Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/54
Sana04.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1325481
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi

Muallim ishqu piri aql shud tifli dabistonash. 
Falak don, bahri ta’dibi vay inak charxi gardonash. 
(Mazmuni: Muallim ishqu uning maktabining talabasi aql piridir. Falakni unga 
adab o‘rgatish uchun aylanib turuvchi charx deb bil). 
Navoiyning fikricha, ishq - nur, aql esa zulmat, ular o zaro birlnshishi mumkin emas
chunki aql Allohni va uning g ayb olamirn bilishga ojiz. Ishq va undan tug‘ilgan jazba esa so 
fivni oliy maqomlarga olib chiqadi. maqsad sari yetaklaydi. Shundan so‘ng Navoiy so‘fiylar 
tasawuridagi jannat ta’rifiga o tadi. Unga ko‘ra ushbu jannat bog‘ining sarv daraxti iymon bog 
ining aliflaridir (“iymon” so‘zidagi aliflarga ishora), unda Allohning kalomi tinmaydi, 
anhorlarida muqaddas suvlar oqadi. 
Shoirning talqinicha, bu gulshan - ma’rifat bog‘i bo‘lib, u komil inson makonidir (8-15-
baytlar). Keyingi baytlarda Navoiy omil inson ta rifini keltiradi. Unga ko‘ra, komil inson 
quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak: botiniy olami sarishta, zohiriy o rmishi parishon, jisini 
vayron, qalbi esa obod va nurafshon. oimo xafi
y
zikr bilan band, kiygani janda xirqa, nafsoniy 
lazzatni tark etgan, himmati osinon qadar oliy. Ushbu tavsiflarda naqshbandiya tariqati talablnri 
ifodalanganligini ko‘rish mumkin. Keyingi baytlarda Navoiy ana shu martnbagn talabgor solik 
uchun zarur bo‘lgan ishlnr bayonini keltiradi. Navoiyning fikricha, bu yo‘lga kirish liech 
qnclion kech emas, chunki bu Yaratganning tavfiqidir. Buning uchun, eng avvalo, nafsni 
yengish kerak, uni yengish piri murshid rahnamoligida amalga oshiriladi. Shundan so‘ng 
qasidada naqshbandiya sulukiga xos zikr tushish qoidasi, faqrning mohiyati, belgi va fazilatlari 
haqida so‘z boradi. Qasidaning 101-baytidan Sulton Husayn Boyqaro tavsifi keltirilib, unga 
darvishlikni shohlikdan yuqori qo‘vgan sulton degan ta’rif berilndi. uning shijoati, ndolnti va 
saxovatiga tahsin aytiladi (101-118-baytlar). Xotimada “Nasim ul-xuld”ning yozilish tarixi
ushbu mavzuda qalam tebratgan salaflar: Xoqoniy, Dehlaviy va Jomiy qasidalnri haqida 
ma’lumot keltiriladi (120-129-baytlar). “Nasim ul-xuld” salaflar qasidalari singari hazaji 
musammani solim (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V /V /V /V ) 
vaznida yaratilgan. 


18 
“Devoni Foniy”dan o‘rin olgan ikkinchi qasidalar majmuasi “Fusuli araba” (“To‘rt 
fasl”) deb ataladi. Qasida 4 qismdan iborat bo‘lib, yil fasllarining go‘zal manzarasi tasviriga 
bag‘ishlangan. Shoir tabiatni tasvirlash orqali asl maqsadign erishndi: zamona sultoni Flusayn 
Boyqaroni madh etadi. Navoiy liar bir fasl va undagi tasvir usullarini e’tiborga olgan holda 
ulardn turli vaznlarni qo‘llaydi. Xususan, voz fasliga bag‘ishlangan “Saraton” deb nomlangan 
qasida 71 baytdan iborat bo‘lib, mazmuniga ko‘ra vasf va madh xususiyatlarini o‘zida 
birlashtirgnn qasida hisoblanadi. “Saraton” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida bo‘lib, unda nasib 
(lirik kirish) kattagina qismni (yigirmn besh bayt) egallaydi. Aynan nasibda qasidaning vasfiy 
xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Qasida saratonning kirib kelishi tasviri bilan boshlanadi: 
Boz otashi xo‘r soxt samandar saratonro Afro‘xt chu otashhada gulzori jahonro. 
(Mazmuni: Quyosh otashi saratonni yana samandarga aylantirdi, Jahon 
gulzorini otashhada kabi lovillatdi). 
Keyingi baytlarda saraton jaziramasi tasvirlanar ekan, issiqdan butun borliq go‘yo 
otashga aylanganligi va saratonning insonga ko‘rsatgnn jismoniy ta’siri tasvirlanadi. 
“Saraton’’da gurizgoh (kirishdan asosiy qismga o‘tuvchi ko‘prik) nisbatan kicbik (ikki bayt) 
boTib, unda “yozning taftidnn panoh izlovchi kishilar uchun Husayn Boyqaro tug‘i soyasi 
makondir” degan fikr orqali asosiy qism - Husayn Boyqaro madhiga o‘tiladi: 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling