Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/54
Sana04.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1325481
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi

Laff va nashr – ar. «yio‘ish va tarqatish» so‘zidan. SHe’riy san’at. Avval bir necha narsa 
yoki tushuncha nomi ketma – ket keltiriladi, keyin ular haqidagi hukmlar bayon qilinadi. Misol ) 
Latifa – ar. «nozik, yoqimli, zarif» so‘zidan. O‘zbek latifalarining asosiy qahramoni 
Nasriddin Afandi hisoblanadi. 


62 
Lirikа - yunоnlаrning rubоbgа o‘xshаsh chоlg‘u аsbоbi lirа so‘zidаn оlingаn vа lirа 
ijrоligidа аytilаdigаn ijrоchining kеchinmа vа tuyg‘ulаrini tаsvirlоvchi qo‘shiqlаr dеgаn mа’nо 
bеrаdi. SHоirning tuyg‘ulаri, kеchinmаlаri аks ettirilgаn bаdiiy аsаrlаr lirik аsаrlаr dеyilаdi. 
Lirikа: shе’r, bаllаdа, qаsidа,lirik dоstоn, o‘аzаl, tuyuq, rubоiy, muxаmmаs vа h.k. 
Lirо – epik аsаrlаr - dоstоn, bаllаdа, pоemа vа mаsаl kirаdi.
Litota – gr. «litotes - oddiylik» so‘zidan. Kichraytirish. Badiiy adabiyotda biror narsa, 
voqea va belgini mo‘’tadil holatdan kichraytirib, zaiflashtirib tasvirlash usuli. Mumtoz 
adabiyotda tafrit (q) deb atalgan:
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, 
G‘oyati nozuklikidin suv bila yutsa bo‘lur. (A.) 
Turfa qishlog‘i g‘azabkardaki, parrandalari 
Tobuo‘i ignachi – yu o‘rdag –u g‘ozi kapalak. (M.)
Lаb – Tasavvufiy atama. yorning kаlоmi, ko‘rsаtmаlаri, purmа’nо so‘zlаri. 
Majoz – adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan tushunchani ko‘pchilikka ma’lum 
bo‘lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir. M.: Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida 
insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon obrazlariga ko‘chirilishi 
majozning yorqin namunasidir. 
Maqta’ – ar. «tugash joyi, kesmoq» so‘zidan. G‘azal, qasidaning yakunlovchi bayti. 
Adabiy an’anaga ko‘ra maqta’da shoir o‘z taxallusini ko‘rsatadi:
Bu Mashrab dardini, jono, ki hech kim boshig‘a solma,
Agar Mahsharda oh ursam, behishtu jovidon o‘rtar. (Mashrab)
Marsiya – ar. «» so‘zidan. Biror mashhur kishi vafoti munosabati bilan g‘am – alam va 
hasratni ifodalovchi she’riy janr. M. «Alp Er To‘nga» marsiyasi. Xalq og‘zaki ijodida yio‘i deb 
ham yuritiladi. 
Masnaviy – ar. «ikkilik» so‘zidan. 1). Har bir bandi o‘zaro qofiyalanuvchi ikki misradan 
iborat she’riy asar. 2). Mumtoz adabiyotda doston atamasi o‘rnida qo‘llanilgan. M. «Farhod va 
SHirin» dostoni. 
Matla’ – ar. «quyosh va yulduzlarning chiqish joyi» so‘zidan. G‘azal (q) yoki qasidaning 
(q) o‘zaro qofiyalanadigan dastlabki bayti:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, 
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi. (N.)
Matla’ning husni matla’ (q) turi ham bor. 


63 
Metafora - gr. «metafhora - ko‘chirish» so‘zidan. Narsa – predmet o‘rtasidagi 
o‘xshashlikka asoslangan badiiy tasvir vositasi. (misol) Mumtoz she’riyatda istiora (q) deb 
yuritiladi. 
Metonimiya – gr. «metonomadio – qayta nomlash» so‘zidan. Ikki tushuncha orasidagi 
yaqinlikka, aloqadorlikka asoslangan badiiy tasvir vositasi: 
Fuzuliyni oldim qo‘limga, 
Majnun bo‘lib yio‘lab qichqirdi. (E. V.)
Mif – gr. «mythos – so‘z, rivoyat» so‘zidan. Qadimgi kishilarning koinot, tabiat 
hodisalarining mohiyati, paydo bo‘lish sabablarini tushunmasliklari natijasida shu hodisalar, 
xudolar va afsonaviy qahramonlar to‘g‘risidagi aqida va xayollarini bayon qiluvchi xalq og‘zaki 
ijodi namunasi. M. «Husn bilan oy» mifi. 
Mistika - yunoncha so‘z bo‘lib, sirli – sehrli degan ma’noni anglatadi. 
Monolog – gr. «monos – bir va logos – so‘z, nutq» so‘zlaridan. Badiiy asar 
qahramonlarining o‘z – o‘ziga yoki o‘zgalarga qaratilgan nutqi. (misol) 
Muammo – ar. «ma’nosi bekitilgan, ko‘r qilingan» so‘zidan. SHe’riy san’at. Muallif 
baytda u yoki bu ismni yashirib, uni topish uchun turli ishoralar qiladi. M.:
Majlista shayx bu kecha ko‘p shayn ayladi, 
Sindurdi sham’u nuqlni havz ichra tashladi. (N.)
Alisher Navoiy muammo san’atiga oid «Risolai muammo» nomli risola ham bitgan. 
Munojat – ar. «iltijo, yolvorish» so‘zidan. Mumtoz adabiyotda masnaviy asarlarning 
an’anaviy kirish qismida hamddan (q) keyin, na’tdan (q) oldin keladigan qism bo‘lib, unda 
Ollohdan najot tilanadi, tavba va iltijo qilinadi. Ba’zan mustaqil asar sifatida ham e’tirof 
qilinadi. M.: Alisher Navoiyning «Munojot» asari. 
Munozara – ar. «tortishuv» so‘zidan. Turli narsa – predmetlarning bahslashuvi
tortishuvi tarzida yoziladigan badiiy asar. Nasrda ham, nazmda ham yoziladi. M.: «Qish bilan 
Yoz munozarasi», «Bang va CHog‘ir munozarasi». 
Murabba’ – ar. «to‘rtlik» so‘zidan. Har bandi to‘rt misradan iborat she’riy janr. 
Qofiyasi: a-a-a-a, b-b-b-a, v-v-v-a va h.q tartibida. mumtoz adabiyotda Mashrab ijodida 
murabba’ janridagi shn’rlar ko‘p uchraydi. 
Musabba’ – ar. “yettilik” so‘zidan. Har bandi yetti misradan iborat she’riy janr. 
Qofiyasi: a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-a va h.k. tartibida. 
Musaddas – ar. «oltilik» so‘zidan. Har bandi olti misradan iborat she’riy janr. Qofiyasi: 
a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-a va h.k. tartibida. 


64 
Musamman – ar. «sakkizlik» so‘zidan. Har bandi sakkiz misradan iborat she’riy janr. 
Qofiyasi: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-a yoki a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a-a, 
v-v-v-v-v-v-a-a va h.k. tartibda. 
Mustasne’ yoki tasne’ - ar. «to‘qqizlik» so‘zidan. Har bandi to‘qqiz misradan iborat 
she’riy janr. Qofiyasi: a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-v-a yoki a-a-a-a-a-a-a-
a-a, b-b-b-b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-v-v-v-a-a va h.k. tartibda. 
Muvashshah – ar. «bezatilgan, ziynatlangan» so‘zidan. SHe’riy san’at. SHe’rning har 
bayti yoki misrasi boshidagi harflar yio‘indisidan biror shaxs ismi hosil bo‘ladi: (misol) 
Muxammas – ar. «beshlik» so‘zidan. Har bandi besh misradan iborat she’riy janr. 
Qofiyasi: a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, v-v-v-v-a va h.k. tartibida. 
Muаshshаr yoki mаshru’ - ar. «o‘nlik» so‘zidan. Har bandi o‘n misradan iborat she’riy 
janr. Qofiyasi: a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-v-v-a yoki a-a-a-a-a-a-a-
a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-v-v-v-v-a-a va h.k. tartibda.
Mа’shuqа (yor) – Tasavvufiy atama. Аllоh yoki pаyo‘аmbаr yoxud pir (ustоz), do‘st 
mа’nоsidа. 
Mаjоziy ishq - Tasavvufiy atama. Оllоh tоmоnidаn yarаtilgаn bаrchа nаrsаgа: insоngа vа 
butun bоrliqqа nisbаtаn muhаbbаt tuyg‘usi. 
Mаy, shаrоb – Tasavvufiy atama. Ishqni ifodalaydigan istilоhlаr. Mаy, shаrоb, bоdа, 
chоo‘ir so‘zlаrini muаllif ilmiy yoki umumаn nаsriy аsаrlаridа ishlаtsа, uni аynаn spirtli 
ichimlik dеb hisоblаsh shаrt. 
Mаyxоnа (butxоnа, xаrоbоt) - Tasavvufiy atama. Pir dаrgоhi. 
Nazira – ar. «o‘xshash narsa» so‘zidan. O‘tmish yoki zamondosh shoirlarning asarlariga 
o‘xshatma, javob tariqasida yaratilgan she’riy asar. Tatabbu’ (q) deb ham yuritiladi. 
Noma – ar. «maktub, xat» so‘zidan. O‘zbek mumtoz adabiyotining she’riy janrlaidan 
biri. Maktub shaklida yoziladigan she’riy asar. Bu janrda yozilgan dastlabki asar Xorazmiyning 
«Muhabbatnoma» asaridir. 
O‘xshamish - tashbeh unsurlaridan biri bo‘lib, tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki 
tushunchani anglatuvchi atama. M.: “Yuzing go‘zallikda gul kabidir” deyilganda yuz gulga 
o‘xshatilgan. O‘xshamish: yuz. 
O‘xshatilmish - tashbeh unsurlaridan biri bo‘lib, tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki 
tushunchani anglatuvchi atama. M.: “Yuzing go‘zallikda gul kabidir” deyilganda yuz gulga 
o‘xshatilgan. O‘xshatilmish: gul. 
 
Och qofiya yoki to‘liqsiz qofiya – qofiyadosh so‘zlarning tovush tarkibining isman mos 
kelishi. M.: “tutun - Alovuddin”.  


65 
Pafos – gr. «pathos – ehtiros, hisssiyot» so‘zidan. Adabiyotshunoslikka notiqlik 
san’atidan o‘tgan bo‘lib, ijodkorning butun asarga singib ketgan ehtirosini ifodalaydigan atama. 
Peyzaj – fr. « ... mamlakat, joy» so‘zidan. Badiiy asarda aks ettirilgan joy, tabiat tasviri 
bo‘lib, asar kompozitsiyasining (q) muhim tarkibiy qismidir. 
Pir (murshid) - So‘fiy tаriqаtdа qo‘l bеrgan ustoz. Tasavvufiy atama. Qo‘l bеrish – 
pоklаnish dеmаkdir. 
Poetika - so‘zi yunoncha bo‘lib, san’at, badiiyat ma’nosini anglatadi. 
Qasida – ar. «maqsad, niyat» so‘zidan. G‘azal usulida qofiyalanadigan, odatda, tarixiy 
shaxslar, muhim tarixiy voqealar, shuningdek, tabiat hodisalariga bag‘ishlab yoziladigan she’riy 
janr. M. Yusuf Xos Hojibning «Bahor madhi» qasidasi. Qasida bir necha turga bo‘linadi.
Qissa – ar. «hikoyat, afsona, sarguzasht» so‘zidan. Nasriy janr. Dastlab xalq orasida 
rivoyat usulida keng tarqalgan nasriy asarlarga qissa atamasi qo‘llangan. M. «Qissai Mashrab». 
Keyinchalik hajman hikoyadan katta, romandan kichik nasriy asarga nisbatan qissa deb 
yuritiladi. M.: «Sinchalak». 
Qit’a – ar. «parcha, bo‘lak» so‘zidan. Juft misralari o‘zaro qofiyalanadigan, kamida ikki 
baytdan iborat she’riy janr: 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling