Qarshi davlat universiteti fizika fakulteti
Download 254.77 Kb.
|
HAMDAMOVA SEVARA KVANT (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI Bajardi: Hamdamova Sevara Qabul qildi: Mustafoyeva N QARSHI-2022 yil
- Mikrozarralarning to‘lqin xususiyatlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI Fizika yo’nalishi 3-kurs 019-73 guruh talabasining “Kvant mexanikasi” fanidan “Elektronlarning tirqishdan o’tish difraksiyasi” mavzusidagi MUSTAQIL ISHI Bajardi: Hamdamova Sevara Qabul qildi: Mustafoyeva N QARSHI-2022 yil Elektronlarning tirqishdan o’tish difraksiyasi REJA: 1. Mikrozarralarning to‘lqin xususiyatlari 2. De-Broyl gipotezasi. 3. Elektron difraksiyasi 4. To’lqin funksiyasi. Holatlarning superpozisiya rinsipi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Mikrozarralarning to‘lqin xususiyatlari 1924 yilda ajoyib voqea yuz berdi. Bu esa kvant fizikasining yuqori darajada rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Fransuz fizigi Lui de-Broyl korpuskulyar–to‘lqin dualizm universalligi haqidagi gipotezani ilgari surdi. Nafaqat fotonlar, balki barcha moddiy zarralar ham to‘lqin xususiyatlariga ega degan fikrga keldi. De-Broyl har bir mikro zarra, bir tomondan korpuskulyar xususiyatlar – energiya E va impuls r, boshqa tomondan esa, to‘lqin xususiyatlari – zarra chastotasi va to‘lqin uzunligi bilan bog‘langan - dedi. Mikroobektlarning korpuskulyar va to‘lqin xususiyatlari fotonlardagi xuddi shunday miqdoriy munosabatlar bilan bog‘liq: (1.1) De-Broyl gipotezasi bu munosabatlarni m massaga ega bo‘lgan hamma mikrozarralarga tegishli ekanligini aytib o‘tdi. Impulsga ega bo‘lgan har qanday zarraga to‘lqin uzunlikli to‘lqin mos keladi. m massaga ega bo‘lgan zarralar uchun esa (1.2) Norelyativistik yaqinlashuvida . (1.3) De-Broyl gipotezasi materiyaning simmetrik xususiyatlari fikriga asoslangan bo‘lib, o‘sha vaqtlarda tajribada tasdiqlanmagan edi. Lekin, material obektlar haqidagi yangi tasavvurlarni rivojlanishida kuchli inqilobiy turtgi bo‘ldi. Bir necha yillar davomida XX asrning bir qator kuchli fiziklari – V.Geyzenberg, E.Shredinger, P.Dirak, N.Bor va boshqalar kvant mexanikasi deb nomlanuvchi yangi fanning nazariy asoslarini ishlab chiqishdi. De-Broyl gipotezasi 1927 yilda amerikalik fiziklar K.Devisson va L.Jermer tomonidan birinchi marta eksperimental tasdiqlandi. Ular nikel kristallida sochiluvchi elektronlar oqimi qisqa to‘lqinli rentgen nurlanishining kristallarda sochilishida paydo bo‘ladiganga o‘xshash aniq difraksion manzara hosil qilinishini aniqladi. Bu eksperimentlarda kristall tabiiy difraksion panjara rolini o‘ynadi. Difraksion maksimumlar qonuniga binoan de-Broyl formulasiga to‘liq mos tushadigan elektron oqimining to‘lqin uzunligi aniqlandi. Download 254.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling