Qarshi davlat universiteti djurayev olimjon narkulovich talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash metodikasini


-rasm. Talabalarda pedagogik mehnatni ratsional tashkil eta olish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni modeli


Download 2.33 Mb.
bet12/33
Sana19.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1786381
TuriReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
O. Джураев Avtorefarat 14.11.2023

2-rasm. Talabalarda pedagogik mehnatni ratsional tashkil eta olish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni modeli
Taklif etilgan modeldagi talabalarda pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish jarayonini amalga oshirish mexanizmi bu ish jarayonini rejalashtirish, ratsional tashkil etish hamda boshqarish, vaqtdan to‘g‘ri foydalana bilish, mehnat qilish va dam olish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishga o‘rgatish amaliyoti hisoblanadi.
Modellashtirish jarayonida foydalanilgan hamda ishlab chiqilgan metodika bir qator metodik modellarni, metodlarni, trening hamda strategiyalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur metod va strategiyalar talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etish asosida vaqtdan unumli foydalanish, jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish, salomatligini asrash, dam olish uchun vaqt va shart-sharoit ajratish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Talabalarni kelajakda pedagogik faoliyatni ratsional tashkil etishga tayyorlash jarayoni tadqiqot davomida belgilab olingan mezonlarga muvofiq ravishda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:





3-rasm. Talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish metodikasi yo‘nalishlari.

Birinchi yo‘nalishdagi vazifalarni amalga oshirish vaqtdan unumli foydalanishni nazarda tutadi. Vaqtdan ratsional foydalanish – “Taym-menejment”ga o‘rgatishda foydalaniladigan “SMART modeli” ustida to‘xtalib o‘tamiz.


SMART modeli” taym-menejmentda keng qo‘llaniladi va maqsadlarni aniqlashtirishdagi o‘rni bilan tavsiflanadi. Taym-menejment asosida maqsadni aniq qo‘yish jarayoni yotadi. Ya’ni, u quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Maqsad kutilayotgan natijaga muvofiq bo‘ladi. U, o‘z navbatida, progressiv – quvonch keltirishi, yangi ishlarga ruhlantirishi yoki faol harakatga undovchi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, regressiv – bosim o‘tkazishi, charchatishi, kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli maqsadni aniq va to‘g‘ri qo‘yish muhim hisoblanadi. Bu jarayonda SMART modeldan foydalanish yaxshi natija beradi.


Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling