Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/54
Sana04.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1325481
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi

Adabiyotlar: 


42 
1. Sirojiddinov Sh. Yusupova D. Davlatov O. Navoiyshunoslik. Darslik. – T.: “Tamaddun”, 
2018. – 518 b. 
2. Авазназаров О. Алишер Навоий ижодида соқий образи талқинлари. – Қарши: Насаф, 
2021. – 132 б. 
3. Комилов Н. Хизр чашмаси. – Т.: Маънавият. – 320 б. 
4. Мадаев О. Навоий суҳбатлари. – Т.: Маънавият. – 248 б. 
5. Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at. 1-2-jildlar /Mas’ul muharrir Sh.Sirojiddinov. – T.: Sharq, 
2016. 
Internet saytlari 
6. 
www.ziyo-net.uz
 
7. 
www.literature.uz
 
8. 
www.kutubxona.uz 
 
 
7-ma’ruza:
 
“Layli va Majnun”ni sharhlab o‘qitish. 
Reja: 
1. “Layli va Majnun”ning tadqiq tarixi. 
2. Doston obrazlari talqinlari. 
“Layli va Majnun”da soqiy obrazi. “Layli va Majnun” dostonidagi soqiy obrazi tahlili 
adabiyotshunosligimizda atroflicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammolardan. Zero, “Badiiy 
asarni qabul qilish, tushunish uchun uning zamiriga joylanib, tilsimlanib qo‘yilgan mazmunning 
shifri va kodini bilish talab etiladi. Ma’lum bo‘ladiki, adabiyotni idrok etish, birinchi navbatda, 
uning o‘ziga xos obrazli tilini tushunish demakdir”.
Soqiy obrazi nisbatan kam miqdorda bo‘lsa-da, ushbu dostonda ham ishtirok etadi. 
Shunga qaramasdan, mazkur obrazning qo‘llanishida boshqa dostonlarda uchramaydigan ba’zi 
o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanadi. Soqiy obrazi dostonning uch bobida olti marotaba uchraydi. 
Qo‘llanish o‘rniga ko‘ra ularni quyidagicha guruhlash mumkin: 
a) bag‘ishlov boblarda; 
b) dostonning asosiy qismida. 
Soqiy obrazi ishtirokidagi dastlabki bag‘ishlov bob (VIII) shahzoda Badiuzzamonga 
bag‘ishlangan. “Xamsa” dostonlarida bag‘ishlov boblarda kelgan soqiy obrazi, asosan, bazm 
tasviri bilan aloqadorlikda qo‘llanadi. Bu holat “Layli va Majnun”da ham kuzatiladi. Shahzoda 
huzuridagi bazmlar shoir tomonidan juda katta ishtiyoq bilan tasvirlanadi: 
Bazmida bu nav’ do‘sh-bardo‘sh, 
Shahlar bori yondashib qadah no‘sh. 
Soqiylari hur yo paridek 
Ko‘k davrida mehri xovaridek. 
May kimga tutub bu nav’ soqiy, 
Qolmay anga aqlu hush boqiy. 
May dema, zuloli zindagoniy, 
Soqiysi hayoti jovidoniy (7/42). 
Ushbu baytlarda soqiy obrazining bir qancha zohiriy xossalari yuzaga chiqadi. Shoir 
bobdagi epizodik obraz – soqiyni hur va parilarga, Sharq quyoshiga, mangu hayotga o‘xshatish 


43 
orqali shunday bir yuksaklikka ko‘taradiki, bu asosiy obraz – Badiuzzamon shaxsini vasf etish, 
uni ulug‘lashga xizmat qiladi. Shahzoda ishtirokidagi bazmlar o‘quvchida ilohiy bazmdek 
tasavvur uyg‘otadi. 
Dostonning XXXVII bobi ham bag‘ishlov bob bo‘lib, unda Sulton Husaynning shahzoda 
jiyani (akasining o‘g‘li – A.O.) Sulton Uvays bahodir vasf etiladi. Bob besh baytli soqiynoma 
bilan boshlanib, unda soqiy obrazining ma’no doirasi zamon soqiysi darajasiga yuksaladi, g‘am 
ahliga shodlik ulashuvchi qadahi osmonga, undagi shafaqrang mayning bir tomchisi esa 
yulduzlarga tashbeh etiladi (7/261). Shoir soqiy, qadah, may kabi obrazlarni zamon, osmon va 
yulduzlar qadar yuksaklikka olib chiqish, ularni bu qadar yuqori pardada kuylashdan murodi 
nima ekaniga navbatdagi baytlarda oydinlik kiritadi: 
To so‘zda falak nishonlig‘ aylay, 
Axtar kibi durfishonlig‘ aylay. 
Topqach duri bahru la’li koni, 
Shahzoda nisori aylay oni (7/261). 
Ya’ni, so‘zimni falakdek yuqorilatib, yulduzdek durlar sochayin. Daryoning durri va 
konning la’li kabi so‘zlarni topgach, ularni shahzodaga bag‘ishlayin.
Soqiynoma Sulton Uvays bahodirga yo‘naltirilgan vasf hamda pandu nasihat tasviriga 
o‘tishda o‘ziga xos lirik tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Ushbu tasvirlardan ko‘rinadiki, Navoiy 
yashagan 
davrning 
ijtimoiy-siyosiy 
muhitida 
hukmdor 
sulola 
vakillari, 
xususan, 
shahzodalarning mavqei juda yuqori bo‘lgan. Qolaversa, shoir soqiynoma baytlarda ko‘pincha 
baroati istehlol badiiy san’atini qo‘llaydi. Yuqoridagi soqiynomada ham shoir soqiydan huzn 
(g‘am) ahliga farah (shodlik) qadahini tutishni so‘rashi bejiz emas. Bundan Sulton Uvays 
bahodir g‘amginlik – oshiqlik, rindlik kayfiyatidagi shaxs yoki nufuzi baland shahzoda (Navoiy 
uni “yetti otasi shoh bo‘lib o‘tgan sultoni zamon” deya ta’riflaydi – A.O.) bo‘lgani anglashiladi.
Shuning uchun Sulton Husayn shahzodani o‘ziga xavf sifatida ko‘rib, unga nisbatan ijobiy 
munosabatda bo‘lmagan. Ehtimol, shu bois shoir bobning quyidagi o‘rinlarida shahzoda 
Uvaysga Sulton Husaynni o‘ziga ham aka, ham ota o‘rnida ko‘rib, unga o‘g‘illik, balki qullik 
qilishi kerakligini bot-bot uqtiradi: 
Shohiki atong anga ag‘odur, 
Ul sanga ag‘oduru atodur. 
Bu ikki atog‘a qil o‘g‘ulluq
Yo‘q-yo‘qki, bu ikki shahg‘a qulluq (7/264). 
Har holda shahzoda Uvays bahodir Sulton Husaynning farzandi bo‘lmasa-da, 
“Xamsa”da maxsus bob bag‘ishlangan yagona tarixiy shaxs ekani bejiz emas. 
Mazkur bobga yakun yasovchi soqiynomada shoir shahzodadan soqiylik qilishni 
so‘raydi: 
Soqiy, qadahiki shahzoda
Tutqay manga ul qadahda boda. 
Lojur’a burun o‘zi sumurgay, 
Ul nav’ manga dag‘i ichurgay (7/266). 
Ushbu o‘rinda soqiy obrazi polisemantik xarakter kasb etadi. Bundan tashqari, shoirning 
shahzoda bilan juda iliq munosabatda bo‘lgani, uni qalban o‘ziga yaqin olgani anglashiladi. 
Mazkur bob soqiyga murojaat bilan boshlanib, soqiyga murojaat bilan yakunlanishiga 
ko‘ra, “Xamsa” dostonlaridagi bag‘ishlov boblar orasida yagonalik kasb etadi. Nido badiiy 


44 
san’atini yuzaga keltiruvchi bunday ritorik murojaat poetik sintaksis tarkibiga kiruvchi poetik 
figuralardan biri bo‘lib, muallif obrazining ichki sezimlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 
Dostonning asosiy qismida ishtirok etgan soqiy obrazini Majnun va Laylining 
uchrashuvi tasvirlangan XXXI bobda uchratish mumkin: 
Vasl ayladi ikkilikni boqiy, 
Vahdat qadahini tutti soqiy. 
Bu boda birini mast qildi, 
Ul birini mayparast qildi. 
Yo‘q, yo‘qki, ikisi mast bo‘ldi, 
Ham ikkisi mayparast bo‘ldi (7/214). 
Ushbu o‘rinda kelgan “vahdat qadahi” bosh qahramonlarning tasavvufdagi tavhid 
maqomiga ko‘tarilganiga ishora qilsa, ana shu qadahga vahdat (birlik) mayini quygan soqiy 
obrazi esa mohiyatan Haq taolo ma’nosini ifoda qiladi.
Ma’lumki, adabiyotning muloqot-kommunikativ, baholash-aksiologik, tarbiyaviy-
axloqiy, zavqlantirish-hedonistik, bilish-gnoseologik singari vazifalari bor. Dostondagi 
soqiynomalarda, soqiy obrazi ishtirokidagi boshqa o‘rinlarda ana shu vazifalarning bir qanchasi 
bajarilayotganini kuzatish mumkin. Ya’ni soqiy obrazi ishtirokidagi tasvirlar orqali kitobxon 
ushbu obraz zimmasiga ijodkor tomonidan yuklangan axborotlar bilan muloqotga kirishadi, 
ularni baholaydi, ulardan zavqlanadi hamda o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy hayoti manzaralaridan 
xabardor bo‘ladi, shuningdek, zaruriy axloqiy-tarbiyaviy xulosani chiqaradi. Shunga ko‘ra, 
Alisher Navoiy asarlarida faol qo‘llangan soqiy obrazini atroflicha tadqiq etish navoiyshunoslik 
fani oldidagi dolzarb muammolardan biri ekani yanada ravshanlashadi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling