Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik
Reja: 1. Navoiy masnaviylari xususida
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi
Reja:
1. Navoiy masnaviylari xususida. 2. Shoir qasidalari talqinlari. Navoiy o‘zbek tilida bitta qasida (“Hiloliya”) yozgan bo‘lsa, forsiy tildagi qasidalari sanog‘i o‘ntaga boradi. “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida forsiy qasidalami nomma-nom tilga olib, ularning matla’ini keltiradi. Shoirning forsiy qasidalariga alohida ahamiyat berilishi bejiz emas: katta ijtimoiy-falsafiy ma’nolar, keng qamrovli xulosa va umumlashmalami ifodalaydigan qasidalar yozish ancha-muncha shoirning qo‘lidan kelmas edi. Shoirona mahorat va teran tafakkur, katta hayotiy tajriba va chuqur bilim, latif taxayyul va orifona jo‘shqin qalb sohibi bo‘lganligi hamda forsiy tilda falsafiy- irfoniy jihatdan vetuk qasidalar yaratganlar juda kamsonli b o‘lib, ulardan Xoqoniy Shervoniy “Xalloq ul-maoniy” (yangi ma’nolar yaratuvchi), Anvariy Abivardiy esa “qasida payg‘ambari” kabi yuksak unvonlarga sazovor bo‘lishgan. Navoiyning forsiy tildagi qasidalari ikki turkumga: “Sittai zaruriya” (“Olti zarurat”) va “Fusuli arbaa” (“To‘rt fasl”)ga ajratilgan. “Sittai zaruriya” olti qasidadan iborat bo‘lib. Alisher Navoiy ularning mavzusi haqida “Muhokamat ul-lug‘atayn”da shunday yozadi: “Bu oiti qasida hamd va na’t va sano va mav’izotdur va ahli tasavvuf va haqiqat tili bila nui’rifat”. “Sittai zaruriya”ning debochasiga ko‘ra. bu iurkum 1497-yilda tartib berilgan bo‘lib, uni tuzishga Navoiyni awal ustozi Jomiy, uning vafotiaan so‘ng esa Sulton Husayn Boyqaro ilhomlantirgan. Majmuadagi birinchi qasida “Ruh ul-quds” (“Muqaddas ruh”) deb atalib, 132 baytni o‘z ichiga oladi. Qasidaning yozilgan sanasi matn tarkibida ta’rix yo‘li bilan hijriy S95, milodiy 1491-yil deb ko‘rsatib o‘tilgan. Qasidada ilohiy tavhid: olamning yagonaligi, yagona abadiy va azaliy borliq, Yaratganning qudrat va azimati, zarradan 12 koinotgacha uning izmida ekanligi vahdat ul-vujud ta’limoti asosida talqin etilgan. Unda olam yaxligi holda yakka-yu yagona Parvardigor qudrati bilan yaratilganligi va ana shu Ruhi mutlaqning tajalliysi tufayli mavjudlik topishi va uzluksiz harakatda bo‘lishi ta’kidlangan. Qasida dasturiy muqaddimaviy xarakterga ega. Unda Alloh - olam aloqadorligining barcha sabablari ruhning olti quvvasi bilan bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi. “Ruh ul-quds” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida bo‘lib, mazmun-mohiyatiga ko‘ra uni shartli ravishda o‘n ikki qismg‘a ajratish mumkin. Birinchi qism nasib (kirish)dan iborat bo‘lib, 9 baytni o‘z ichiga oladi. Unda Ilohiy qudratga umumiy ta’rif beriladi. Qasida quyidagi bayt bilan boshlanadi: Zihy ba xomai qudrat musavviri asliyo, Hazor naqshi ajib har zamon az o‘ paydo. (Mazmuni: Ashyolarga surat beruvchi (Allohning) qudrat qalamiga tasannokim, Har zamon undan minglab ajoyib naqshlar paydo bo‘lgay). Hamdning “xomai qudrat” (qudrat qalami) iborasi bilan boshlanishi bejiz emas. Hadisda keltirilishicha, Muhammad alayhis-salomga nozil bo‘lgan ilk surada “O‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U insonga qalam bilan (yozishni) o‘rgatdi” mazmunidagi oyatlar bor (“Alaq” surasi, 3-4-oyatlar). “Musavvir” so‘zi ham Allohning go‘zal ismlaridan biri bo‘lib, dastlabki misradayoq Parvardigorning uch sifati — Ilmi, Qudrati va Yaratuvchanligi hamd etilgan. Ko‘rinadiki, shoirning so‘z tanlashi asl manba - Qur’oni karim oyatlari asosida bo‘lsa ham, qo‘llanilishida shoirona mahorat iymonli insonning kechinmalari va irfoniy dunyoqarash asoslari bilan omuxta bo‘lib, ajoyib so‘z san’ati namunasini vujudga keltirgan. “Ruh ul-quds”ning ikkinchi qismida (10-28-baytlar) aytilishicha, Alloh olamni yaratgach, odamni ham yaratdi va ulug‘ martaba berdi. Odam jismi mo‘jizaviy mukammal qilib yaratildi, odam jismining tuzilishi bilan olam tuzilishi orasida yaqinlik bor. Odamdagi har a’zo - asab, qon aylanishi, yurak, hissiy a’zolar barchasi Alloh qudrati mo‘jizasi, ammo bular orasida ikki narsa: aql va ko‘ngil insonni mumtoz etadigan ulug‘ mo‘jizalardir. Uchinchi qismdan Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling