Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/54
Sana04.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1325481
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi

Adabiyotlar: 
1. Sirojiddinov Sh. Yusupova D. Davlatov O. Navoiyshunoslik. Darslik. – T.: “Tamaddun”, 
2018. – 518 b. 
2. Авазназаров О. “Сабъаи сайёр” достонида бадиий туш ва сафар уйғунлиги. // Алишер 
Навоий ижодий меросининг умумбашарият маънавий-маърифий тараққиётидаги ўрни: IV 
анъанавий халқаро конференция. 3-4-ноябрь 2021. – Навоий шаҳри. – Б.102-105. 
3. Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Т.: Ғафур Ғулом, 1991. – 192 б. 
4. Комилов Н. Хизр чашмаси. – Т.: Маънавият. – 320 б. 
5. Мадаев О. Навоий суҳбатлари. – Т.: Маънавият. – 248 б. 
6. Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at. 1-2-jildlar /Mas’ul muharrir Sh.Sirojiddinov. – T.: Sharq, 
2016. 
Internet saytlari 
7. 
www.ziyo-net.uz
 
8. 
www.literature.uz
 
9. 
www.kutubxona.uz 
 
9-ma’ruza: “Saddi Iskandariy” dostonini sharhlab o‘qitish. 
Reja: 
1. “Saddi Iskandariy”ning tadqiq tarixi. 
2. “Saddi Iskandariy” dostonida badiiy tush talqinlari. 
Saddi Iskandariyda badiiy tush funksiyalari. Asar motivi syujetda voqealarning rivojini 
ta’minlashda harakatlantiruvchi vazifasini bajaradi. Tush shunday motivlardan biridir.
“Dostonlarda tushlarni kimlar, qaysi holatda ko‘rishlaridan qat’iy nazar, doston syujeti 
va voqealar bayoniga aloqadorligiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: 


48 
1. Butun asar davomida o‘z tasdig‘ini topib boruvchi, qahramonlar hayoti va taqdirini 
deyarli to‘la qamrab oluvchi tushlar; 
2. Syujet halqalarining ma’lum bo‘g‘inlari, qahramonlar hayotining u yoki bu davriga 
taalluqli tushlar” [Eshonqulov 2011:162]. 
“Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llangan tushlar ikkinchi guruhga mansub tushlardir. Bu 
guruhga mansub tushlar asar strukturasiga juda katta ta’sir ko‘rsatmasa-da, syujetning ma’lum 
halqalarini bog‘lashda katta ahamiyatga ega.
“Saddi Iskandariy”da tush motivining o‘rnini aniqlashda, avvalo, dostonning 
kompozitsion qurilishiga e’tibor qaratish joiz. Navoiy asardagi har 4 bob(nazariy muqaddima, 
hikoya, Iskandarning savoliga Arastuning javobi, Iskandarning sarguzashtiga doir biror 
epizod)ni bir bo‘limga birlashtiradi. Shu zaylda dostonning asosiy qismlarini tashkil qilgan XVI 
– LXXX oralig‘idagi boblar 16 bo‘limga birikadi. Ana shunday bo‘limlardan uchtasida tushdan 
foydalaniladi va bu motiv o‘sha bo‘limlar tarkibidagi to‘rtta bobning o‘zaro g‘oyaviy jipsligini 
ta’minlaydi. 
XX–XXIII boblarni birlashtirgan bo‘limga Mahmud hikoyati (XXI bob) kiritilgan. 
Hikoyatda Mahmud g‘oziy yorug‘ dunyoni tark etgach, bir tun o‘g‘li Mas’ud uni tushida 
ko‘radi. Otasini go‘zal manzara ichida ko‘rgach, unga “podshohlik davrida qanday ishlar qilgan 
edingki, bunday baxtga sazovor bo‘lding?” deb savol beradi. Mahmud bular bir kampirga 
qilgan adolati evaziga Ollohning unga ko‘rsatgan in’omi ekanini aytib, o‘g‘liga shunday pand 
qiladi: 
Agar adl olamda tutmas vujud,
Pushaymonlig‘ etmas bu olamda sud. 
Sangakim bu soat erur dastras
Bu ish kasbidin tinmag‘il bir nafas [Navoiy 2011:110]. 
Mas’ud uyqusidan uyg‘onganda, xotiri turli qayg‘ulardan forig‘ bo‘lgan edi. U otasining 
aytganlaridan xulosa chiqarib, o‘ziga adolat yo‘li – to‘g‘ri va haq yo‘lni tanladi. 
Adolat Ollohning Al-Adl sifatini tamsil etuvchi ilohiy tushuncha bo‘lgani sababli 
Navoiy uning ta’rifiga jiddiy yondashadi. Yuqoridagi nuqtada tush adolatning ilohiy tushuncha 
ekanini ko‘rsatadigan vosita sifatida maydonga keladi. Chunki payg‘ambar, valiylar ko‘rgan 
tushlarga ilohiy mujda sifatida qaralgan.
Navbatdagi bo‘limda Iskandar bilan Doro o‘rtasidagi ixtiloflarning harbiy to‘qnashuvga 
aylanib ketishi, Iskandarning g‘alabasi va Doroning mag‘lubiyati tasvirlanadi. Bo‘limning 
birinchi bobida (XXIV bob) shoir muxolifatni qattiq qoralaydi. XXIV bobdagi mulohazalarini 
XXV bobdagi “Iki jahondor muxolafatidin jahon ahli xirmanig‘a balo barqi yetgani va iki yor 
muvofaqatidin ul tutashqon o‘tqa rahmat yomg‘uri yog‘ib, shu’lasin past etgani” nomli 
hikoyatda mustahkamlaydi. Hikoyatga ko‘ra, Chingizxon va Xorazmshoh bir-biri bilan qattiq 
adovatga boradilar, Chingiz zafar topib, Xorazmshoh yurtini yakson, odamlarini qatli om qiladi, 
“Jabborliq bahrida qahhorliq mavj uradi”. 
Shunday vaziyatda Shom mamlakatida bir voqea yuz beradi. Do‘stlik fazilatiga ega 
bo‘lgan ikki o‘rtoq bir kofirga asir tushib, jonlaridan umidlarini uzadilar. Zolim bularning har 
ikkisini qatl etmoqchi edi. Bularning har biri do‘sti uchun qayg‘urib, “avval meni o‘ldir!” – deb 
yalinadi. Bu voqelik Chingizxonning tushiga kiradi: 
Bular har bir – ul bir uchun qayg‘uda,
Bu holatda Chingiz emish uyquda. 


49 
Tushiga kirar bu ikki yor ishi
Muni ko‘rgach aytur anga bir kishi 
Ki: “Kechgil xaloyiqqa ozordin,
Vafo o‘rgan ushbu iki yordin. 
Sanga kinavar bo‘lsa Xorazmshoh, 
Ul ishtin jahon ahlig‘a ne gunoh?” [Navoiy 2011:142]. 
Tush vositasida ilohiy xabar kelgach, Chingizxon butun bir xaloyiqqa omonlik beradi. 
Demak, tushning ilohiyligini hisobga olgan Navoiy “Saddi Iskandariy”da o‘zining didaktik 
g‘oyalariga urg‘u berishda undan mahorat bilan foydalangan. XXIV – XXVI boblarda shoh 
muxolifatga bormasligi uqtiriladi. XXVII bobda muxolifatning ofat keltirishi Doro fojeasi 
misolida ko‘rsatib beriladi. 
Demak, har bir bo‘limga kirgan to‘rtta bobning birinchisi (nazariy muqaddima) va 
ikkinchisi(hikoyat)da Navoiyning ideal shoh bilishi va amal qilishi lozim bo‘lgan fikr (nazariy 
muqaddima) – isbot (hikoyat) dialektidagi qarashlari keltiriladi. Uchinchi bobda Iskandar 
Arastudan so‘ragan savollari avvalgi ikki bobdagi qarashlar bilan muvofiq keladi hamda 
Arastuning bergan javoblari Navoiy qarashlarining to‘g‘ri ekanligini yana bir bor dalillashga 
xizmat qiladi. To‘rtinchi bobda esa yuqoridagi pandlarning to‘g‘riligi o‘zining amaliy isbotini 
topadi, ya’ni bu pandlarga amal qilgan Iskandar yurishlarini muvaffaqiyatli davom ettiradi. 
Dostonda asosiy voqealarni tashkil qilgan barcha boblar xuddi shunday – “Fikr (fikr-isbot) – 
Isbot (fikr-isbot)” ko‘rinishida (bu “fikr-isbot-isbot-isbot” shaklida o‘zgartirilsa ham mohiyat 
o‘zgarmaydi) birlashtiriladi. 
Tush motivi yuqoridagi ikki bo‘limda ikkinchi, ya’ni hikoyat boblar tarkibida keladi. 
Dostonning XLIV – XLVIII boblarini mazmunan birlashtirgan quyidagi bo‘limda esa bunday 
yo‘nalish biroz o‘zgaradi. Bu bo‘limda tush Navoiyning nazariy qarashlaridan to‘rtinchi bobga 
– Iskandarning o‘ziga ko‘chadi. Bundan tashqari, mazkur bo‘lim boshqalaridan farqli ravishda 
beshta bobni o‘zida birlashtirgan yagona bo‘limdir. Quyida bu ikki o‘zgarishning sababini 
aniqlashga harakat qilamiz. 
Avvalo, tush bilan bog‘liq birinchi o‘zgarish haqida. XLIV bobda afv va karam haqida 
nazariy muqaddima beriladi. XLV bobda qaroqchilarga duch kelib bor mol-u mulkidan hamda 
o‘g‘lidan ajralib qolgan bir savdogar qilgan karam-u saxovati evaziga Olloh tomonidan 
mukofotlanadi. O‘g‘liga va avvalgi boyligidanda ko‘p boylikka ega bo‘ladi. XLVI bobdagi 
hikmatda Iskandar va Arastuning karam va saxovat, ezgulik haqidagi savol-javobi aks ettiriladi. 
Yuqoridagi uchta bobda karam va saxovatning foydasi, kishi birovga yaxshilik qilsa, albatta, 
o‘ziga yaxshilik qaytishi haqida qarashlar bayon qilinadi va Iskandar kelgusi jang oldidan mana 
shu ruhda tarbiyalanadi. XLVII bobda voqelik jang maydoniga ko‘chadi. Iskandar Hind 
mulkidan chiqib, Chin kishvariga kiradi. 
Asarning ana shu o‘rniga chuqurroq e’tibor qaratish lozim. Chunki ayni shu o‘rinda 
Iskandarning oldida ikki yo‘l paydo bo‘ladi: 
a) aql yo‘li, 
b) tuyg‘u yo‘li.
Arastu Iskandarga himmat va adolatning ulug‘ ne’matlar ekanligi, muxolifatning zarari, 
karam va saxovatning foydasi kabi kamolotga yetkazuvchi fikrlarni uqtiradi. Bergan pandlari 
orqali shoh ruhiyatidagi Ollohga bo‘lgan e’tiqodni mustahkamlashga harakat qiladi. Bu yerda 
Navoiy va Arastuning qilingan har bir yaxshi amal uchun Ollohdan mukofot va yomon amal 


50 
uchun jazo borligi (buni savdogarning karam va saxovati uchun Olloh tomonidan 
mukofotlanishida kuzatish mumkin) haqidagi qarashlari uyg‘unlashib ketadi. Shu tariqa shoh 
fikran ilohiyot bilan bog‘lanadi. Bu g‘ayb bilan bilvosita bog‘lanishdir. XLIV bobdagi nazariy 
muqaddima, XLV bobdagi hikoyat va XLVI bobdagi savol-javob mana shu bog‘liqlikni hosil 
qilgan. Lekin bilvosita bog‘lanish orqali shoh mukammal bo‘lolmaydi. Bu fikrning isboti 
sifatida XLVII bobda Iskandar huzuriga kelgan Chin xoqoni elchisining sulhga erisholmaganini 
ko‘rsatish mumkin. Aql ishiga ko‘ra endi jang bo‘lishi muqarrar.
Demak, shoh g‘ayb bilan bevosita ham bog‘lanishi lozim. Qanday qilib, degan savol 
tug‘iladi. Bu o‘rinda tush yordamga keladi. Endi Navoiy tush vositasida Iskandarni tuyg‘u 
yo‘liga soladi. “Karomatli tushlarga sabab, – deydi Imom G‘azzoliy, – uyquda g‘ayb tajalli 
etadi. Tushda kishi hissiyotga bo‘ysunadi, uyg‘onganda esa hissiyotga e’tibor bermaydi, aqlga 
bo‘ysunadi” [Eshonqulov 2011:38].
XLVIII bobda xoqon yashirin tarzda Iskandar huzuriga keladi. Chin xoqoni tashrifidan 
avval xoqonning kelishi Iskandarga tushida ayon bo‘ladi: 
Ravon shahg‘a arz ettilar bu maqol 
Ki: “Kelmish rasuli humoyun jamol. 
Boshidin-oyog‘ig‘acha farru hush, 
Bashar surati ichra kelgan surush”. 
Skandar dedi: “Aylabon ehtirom, 
Anga taxtim ollinda aylang maqom 
Ki, bu kecha bir tush ko‘rubmen g‘arib, 
Bu gar bo‘lsa ta’biri ermas ajib: 
“Quyosh chamanga tushta anvor edi, 
Yana bir quyosh ham padidor edi. 
Kelibon qo‘yar erdi ollimda bosh, 
Kishi ko‘rmamish mundoq iki quyosh [Navoiy 2011:110]. 
Quyoshdek bir kishi kelib uning oldida bosh egishi Iskandarga tushida ayon bo‘ladi va 
bu ertasi kuniyoq amalda o‘z aksini topadi. Elchini yuqori kayfiyatda kutib olishi, u bilan sulh 
tuzishi, mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishi, hattoki xoqonga “Iki dahr aro sen ato, men o‘g‘ul” 
deya bosh egishini Iskandarning g‘aybdan bo‘lgan bashoratga amal qilishi, deb qarash lozim. 
G‘ayb bilan bevosita aloqa qilgach, huzuriga kelgan ikkinchi elchi bilan sulhga erishadi. Qon 
to‘kishga hojat qolmaydi.
Agar shoh aql yo‘li bilan sulhga erishganida, asardagi voqelik o‘zani o‘zgarib ketgan 
bo‘lardi. Bu yerda shoh uchun dunyoviy ilm ham, g‘ayb ilmi ham birdek zarurligi, bular
shohning ikki qanoti ekanligi uqtiriladi. Ikkalasi baravar olib borilganda shoh mukammallikka, 
komillikka erishadi. G‘ayb ilmi esa yuksak ma’naviyat, pok qalb sohiblariga nasib qiladi.
Ollohning borliqni yaratishdan maqsadi – o‘z aksini ko‘rish. Olloh jilva qiladigan ko‘zgu esa 
kishilarning pok qalbidir. Rahmoniy tushlar – pok ko‘ngillarda Ollohning jilvalanishidir. 
Buning uchun, albatta, kishining qalbi pok, ma’naviyati yuksak bo‘lishi kerak. Imom G‘azzoliy: 
“Ma’naviyat sohiblari g‘ayb ko‘zi ila ko‘ra oladi. Ba’zan unga vahiy tarzida, ba’zan unga tush 
tarzida ayon bo‘ladi. Inson agar ma’nan bir olamga yuksalsa, yerda turib haqiqatni ko‘radi va 
mohiyatni anglaydi. To‘g‘ri tush payg‘ambarlikning qirq olti juz’idan biridir. Bu holat ham eng 
yuksak ma’naviyatning darajalaridan biridir”, – deydi [Eshonqulov 2011:37]. Demak, Navoiy 
tush vositasida Iskandarning ideal shoh ekanligini yana bir karra isbotlab beradi. 


51 
Endi ikkinchi o‘zgarish. Iskandarning aynan afv-u karam ta’rifidagi bo‘limda tush 
ko‘rib, g‘ayb bilan bog‘lanishi bejiz emas. Chunki Navoiy dostonning ikkinchi bobidayoq 
karam haqida chuqur to‘xtalib, uning Ollohning sifatlaridan ekanligini ta’rif qiladi. Shu sababli 
shoir mazkur tushuncha mohiyatini yanada kengroq ochib berish taqozosi bilan uning ta’rifiga 
ikkinchi marta to‘xtalgan va noan’anaviy ravishda beshta bobni bitta bo‘limga birlashtirgan.
Yuqoridagi uchta bo‘limda ham podshohlar (Mas’ud, Chingizxon, Iskandar) tush 
vositasida g‘ayb bilan bog‘lanadi, homiy ruh ko‘rsatmasi bilan to‘g‘ri yo‘lni anglay boradi. Shu 
sababli, bu uchala bo‘lim zohiran bir-biridan ayro ko‘rinsa-da, ularni mazmunan bitta halqaga 
birlashtirsa bo‘ladi. Asarda qo‘llangan tush motivini tadqiq qilish davomida Navoiy asar 
strukturasi ustida o‘ta noziklik va mukammallik bilan ishlaganligiga amin bo‘lamiz. Dostonning 
boshqa bo‘limlaridagi bunday bog‘lanishni aniqlash alohida tadqiqot ishini talab qiladi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling