Pedagogik mehnatni ratsional tashkil etish – bu pedagogning faoliyat davomida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vaqt imkoniyatlaridan ratsional foydalanish, faoliyatni ratsional rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish, mehnat qilish va dam olish uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishni o‘z ichiga oladigan aqliy va jismoniy faoliyati birligi hisoblanadi.
Mehnatni ratsional asosda tashkil etish tamoyillariga quyidagilar kiradi: pedagogik mehnatni rejalashtirish; tashkillashtirish; jarayonni boshqarish; nazorat qila olish.
Ta’lim muassasalarida ta’lim xizmati pedagogik mehnatni tashkil etish uchun bir qancha vazifalarning hammasini bir vaqtning o‘zida va bir-biriga bog‘liq holda kompleks hal qilish kerak. Iqtisodiy vazifalar negizida ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlash chora-tadbirlari yotadi. Lekin bu yo‘nalishda eng yuqori darajaga erishish uchun sog‘lom mehnat sharoiti va natijalaridan qoniqish hissini ta’minlash zarur bo‘ladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotning innovatsion sharoitida ta’lim muassasalarida pedagogik mehnatni tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Iqtisodiy vazifalar. Bularga pedagogik mehnat samaradorligini barcha chora- tadbirlar bilan oshirish, mehnat va moddiy resurslardan unumli foydalanish, ta’lim xizmatlari hajmini oshirish va sifatini yaxshilash kabilar kiradi.
Ijtimoiy vazifalar. Pedagogik xodimlarni mehnat samaradorligini har tomonlama rivojlantirish, mehnatning mazmundorligi, yoqimliligi, uni bajarish bosqich va tartiblarining oddiyligiga erishish, ijodiyligini, ularning ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirish, pedagogik mehnatni eng zarur hayotiy ehtiyojga aylantirib borish kabilar kiradi.
Salomatlik bilan bog‘liq vazifalarga pedagog xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, texnik xafsizligini ta’minlash, butun ish vaqti davomida me’yoriy ishlash qobiliyatini ta’minlash maqsadida har jihatdan (kompleks ravishda) ularning ijtimoiy sturukturasini, jinsini va yoshini yetarli darajada hisobga olib, yaxshilash kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |