Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik
Download 1,73 Mb. Pdf ko'rish
|
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi
Z in garmii xurshed birast, on, ki, panoh soxt,
Zilli sharafi royati Jamslicdi zanionro (27-bayt). (Mazmuni: Quyoshning taftidan panoh izlovchi kishi, (uni) zamona Jamshidi tug‘i soyasining sharofatidan topqusidir). Madhda shohning adolati, saxovati, do‘stlarga mehri-yu, dushmanlarga qabri bayon qilinadi. Qasidaning qasd qismi (xotima) olti baytdan iborat bo‘lib, unda muallif o‘zining faqir va gunohkor ekanligini ta’kidlaydi hamda shohning lutf-u inoyatiga umid bildiradi. Qasida hazaj bahrining eng o‘ynoqi vazni hisoblangan hazaji musammani axrabi rnakfufi mahzuf vazni (ruknlari va taqti’i: maf’ulu mafoiylu mafoiylu fauvlun - - V/V - - V/V - - V/V - -)da yozilgan. Bu vazn rubiyat tasviri bayonidan ko‘ra ko‘proq jismoniy: yengil va shaxdam harakat, sbo‘xcban kayfiyat bayoniga mos keladi. Har ikki cho‘ziq bo‘g‘indan keyin ikki qisqa bo‘g‘inning yon- ma-yon kelishi ritmga o‘ynoqilik bag‘isblaydi. Va shunga mos holda mazkur qasidada yozning insonga ko‘proq jismoniy ta’si- ri ko‘rsatilganligini, har bir baytda saraton jaziramasi aynan inson a’zoi badaniga (ruhiyatiga emas) ta’sir qilayotganligini kuzatish mumkin. Majmuada “Xazon” (“Kuz”) fasli ta’rifi boshlanishi bilan undagi she’riy o‘lchov ham o‘zgaradi: Digar shud bahri sanjidan barobar adli davronro, Zi kofo‘ri zi mushk ro‘zu shab du pulla mczonro (Mazmuni: Davron adolatini o‘lcliash mezonlari o‘zgardi, tarozuning bir pallasida (kunduzning ramzi) kofur, ikkinchisida (kcchaning timsoli) mushk tortiladigan bo‘ldi). “Saraton”da qo‘llanilgan o‘ynoqi vaznning o‘rnini endi sa lobatli va sokin ohangga ega boTgan hazaji musammani sohm vazni (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V / V / V / V ) egallaydi. Cho‘ziq bo‘g‘inlar nisbatining qisqa bo‘g‘inlardan 3 baravar ko p ig 1 line vazmin cbiqisluni ta’minlnydi. Aynan slninga mos 33 baytdan iborat bu qasidada 19 rubiyat tasviri, ta’bir joiz kuzga xos o‘ychanlik, mabzunlik yetakchilik qiladi. “Xazon” mazmuniga ko‘ra vasf qasida hisoblanadi.’ Xazon a kuz faslining go‘zal manzarasi tasvirlangan bo lib, turkumdag boshqa qasidalardan farqli ravishda unda Ilusayn Boyqaro mad keltirdmngan, shuningdek, Navoiyning boshqa qasidalandan farq qilib, “Xazon” tuzilisluga ko‘ra to‘liq qasida emas (qa da unsurlarining barcbasi isbtirok etmagan). Uning nnijarrnd sbaklga ega ekanligi va Husayn Boyqaro siymosi keltirilmaganligiga yo qasidaning matni to‘liq yetib kelmagan yoki Navoiy kuzga xos mahzunlikni Husayn Boyqaro siymosiga ko chirishm istamaganligi sabab bo‘lishi mumkin. “Bahor” qasidasida keltirilgan quyidagi bayt bu holat izohiga asos bo‘la oladi: Agar xohy bahori bexazon biny, varo bingar, Bahoristoni xalqi xusravi Eronu Turonro... (Mazmuni: Agar bexazon bahorni ko‘rishni istasang. uni ko‘rgil - Eron-u Turon podshohi xalqining bahoristonini). “Xazon”da kuz manzarasi sariq rang tasviri bilan uyg‘un liolatda keltirilgan, qasidada kuz faslidan kelib chiqqan holda sariqlik butun borliqqa: daraxt barglariga, ariq suviga, suh- batdoshlar ichmoqchi boTgan sharobga, oshiqning hijrondan azoblangan yuziga ko‘chganligi badiiy tasvir vositalari yordamida yuksak badiiyat bilan ifodalangan: Ba shoxoni shajar bingar, ki az bemorii mufrit, Ayon gardand har so‘ za’faroni rangi bo‘stonro. (Mazmuni: Daraxt slioxlariga qara, haddan ziyod xastalik - dan, qaysi tarafga nigoh tashlasang, hamma yoqdan daraxt- zorning za’faron (sariq) rangi ko‘zga tashlanadi). Qasida hazaji musammani solim (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V V VV ) vaznida yozilgan. Majmuaga “Bahor” kirib kelishi bilan unga xos yaratuvchanlik, yangilanish kayfiyati bam kirib keladi: Vazad bodi bahor ih’yoi amvoti gulistonro, Zi anfosi Maseho toza sozad olami jonro. (Mazmuni: Bahor shamolining esishi, guliston gullariga yangidan liayol bug‘lshlaydi, go‘yo M a si ho na fani dan jonlnr olamlni yangllaydi). Hajman 57 baytdan iborat ushbu cjasida mazmuniga ko‘ra vasf va madh xususiyutlarini o‘zida niujassamlashtiradi. Unda hahor fash tasviri bilan birga zaniona hukmdori Husayn Boyqaro madh qilinadi, uning ta’rif-u tavsifi keltiriladi. “Bahor” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida hisoblanadi. Nasibda qasidaning vasfi y xususiyatlari namoyon bo‘lndi: bahor fasliga xos go‘zalliklar tasvirlanadi. Gurizgoli (kirishdan asosiy qismga o‘tuvchi ko‘prik) 10-13-baytlarni o‘z ichiga olib, unda bahorning g‘animatligi, umr bahorining o‘tkinchiligi, inson hayotiga kuzning kelislii muqarrar ekanligi haqidagi mnsalalar qalamga olinadi. Madhda bahorga xos yaratuvchaulik, yangilanish Ilusayn Boyqaro tabiatiga uyg‘un tarzda tasvirlanadi, shohning saxovati hahor quyosluga, rahnulilligi bahor yomg‘iriga, janglardagi shijoati momaqaldiroq shovqiniga o‘xshatiladi: Turo bo on tavonoiuu zarbi teg‘i olamgir Dihad ro‘ olami digar, ki rczy ashhi g‘altonro. (Mazmuni: Shunchalar qudratingu olamni olishga qodir ti g‘ zarbang bilan, ajib yumshoqliging ham borki, bunday payt- larda ko‘z yosh to‘kasan). 20 “Bahor” shoh haqqiga qilingan duo va uning martabasi bahorining kuz shamolidan omon bo‘lishi, shavkat-u iqbolining benuqson bo‘lishi bilan bog‘liq niyatlar bilan yakunlanadi. Qasida hazaji musammani solim (afoyili va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V V V V ) vaznida yozilgan. Nihoyat majmua yil fasllarining oxiri bo‘lgan “Day” (“Qish”) tasviri bilan yakun topadi. Qasida hajman 70 baytdan iborat. “Day” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida bo‘lib, unda nasib (lirik kirish) kattagina qismni egallaydi. Aynan nasibda qasidaning vasfiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Unda qish fasli va unga xos go‘zal manzaralar vasf etiladi. “Day” quyidagi bayt bilan boshlanadi: Zi dargahi falak otash nuhuft dudi sahob, Daro ba xirgahu otash furo‘z az mai nob. Madh sultonning yuksak qalbi, saxovati, dushmanlarga siyosati, Janglardagi shijoatidan tasviri, sharob bazmlari tasviri bilan yakun topar ekan, bu tasvirlar qish faslidagi manzaraga parallel ravishda berib bonladi, so‘ng ikki bayt (qasd - xotima)da shoir Husayn Boyqaro bazmlariga favz-u quvvat tilaydi, javonmardlik va saxovat unga rning y hamroh bo‘lishiga niyat bildiradi. Navoiy ta’bin bilan inson umrining poyoniga o‘xshatilgan qish fasli “kishining xam qad bila adam yo‘lig‘a kirib, zamon ahli bilan xayirbod qilish” (“Xazoyin ul-maoniy” debochasi) davri bo‘lib, qasidada Foniy taxallusining qo‘llanilishi shunga ishoradir: Ba bo‘i vasl nihad ro‘ ba dargahat, Foniy, Chunon ki ahli ibodat ba go‘shai mehrob. (Mazmuni: Vasling bo‘yi umidida, Foniy dargoliingga yuzini qo‘yadi, bu ibodat alilining mehrob go‘shasiga bosh qo‘yishidek dir). Qasidada falsafiy mushohadakorlik bilan bog‘liq tuyg‘ularni berishga nihovatda mos bo‘lgan mujtass bahri (ruknlari va taqti’i: mafoilun failotun mafoilun fa’lun V - V - / V V /V - V - / )ning qo‘llanilganligi shoirning yuksak badiiy salohiyatini ko‘rsatuvchi yana bir omildir. Download 1,73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling