Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet saytlari 9. www.ziyo-net.uz 10. www.literature.uz 11. www.kutubxona.uz
- 1. Navoiy dostonlarini sharhlash usullari. 2. “Hayrat ul-abror” talqini. “Hayratu-l-abror”da soqiy obrazi.
Adabiyotlar:
1. Sirojiddinov Sh. Yusupova D. Davlatov O. Navoiyshunoslik. Darslik. – T.: “Tamaddun”, 2018. – 518 b. 2. Асадов М. Соқийнома: тарих ва поэтика. – Тошкент: Тафаккур, 2020. – 352 б. 3. Авазназаров О. Алишер Навоий ижодида соқий образи талқинлари. – Қарши: Насаф, 2021. – 132 б. 4. Ҳайитметов А. Навоий лирикаси. − Тошкент: Фан, 1961. – Б. 41 – 42. 5. Ҳаққул И. Навоийга қайтиш. 2-китоб. – Тошкент: Фан, 2011. – Б. 19. 6. Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Тошкент: Фан, 1983. 7. Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. – Тошкент: Ўзбекистон, 2014. – Б. 283. 8. Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at. 1-2-jildlar /Mas’ul muharrir Sh.Sirojiddinov. – T.: Sharq, 2016. Internet saytlari 9. www.ziyo-net.uz 10. www.literature.uz 11. www.kutubxona.uz 5-MA’RUZA: Navoiy dostonlarini sharhlash tamoyillari. “Hayrat ul-abror”ni sharhlab o‘qitish. Reja: 1. Navoiy dostonlarini sharhlash usullari. 2. “Hayrat ul-abror” talqini. “Hayratu-l-abror”da soqiy obrazi. Ma’lumki, “Hayratu-l-abror” 63 bobdan iborat. Doston boblarini soqiy obrazi ishtirokiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin. Ushbu obraz dostonning jami 26 bobida, ya’ni dastlab Husayn Boyqaro madhiga bag‘ishlangan 16-bobda, 3 ta hayratda, sultonlar haqidagi 3-maqolatda, 20 ta maqolat hamda xotimada ilgari surilgan g‘oyalarni dalillash uchun keltirilgan 21 ta hikoyatning barchasida umumiy hisobda 28 marotaba qo‘llangan. Dostonning 16, 19 hamda 26-boblarida soqiyi gulchehra, soqiy, soqiylar shakllarida qo‘llanilgan ushbu obraz ayni o‘rinlardan tashqari 25 holatda murojaat uslubida soqiynoma bayt tarkibida keladi. Faqatgina birinchi hayrat (18-bob) uch 34 baytli soqiynoma bilan boshlanib, ikki baytli soqiynoma bilan yakunlanadi. Qolgan barcha holatlarda soqiynoma bayt faqat bob yakunida keladi. Dastlabki hayratda ko‘ngilning yo‘qlik tunidan qutulib, mavjudlik tongiga hamnafas bo‘lishi va malaklar olamining haqiqiy Qayyum tasbihiga mashg‘ul ekanini bilib hayratlanishi hamda behush yiqilishi tasvirlanadi. Bob avvalidagi uch baytli soqiynomada muallif soqiydan subh mayi, sabuhiy jom so‘raydi: Subhdur, ey soqiy, etib mehr fosh, Tut manga bir jom nechukkim quyosh. Tong qushi chun berdi payomi sabuh, No‘sh etayin bir-ikki jomi sabuh. Subh safoliq mayidin mast o‘lay, Tong qushig‘a nolada hamdast o‘lay (6/64). Navoiy dostonlarida lirik kirish vazifasini bajaruvchi soqiynoma baytlar ijodkorning bobdagi asosiy voqealarni bayon qilishga kirishishdan oldin o‘zi va o‘quvchida muayyan hissiy-emotsional holat hosil qilishiga zamin hozirlaydi. Mazkur hayrat boshida lirik kirish vazifasini bajargan ushbu soqiynoma baytda soqiydan aynan subh mayi (tonggi may), quyoshdek sabuhiy jom so‘rash orqali ko‘ngilning yo‘qlik qorong‘uligidan yorug‘likka chiqib kelayotganiga ishora qilinadi. Qolaversa, shoir soqiydan sabuhiy may so‘rar ekan, o‘zining ayni damdagi ruhiy holati, kechinmalarini ko‘ngilning hayrat holatidagi kayfiyati bilan uyg‘unlashtirishga erishadi. Bu holat bob so‘ngidagi lirik xotima vazifasini bajargan soqiynomadan ham yaqqol anglashiladi. Chunki bob yakuniga kelib ko‘ngil hayrat ichida behush bo‘lib qoladi. Soqiynoma baytda shoir ham o‘z ruhiy holatini xuddi ko‘ngilning hayrat maqomidagi xomushligiga mengzab, soqiydan yuziga boda suvidan gulob sepib uni hushiga keltirishini so‘raydi: Soqiy, yetubdur yana jismimg‘a tob, Yuzuma ur, boda suyidin gulob. To topibon hush takallum tuzay, So‘z chamani ichra navo ko‘rguzay (6/70). Bobdagi soqiy ilohiy ma’rifat ulashib solikni hayrat maqomiga ko‘taruvchi piri komildir. Ikkinchi hayratda ko‘ngul moddiyat olamidan farishtalar olamiga safar qiladi, yo‘ldagi manzillarda uchragan sham va mash’allarning Yaratuvchi yodiga mashg‘ul ekanidan hayratlanib, behushlik holatiga yetadi. Bob xotimasidagi ikki baytli soqiynomada shoir o‘z holatini ko‘ngilning holatiga tashbeh etayotgani yaqqol oydinlashadi: Soqiy, erur jismim aningdek zaif, 35 Kim nafasim chiqqali emas harif. Jomg‘a xud men qo‘ya olmon og‘iz, Paxta bila og‘zima oni tomiz (6/76). Shuningdek, bobda Navoiy ijodida soqiy obrazining yana bir talqini bo‘y ko‘rsatadi. YA’ni ko‘ngil farishtalar olamiga uchayotganda osmonda bir kumushbadan mahbubga ko‘zi tushadi. U mahbub bir vaqtning o‘zida ham mahbuba, ham musiqachi, ham ashula to‘quvchi, ham soqiy edi: Shohid o‘zi erdi, navosoz o‘zi, Soqiy o‘zi, zamzama pardoz o‘zi (6/72). Ushbu o‘rinda Sharq astronomiyasiga ko‘ra, ikkinchi osmon tasviri kelmoqda. Va bu yerdagi soqiy Sharqda shoir va san’atkorlarning homiysi Atorud (Merkuriy) sayyorasidir. XX bobda kelgan uchinchi hayratdagi soqiynoma ham o‘ziga xos. U avvalgi boblardagi soqiynomalardan qo‘llanilish maqsadiga ko‘ra mutlaqo farq qiladi. Shungacha kelgan soqiynomalarda bunday bayt lirik kirish, lirik xotima vazifalarini bajargan bo‘lsa, bu bob yakunidagi soqiynomaning vazifasi mutlaqo o‘zgacha. Ikki baytli ushbu soqiynomaning dastlabki bayti baroati istehlol san’ati asosida qurilgan: Soqiy, olib kel qadahi xushguvor, Birga olib tortay ani xojavor (6/82). Bu san’atga ko‘ra, “kalom ibtidosi maqsudg‘a ishora qilmoq yo‘li bila maqsudg‘a munosib qilinur”. YA’ni “she’r, kitob, yoxud muayyan bobni asosiy maqsadga, keyingi mazmunga nozik ishora qilish bilan boshlash” baroati istihloldir. “Xojavor” so‘zi orqali keyingi, ya’ni XXI bobda Xoja Bahovuddin Naqshbandiy haqida so‘z yuritilishiga ishora qilinadi. Bu maqsad soqiynomaning ikkinchi baytida to‘la ochiqlanadi: To chekibon bir iki jomi shigarf, Xoja madihida suray necha harf (6/82). Navoiy ijodiga tayanib aytish mumkinki, baroati istehlol nafaqat bob boshida kelib uning mazmuniga, balki bob yakunida kelib keyingi bob mazmuniga ishora qilishi ham mumkin. Bu holat “Xamsa”ning boshqa dostonlarida ham kuzatiladi. Qolaversa, yuqoridagi soqiynomada iyhom badiiy san’ati ham ko‘zga tashlanadi. Chunki Navoiy har uchala hayratning bir necha o‘rnida “ko‘ngil” so‘zi o‘rniga “xoja” so‘zini ishlatadi. Yuqoridagi baytlarda kelgan “xojavor”, “xoja” so‘zlari bir vaqtning o‘zida ham ko‘ngilga, ham Xoja Bahouddinga ishora qiladi. 36 Dostonning 37 bobida – “Basmala” bob, hamd, 4 ta munojot, 5 ta na’t, Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy, Bahovuddin Naqshband haqidagi boblar, so‘z va ko‘ngil ta’rifidagi boblar, shuningdek, 20 ta maqolatning 19 tasi hamda xotima qismda soqiy obrazi mutlaqo uchramaydi. Albatta, ushbu obrazning 37 bobda qo‘llanmasligi ma’lum sabablarga, 26 bobda qo‘llanilishi esa ma’lum bir poetik qonuniyatlarga ega. Bularni aniqlash uchun, avvalo, dostondagi har bir bobning mavzu doirasi, poetik xususiyatiga e’tibor qaratish lozim. Qolaversa, soqiy obrazining poetik vazifasi va maqsadini aniqlashda obrazning boblardagi joylashuv o‘rniga ham diqqat qaratish maqsadga muvofiq. Ana shu jihatlar asosida tekshirilganda ma’lum bo‘ladiki, soqiynoma bayt, asosan, uchta hayrat va yigirma bitta hikoyatda keladi. Ushbu holatlarning deyarli barchasida soqiy bob so‘ngida murojaat uslubida, hayrat yoki hikoyatlarni xulosalash maqsadida qo‘llangan. Mazkur boblar, asosan, ramziy-majoziy ko‘rinishda bo‘lib, sof badiiy ijod jarayonining mahsuli. Dostonning kirish qismlari, ya’ni hamd, na’t, munojotlar, so‘z, ko‘ngil va salaflar ta’riflari, shuningdek, nazariy masalalar ko‘tarilgan maqolatlar esa ijodkorning falsafiy mushohadalari, obyektga to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabati bilan bog‘liq. Ushbu boblarda soqiy obrazining ishtirok etmaganini ayni sabablar bilan izohlash mumkin. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling