Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/54
Sana04.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1325481
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi

GLOSSARIY 
Adabiyot – ar. «adab» so‘zidan. Keng va tor ma’noda qo‘llanadi. Keng ma’noda barcha 
kitob turlari, gazeta va jurnallar. Tor ma’noda badiiy adabiyot, badiiy asarlar. Badiiy adabiyot 
qaysi xalqqa mansubligiga ko‘ra «O‘zbek adabiyoti», «Arab adabiyoti», va h.k.larga bo‘linadi. 
Badiiy adabiyot yaratilish davriga qarab qadimgi adabiyot, hozirgi adabiyot yoki aniq tarixiy 
davr hamda xalqqa bog‘lab yuritiladi. M.: XV asr o‘zbek adabiyoti, milliy uyg‘onish davri 
o‘zbek adabiyoti, istiqlol davri o‘zbek adabiyoti. 
Aruz – arab, fors – tojik va turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar she’riyatidagi asosiy 
vazn turi – she’r sistemasi bo‘lib, hijo (bo‘o‘in) larning miqdori va sifati (cho‘ziq - qisqa) ga 
asoslanadi. 
Asos – tashbeh unsurlaridan biri bo‘lib, nimaga ko‘ra o‘xshatishning yuzaga 
chiqqanligini anglatuvchi atama. M.: “Yuzing go‘zallikda gul kabidir” deyilganda yuz gulga 
o‘xshatilgan. Asos: go‘zallikda 
Bahr – ar. «dengiz, ummon» so‘zidan. Aruz vaznida ruknlar takroridan hosil bo‘ladigan 
vazn nomi. Jami 19 (Boburning «Muxtasar» asarida 21) bahr mavjud. Bular: mutaqorib, 
mutadorik, hazaj, ramal, rajaz, komil, xafif, mujtass, munsarih, tavil, sari’, muzori’, vofir. 
Muqtazab, madid, basit, qarib, mushokil, g‘arib, ariz, amiq. Keyingi 9 tasi o‘zbek she’riyatida 
mutlaqo qo‘llanilmagan. 


59 
Band – gr. «strofe - burilish», ar. «» so‘zlaridan. Nisbiy tugal mazmunni ifodalovchi
umumiy qofiyalanish tartibiga, yagona umumiy ohangga ega bo‘lgan she’r bo‘lagi. Band turli 
she’riy janrlarda turlicha bo‘ladi. G‘azalda (q) bir bayt, ruboiy (q) va tuyuqda (q) shu asarning 
o‘zi, murabba’da (q) 4 misra, muxammasda (q) 5 misra, musaddasda (q) 6 misra bir band 
hisoblanadi va h.k.
Barmoq – turkiy xalqlar she’riyatida keng tarqalgan vazn turi. Misralarda bo‘o‘inlarning 
miqdoriga asoslanadi. 5, 6, 7, 9, 11 bo‘o‘inli misralar ko‘p qo‘llanadi.
Ser-qu-yosh hur o‘l-kam, el-ga baxt – na- jot, (11 bo‘o‘in)
Sen o‘-zing do‘st-lar-ga yo‘l-dosh, meh-ri-bon. (11bo‘o‘in). 
(“O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi”dan) 
Bayt – ar. «uy» so‘zidan. Arab, fors – tojik va turkiy she’riyatda ikki misra she’rni 
ifodalovchi atama. 
Bo‘sа – Tasavvufiy atama. Oshiqning yor visоlidаn bаhrаmаndligidir. 
Bеgоnа bаyt – mаqtа’dаn оldingi bаyt. 
Devon – sharq mumtoz shoirlarining o‘zi yoki maxsus kotib tomonidan arab alifbosida 
tartib berilgan she’rlar to‘plami. SHe’rlar misradagi so‘nggi harfga ko‘ra joylashtirilgan. Alisher 
Navoiyning «Xazoyinul maoniy», Ogahiyning «Ta’viz ul oshiqin» devonlari devon tartib 
qilishning eng yuksak namunalari hisoblanadi. Devonga dastlab g‘azal kiritiladi. 
Dialog – gr. «dialogos – ikki kishi o‘rtasidagi so‘zlashuv» so‘zidan. Ikki yoki undan 
ortiq shaxs orasidagi suhbat, nutq shakllaridan biri:
Dedi: «Qaydinsen, ey majnuni gumrah?»
Dedi:«Majnun vatandin qayda ogah?». (Navoiy) 
Didaktik adabiyot – q. Pand – nasihat adabiyoti. 
Doston – f. sharq xalqlari og‘zaki adabiyotidagi katta hajmga ega liro – epik asar. 
Dostonlar erkin band tuzilishiga ega bo‘ladi. M.: «Alpomish» dostoni. O‘zbek mumtoz 
adabiyotida masnaviy (q) shaklida yozilgan katta hajmdagi asar ham doston deb yuritiladi. M.: 
«Xamsa» dostonlari. Yangi davr adabiyotida «doston» atamasi «poema» (q) atamasi bilan 
sinonim sifatida ishlatiladi. 
Dubaytiy – f. «du» va ar. «bayt» - juft bayt so‘zidan. Ikki bayt, to‘rt misradan iborat 
mustaqil she’riy asar. Manbalarda ruboiy (q) so‘zining sinonimi sifatida qo‘llanadi. Asosan 
ishqiy mavzularda yozilgan. 
Dunyo – Tasavvufiy atama. so‘fiylаr nаzdidа nаfsоniy xuruj, shаytоniy istаklаr 
jаmlаngаn vоqеlik. 


60 
G‘azal – ar. «ayollarga bo‘lgan muhabbat» so‘zidan. SHe’riy janr. Juft misralarigina 
matla’ bayt bilan o‘zaro qofiyalanadi. G‘azal kamida 3 baytdan iborat bo‘ladi. Uning bir necha 
turlari mavjud.
G‘uluv – a. “haddan oshish, chegaradan oshish” so‘zidan. SHe’riy san’at. 
Mubolag‘aning alohida turi bo‘lib, aqlan ishonib bo‘lmaydigan, hayotda ham yuz berishi 
mumkin bo‘lmaydigan tasvirlash usulidir:

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling