Qarshi davlat universiteti fizika fakulteti
Download 254.77 Kb.
|
HAMDAMOVA SEVARA KVANT (2)
De-Broyl gipotezasi.
1919 De-Broyl jasur va uzoqqa boruvchi g’oyani olg’a suradi: yorug’lik kvantlari korpuskulyar-to’lqin dualizmiga ega bo’lar ekan,mikrozarra hisoblangan elektronga ham tebranish chastotasi va to’lqin uzunligi bo’lgan qandaydir to’lqin mos kelmog’i lozim bo’ladi. Yorug’lik kvantida ko’rganimizdek chastota zarra energiyasi bilan Plank formulasi orqali bog’langan bo’ladi. De-Broyl nisbiylik nazariyasi talablaridan kelib chiqib, zarra impulsi r ning uning to’lqin uzunligi orqali tenglik bilan ifodalanishini ko’rsatdi. De-Broylning bu munosabati alohida ahamiyatga ega. Birinchidan, bu munosabat korpuskulyar-to’lqin dualizmini qonunlashtirib beradi, chunki to’lqin uzunligi bilan xarakterlanuvchi har qanday to’lqin jarayon p impuls bilan harakat qiluvchi har qanday jismga mos kelar ekan, ikkinchidan, De-Broyl munosabati to’lqin xossalari qaysi hodisalar uchun muhim, qaysi birlari uchun muhim emasligini ko’rsatib beradi. Katta makroskopik obyektlar uchun impuls p katta qiymatga ega va ular uchun juda kichik , - obyekt o’lchami) bo’ladi, hamda bu jism to’lqin xossasini etiborga olmasa ham bo’ladi. Uchinchidan, munosabat Borning vodorod atomi orbitalarini kvantlovchi (2.1) formula ko’rgazmalilik beradi (n-orbita tartibi, r - elektron impulsi, r-orbita radiusi). Borning kvantlash sharti n-nchi orbitaga n-ta De-Broyl to’lqin uzunligi joylashishini lozim degan talabga ekvivalentdir. Bunday orbita uzunligi ta de Boyl to’lqin uzunligi (2.2), bo’ladi va Borning kvantlash sharti o’rinli bo’ladi.Demak,elektron orbitasining stasionar bo’lishligi uchun butun sondagi De-Broyl to’lqin uzunligi bu orbitada joylashmog’i lozim bo’ladi. Elektronning to’lqin xossalari va uning to’lqin uzunligining De-Broyl formulasi bilan aniqlanishi Devisson-Jermer,Tomson,Tartakovskiy va boshqalar tomonidan o’tkazilgan ko’plab tajribalarda to’la tasdiqlandi. Download 254.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling