uchun Laylini sevgan Majnun Laylida Olloh yuzini ko’rgan.Shayx Sa’non Tarso sanamga oshiq bo’lib Ka’badan voz kechib, Qur’onni o’tda yoqib, otashparastlar ibodatxonasida o’t yoqib yurganda, ya’ni islomga qarshi xatti-harakatlarini uchiga chiqarganda u xudo husni fidoyisi edi: Tarso sanamda Olloh husniga mahliyo bo’lgan va hamma narsadan uning uchun voz kechgan edi. Ya’ni Tarso sanamda olloh husni tajalli topgan edi. Tasavvufdagi ana shu o’zak masala-olamning olloh jilvasidan iborat ekanligi, odamning olloh quyoshining zarrasi ekanligi haqidagi ta’limot F.Attor ijodi, A. Navoiy ijodi va Mashrab ijodida o’zak tomir sifatida yashaydi. O’rta asrlar adabiyotidagi ishq masalasi adabiyotshunoslar uchunc haqib bo’lmaydigan danak misoli.Tasuvvuf ahli ishqning uch xilini bir-biridan farq etadi. Birinchisi haqiqiy ishq yoki ishqi ilohiy, Ikkinchisi majoziy ishq. Uchinchisi pok ishq. Gap shundaki, tasavvuf ahli majoziy ishqni inkor qilmaydi. Ular majoziy ishqni haqiqiy ishq yo’lidagi ko’prik deb biladilar va faoliyatlarida pok ishq talablariga rioya qiladilar. So’fiy sevgilisiga qaraganda olloh jamolini ko’radi. Uni ishqida yonarkan men olloh ko’yida yonayabman deb hisoblaydi. Bu jihatdan A. Navoiyning muhabbati qissasi eng yaxshi namunadir.Biz”Lison ut-tayr”dostonidan A.Navoiyni qanday diniy va dunyoviy masalalar band etgani bilan tanishmiz. Inson olamga kelgan ekan, hamisha talab yo’liga kirishi, izlanishi,o’z mahbubasi yoki sevgan kasbiga chin muhabbat bilan yondashuvi lozimligi, kamolotga yetish zarurati kabi muhim masalalar chuqur o’ylantirdi. Shu ma’noda biz “Lison ut-tayr”ni bugungi kunimiz uchun, zamondoshlarimiz uchun zarur kitob deb o’ylaymiz. A.Navoiyning ”Lison ut-tayr”dostoni birinchi marotaba eski o’zbek yozuvida, tanqidiy tekst holida nashrga tayyorlovchi Sh.Eshonxo’jayev. Bu asarni ham nashrga tayyorlagan olim SH.Eshonxo’jayevdir.”Lison ut-tayr”ning keyingi ommaviy nashrida jiddiy qisqartirishlar bo’lgan edi. Ollohga hamd, payg’ambarga na’t, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali maqtovi boblari va ayrim boblar nashrdan qolib ketgan. Mazkur nashrda esa mukammallik saqlanib qolgan. O’ylaymizki, Yuqorida keltirilgan va qayd etilgan manbalarimiz ma’lumotlari asosida”Mantiq ut-tayr”va “Lison ut-tayr”dostonlari manbalari bilan taqiqotimizda asarlarni yangi va ko’zlagan qirralarini yoritishga erishamiz. Download 126.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling