Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/54
Sana04.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1325481
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi

 
Adabiyotlar: 
1. Sirojiddinov Sh. Yusupova D. Davlatov O. Navoiyshunoslik. Darslik. – T.: “Tamaddun”, 
2018. – 518 b. 
2. Авазназаров О. Алишер Навоий ижодида соқий образи талқинлари. – Қарши: Насаф, 
2021. – 132 б. 
3. Комилов Н. Хизр чашмаси. – Т.: Маънавият. – 320 б. 
4. Мадаев О. Навоий суҳбатлари. – Т.: Маънавият. – 248 б. 
5. Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at. 1-2-jildlar /Mas’ul muharrir Sh.Sirojiddinov. – T.: Sharq, 
2016. 
Internet saytlari 
6. 
www.ziyo-net.uz
 
7. 
www.literature.uz
 
8. 
www.kutubxona.uz 
 
 
8-mavzu: 
“Sab’ai sayyor” dostonini sharhlab o‘qitish. 
Reja: 
1. “Sab’ai sayyor”ning tadqiq tarixi. 
2. “Sab’ai sayyor” dostonida badiiy tush va safar talqinlari. 


45 
“Sab’ai sayyor” dostonida badiiy tush va safar uyg‘unligi. “Sab’ai sayyor” dostoni 
“hikoya ichida hikoya” usulida yaratilgan bo‘lib, uning syujetida tush epizodi voqealarni 
harakatlantiruvchi kuch – motiv vazifasini bajaradi. Asardagi tushlarni quyidagicha tasniflash 
mumkin: 
Muallif tushlari (VIII, XXXVII boblarda); 
Asar qahramonlarining tushlari (XXI, XXV boblarda). 
Bu ikki turli tushlar o‘zining g‘oyaviy-badiiy yuki, vazifasi hamda maqsadiga ko‘ra bir-
biridan farq qiladi. Tush muallif obraziga aloqadorlikda kelganda tabiiy jarayon sifatida ko‘zga 
tashlansa, asar qahramonlari bilan yuz berganda esa diniy-tasavvufiy, ilohiy mohiyat kasb etadi.
Avvalo, muallif tushlari haqida. Dostonning VIII bobida muallif tomonidan ko‘rilgan 
tushda butun asar voqealarining tarxi, ya’ni fabulasi chiziladi. Bu holatni Navoiy quyidagicha 
tasvirlaydi: “Qayg‘u ko‘ngilga azob solavergach, ko‘z uyini uyqu qorong‘ilig‘i bosdi. Shu payt 
suratgar xayol fikr uyida har xil va rang-barang tasvirlarni namoyish qildi. Tushimda o‘zimni 
ajoyib bir vodiyda aylanib yurgan holatda ko‘rdim... [Navoiy 2011:310] 
Tushida muallif ajoyib vodiy ichra safar qilar ekan, yettita juda mustahkam gumbazga, 
ya’ni qasrga duch keladi. Bu yetti gumbaz yetti xil rangda bo‘lib, muallif har kuni bir qasrga 
mehmon bo‘ladi hamda qasr rangiga monand kiyingan, uyning dono egasidan bittadan afsona 
tinglaydi. Afsonalarni yodlab, “jon sahifalariga joylab” qo‘yadi. Qachonki bularni qalam bilan 
tahrir etishga kirishar ekan, huzuriga Xizrvash bir mo‘ysafid kelib, senga nimaniki ko‘rsatgan 
bo‘lsalar, ularni bir-bir ta’bir qilib beray, – deb uning tushini ta’bir qiladi. Navoiy uyqudan 
xursand bo‘lib uyg‘onadi va muabbir izlab tushini ta’bir qildiradi. O‘ngda qilingan ta’bir 
tushdagi pirning ta’biri bilan muvofiq keladi. Mazkur tush va uning ta’biri muallifning ijodiy 
rejasi, g‘oyasini o‘quvchiga baro‘ati istehlol usuli bilan biroz oldindan ma’lum qilish, voqealar 
qiziqarliligini oshirish, yo‘lovchi obrazi (muallif hamda boshqa qahramonlar)ning safar 
geografiyasiga ishora etish, qolaversa, ijodiy rejaga to‘la kirishishdan oldin ulug‘lardan madad 
tilash istagiga xizmat qilgan. 
Shu o‘rinda xayol va tush munosabatiga ham to‘xtalib o‘tmoq zarur. G‘arbda tushni 
maxsus va mukammal o‘rgangan olim Zigmund Freyd tushda kishining uyg‘oq paytidagi ong 
osti kechinmalari yuzaga qalqib chiqadi, deydi hamda tush va xayol munosabatlari haqida 
shunday fikr bildiradi: “ta’bir etib ma’nosini yo‘yadigan tungi tushlarimiz ham kunduzgi 
xayollarimizning xuddi o‘zginasidir. Til mislsiz zakosi ila avvalboshdanoq xayolparastning 
havoyi “ijod”ini “o‘ngda ko‘rilgan tush” deb atab, tush mohiyatini-da kashf etgan-qo‘ygan” 
[Freyd 2014:71]. E’tiborlisi shundaki, Freydning bu qimmatli fikrlarini Navoiy XV asrdayoq 
“Sab’ai sayyor”da mohirona tasvirlaydi:

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling