Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd


Download 223.74 Kb.
bet13/18
Sana23.04.2023
Hajmi223.74 Kb.
#1388368
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Aftoreferat QARSHIDU Djurayeva B.A

Fаоliyаt kоmроnеnti. Bundа Bо’lаjаk tаbiiy fаnlаr о’qituvсhilаrining ахbоrоt tехnоlоgiyаlаri bilаn ishlаsh mеdiа kо’nikmаlаrini rivоjlаntirish bоsqiсhlаri аks еttirilgаn. Birinсhi bоsqiсh - MS Оffiсе vа Intеrnеt dаsturlаri bilаn ishlаsh kо’nikmаlаrni rivоjlаntirish, ikkinсhi bоsqiсh- Mахsus grаfik dаsturlаri bilаn ishlаsh kо’nikmаlаrni rivоjlаntirish, uсhinсhi bоsqiсh-Vidеоmоntаj dаsturlаri bilаn ishlаsh kо’nikmаlаrni rivоjlаntirish vа tо’rtinсhi bоsqiсh- Sаyt yаrаtish dаsturlаri bilаn ishlаsh kо’nikmаlаrni rivоjlаntirish.
Mоdеlning bаhоlаsh kоmроnеntidа quyidаgi реdаgоgik diаgnоstikа vоsitаlаri tаnlаnаdi: dаrs mashg’uloti jаrаyоnidа аmаliy tорshiriqlаrni bаjаrish, tеst, nаzоrаt sаvоllаri, mustаqil ishlаrdа vаziyаtli tорshiriqlаrni bаjаrish.
Nаtijаviy kоmроnеnt. Mеdiа kо’nikmаlаrini shakllangan bо’lаjаk tаbiiy fаn о’qituvсhisi.
Tadqiqot davomida bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari(mediaresurslar) bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maxsus kursi va metodikasi ishlab chiqildi.
Ishlab chiqilgan metodik qo‘llanma bo‘lajak o‘qituvchilarda mediafayllar bilan ishlash ko‘nikmalarni rivojlantirishning asosiy pedagogik va metodik jihatlarini ochib berishga qaratilgan. Metodik qo‘llanma 56 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 27 s. auditoriya(seminar trening) mashg‘ulotlariga va 29 soati – mustaqil ta'limga ajratilgan.
Auditoriya mashg‘ulotlari seminar-trening shakllida o‘tkaziladi va nazariy, amaliy xamda nazorat bosqichlaridan iborat. Nazariy bosqichida o‘quv materiallar muammoli mazmunda taqdim etiladi. Masalan mediafayl strukturasi va mazmuni, mediafaylni shakllantirish metodikasi va boshkalar. Mashg‘ulotlar oldindan tayyorlangan muammoli savollar yordamida o‘qituvchilarning ijodiy faoliyatga faol jalb qilish (mavzuning asosiy tushunchalarining muhim belgilarini berish, qiyosiy tahlil qilish va ushbu tushunchalarni o‘zaro bog‘lash, umumlashtirish, tasniflash va boshq.) tizimlashtirildi.
Amaliy bosqichida asosan urg‘u amaliy topshiriqlarni bajarishga qaratiladi. Bu bir vaqtning o‘zida bilimlarni tizimlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha ijodiy faoliyati va ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha ish hisoblanadi. Ushbu topshiriqlarning barchasi bir-biriga bog‘langan va nazariy mavzularning amaliyotdagi yechimlari ko‘rinishda aks etiriladi.
Amaliy mashg‘ulotlar: a) individual (har bir o‘qituvchi vaziyatni hal qilishning o‘ziga xos variantini taklif qilishi; b) guruhli (4-5 kishidan iborat kichik guruhlar amaliy topshiriqni birga ko‘rib yechimini beradilar).
Mustaqil ta'limda taqdim etilgan mustaqil topshiriqlar asosida topshiriqlarni mustaqil bajaradi.
Metodik qo‘llanmaning asosiy maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda mediafayllar bilan ishlash ko‘nikmalarini nazariy asoslarini bilish va anglash, o‘zining fani bo‘yicha media texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmalarini tayyorlash va o‘quv jarayoniga qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilish.
Metodik qo‘llanmadan foydalanish natijasida bo‘lajak o‘qituvchilar quyidagilarga ega bo‘ladi:mediaresurlar to‘g‘risida bilimlarga; mediafaylarni yaratish metodikasiga; mediafaylarni yaratish bo‘yicha dasturiy ta'minotlar bilan ishlash ko‘nikmalariga; dars ishlanmalarni video montaj qilish ko‘nikmalarga; Adobe PhotoShop, Corel Draw grafik dasturlarida ishlash ko‘nikmalarga va boshq.
Dissertatsiyaning «Pedagogik tajriba-sinovni tashkil etish va o‘tkazish» deb nomlangan uchinchi bobida tajriba-sinov ishlari mazmuni va natijalari bayon etilgan.
Tajriba sinov ishlarini tashkil etishning maqsadi bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari (mediaresurslar fayllar) bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini samaradorligini aniqlash.
O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining asosiy yo‘nalishlari uning bosqichlarining mazmuni va mohiyatiga ko‘ra belgilandi. Xususan, asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi: tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish bosqichlari, maksad va vazifalarini aniqlash; tajriba-sinov ishlarining mazmunini belgilash hamda unga mos holda metodik majmua tayyorlash, ularni tajriba jarayonida qo‘llashning maqbul mexanizmlarini ishlab chiqish; tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan o‘qituvchilar bilan metodik hamkorlik jarayonlarini belgilash; tajriba-sinov ishlarining natijalarini matematik statistik taxlil qilish.
Tajriba-sinov jarayonida, bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari (mediaresurslar) bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va bu jarayonda anketa va test savollari yordamida ularning dastlabki ko‘rsatkichlari - rivojlanganlik darajasi foizlar misolida keltirildi.
Tajriba-sinov ishlari “Biologiya”, “Kimyo”, “Geografiya va iqtisodiy bilimlar asosi”, “Fizika va astronomiya” yo‘nalishi talabalari tomonidan “Ta'limda axborot texnologiyalari” darslarida olib borildi.
Darslarda talaba tomonidan bajarilayotgan amaliy va mustaqil topshiriqlarni talab darajasida bajarilishi nazorat qilindi. Tadqiqotning yakunida bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining mediafayllar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish darajalarining dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqot maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan quyidagi mezonlarga amal qilindi (1-jadval).



Download 223.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling