Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi
Zohir etti xayoli suratgar,
Fikrat uyida guna-guna suvar. Ya’ni, “suratgar xayol fikrlar uyi (ong)da rang-barang tasvirlarni chizdi”. Takidlash kerakki, tushga xayol natijasi sifatida qarash Sharqda qadimdan mavjudligini XIII asr mutafakkiri Aziziddin Nasafiyning “Komil inson kitobi” asarida ham ko‘rish mumkin. Nasafiyga ko‘ra, “tush ko‘rmoqning sababi ikkita: biri – ichki sezimlar, ikkinchisi – osmon farishtalari tufayli. Ichki sezimlardan vujudga keladigan tush xayol va hofiza tufaylidir; xayol – mushtarak sezgisining xazinachisidir, hofiza – qo‘rquv va vahm xazinachisidir. Ikkalasi ham xazina sohibi sifatida uzoq yillar ma’naviy va moddiy ashyolardan ko‘p narsa o‘rganmishlar va o‘z xazinalarida saqlab qo‘ymishlar, o‘z vaqtida talab qilib, ularni tortiq etajaklar” [Nasafiy 46 2021:199]. Demak, tush va xayol munosabatlarini kuzatish nafaqat Navoiyning ilmiy qarashlarini G‘arb ilm-fani yutuqlari bilan muqoyasa qilish, balki Navoiyga ma’lum bo‘lgan ba’zi ilmiy manbalarni ham aniqlashtirish imkonini beradi. Muallif bilan bog‘liq tushning ikkinchisi dostonning XXXVII bobida, ya’ni asar xotimasida sodir bo‘ladi. Bobda Navoiy dostonning asosiy voqealarini yakunlagach, orom olish uchun hujra tomon azm qilgani, ko‘zi uyquga ketganda shoh Bahrom xayoloti tushda gavdalangani va uning tarixi nazmga solingani uchun minnatdorchilik izhor etgani haqida so‘z yuritadi. Ushbu tush tasviri quyidagicha tasvirlanadi: “hali ko‘zimga uyqu kelmay, ko‘nglimdagi fikr-xayol hali tarqalmay turib, uyqu bilan uyg‘oqlik orasida, g‘avg‘o-to‘polon orasida, nazarimda boshlariga taxtiravonni baland ko‘targan katta bir to‘da paydo bo‘ldi” [Navoiy 2011:619]. Yuqoridagi tushning uyqu va uyg‘oqlik orasida ko‘rilganligi bejizga ta’kidlanmagan. Negaki, “shayxlar uyqu va uyg‘oqlik orasidagi tushni qadrlaganlar, chunki bunda kishi ruhining g‘ayb olamiga ulanishi muqarrar, – deb qaralgan” [Komilov 2009:61]. Mazkur bobda shoh Bahrom tilidan “Sab’ai sayyor” dostoniga, Navoiy va Husayn Boyqaro shaxsiga baho berishda, Husayn Boyqaroning davlat ishlarida hushyorlik bilan ish ko‘rishi kerakligi haqidagi didaktik fikrlarni yetkazishda tush epizodi beqiyos vazifa bajaradi. Ikkinchi, asar qahramonlarining tushlari haqida. “Sab’ai sayyor”da ijodkorning g‘oyaviy-badiiy pozitsiyasida yetti hikoya nihoyatda keng va katta o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, muallif asarning so‘nggi bobida: “bu dostonning nazmlari orasida so‘z o‘yinlari juda ko‘p bo‘lib, bularning barchasi shu yetti hikoyani tasvirlash uchun ishlatildi” – deydi [Navoiy 2011:637]. Shunday ekan, yetti hikoyaning birinchisidayoq tushga murojaat qilinishida bu epizodning doston syujetida qanchalik muhim o‘rin tutganligini bilish mumkin. Hikoya bosh qahramoni Hind podshohi Jasratning o‘g‘li Farrux hamma ilmlarda va husnda tengsiz edi. Farrux bir kechasi ibodat bilan mashg‘ul ekan, saodatga boshlovchi ilk nur tarala boshlaganda u tong namoziga sajda qilar ekan, ko‘zi uyquga ketib, bir tush ko‘ribdi [Navoiy 2011:397]. Tushida qora parda bilan o‘ralgan taxtiravon ustidagi bir go‘zalni ko‘rgach, notavon jismiga o‘t tushgan Farrux otasidan ijozat olib safarga ravona bo‘ladi. Shu tariqa hikoya voqealari rivojlanadi hamda tush safar, uylanish, qaytish motivlari bilan bog‘liqlikda keladi. Xuddi shunday dostonning XXV bobida uchinchi iqlim yo‘lidan keltirilgan musofirning aytgan hikoyasida ham tugun hosil qilishda tush epizodidan foydalaniladi. Tush asosida qurilgan ushbu hikoyada tush epizodi xabar, safar, shart, uylanish kabi motivlar bilan ketma-ketlikda keladi. Misrdagi boy bir xojaning baxtiyor o‘g‘li Sa’d shahrisabzlik mehmonlardan Kitvar xalqining tush g‘aroyiboti bilan bog‘liq butxonasi haqida eshitib safarga otlanadi. U butxonaga borib tunaydi va tongga yaqin tush ko‘radi. Tushida ikkita ko‘k rangli qush uning yelkasiga qo‘nib tilga kiradi. Ularning birinchisi yoqimli ovoz bilan sayrab shunday bashorat qiladi: “Senga bir pari nasib bo‘lar emish, uning yuzi xuddi Sharq quyoshidek nurafshon va go‘zal emish”. Ikkinchi qush esa, dahshatli ovoz bilan sayrab: “bir kun sen dev qo‘liga asir tushasan va u sening oyoq-qo‘llaringga kishan solib zanjirband qilib qo‘yadi”, – deydi [Navoiy 2011:459]. Sa’d taqdirining ushbu tush bilan bog‘lanishi uning tushini ta’bir qilgan Faylaqus hakimning o‘sha butxonada ko‘rgan tushi bilan chambarchas bog‘liq. 47 Ikki afsonadagi tushning ham subhidam, ya’ni tong-saharda jilva qilgani bejizga emas. Ushbu tasvirda insoniyatning tush hodisasiga nisbatan ming yillar davomida shakllangan munosabatlari aks etganini ko‘rish mumkin. Manbalarda tong – sahar tun hamda kun, yaxshilik va yomonlik kuchlari o‘rin almashayotgan payt, yaxshilik pallasi bosib kelganda ko‘rilgan tushlarning rahmoniy – bashoratli bo‘lishi aytiladi. “Sahar payti kishilarning toza, tiniq tushlar ko‘rishi fanda ham ilmiy jihatdan o‘z isbotini topgan. Tun, qorong‘ulik, zulmat inson ruhiyatiga tinimsiz ta’sir qilib turadi va bu ta’sir ko‘proq salbiy xususiyat kasb etadi. Sahar paytiga yaqinlashavergach, esa koinotdagi o‘zgarishlar inson tanasiga ko‘proq ijobiy ta’sir eta boshlaydi” [Eshonqulov 2011:24]. Dostonda tush epizodining muallif va hikoya qahramonlari ruhiyatini ochib berishda ham mohirona qo‘llanganligi diqqatga sazovor. Chunki bu epizod G‘arbda ayni maqsadni amalga oshirishda XIX asr so‘nggi choragidan, ya’ni tushni maxsus va mukammal o‘rgangan olim Zigmund Freyd va uning izdoshlari Karl Gustav Yung, Erix Fromm “tush – inson ruhiyatining ko‘zgusi” deya tadqiq etganlaridan keyingina qo‘llana boshlangan. Mana shuning o‘ziyoq Navoiy dahosining qanchalik buyukligi hamda tush epizodining “Sab’ai sayyor”da qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini namoyon qiladi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling