Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd
-jаdvаl. Bо‘lаjаk tаbiiy fаnlаr о’qituvсhilаrining ахbоrоt tехnоlоgiyаlаri bilаn ishlаsh kо’nikmаlаrini bаxоlаsh dаrаjаlаri
Download 223.74 Kb.
|
Aftoreferat QARSHIDU Djurayeva B.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mеzоnlаr Yuqоri О’rtа Раst
2-jаdvаl.
Bо‘lаjаk tаbiiy fаnlаr о’qituvсhilаrining ахbоrоt tехnоlоgiyаlаri bilаn ishlаsh kо’nikmаlаrini bаxоlаsh dаrаjаlаri
Tajriba sinov ishlari 2021-2022 yillari Navoiy davlat pedagogika institutida(NDPI), Qo‘qon davlat pedagogika instituti(QDPI) va Chirchik davlat pedagogika universitet(ChDPU)larida o‘tkazildi. Jami -894 ta respondentlar qatnashdi. Tajriba sinov ishlari uch bosqichda olib borildi: ta'kidlovchi, shakllantiruvchi va yakunlovchi. Ta'kidlovchi tajriba-sinov ishlari jarayonida nazariy-metodik mazmundagi quyidagi ishlar amalga oshirildi: tadqiqot muammosi bo‘yicha pedagogik, metodik adabiyotlar tahlil qilindi va dars jarayonini kuzatildi; o‘qituvchilar va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazish xamda ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish orqali talabalar uchun anketa va test savollarini tuzib chiqildi; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari (mediafayllar) bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning joriy xolati o‘rganildi; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari (mediafayllar) bilan ishlash ko‘nikmalarining dastlabki ko‘rsatkichlari aniqlandi. Ta'kidlovchi tajriba-sinov natijalarini tahlil qilishda bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining DTSlari, o‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalarning yutuq va kamchiliklari, tajriba-sinov ishlari jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash ularni mazmunan hamda metodik jihatdan takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish kabi ishlar amalga oshirildi. Ta'kidlovchi tajriba-sinov ishlaridan olingan natijalar asosida bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash samaradorligi aniqlandi va umumiy xulosalar chiqarildi. Tanlab olingan OTM bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining mediafayllar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini o‘rganish uchun o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Tadqiqot muammosi bo‘yicha pedagogik, metodik adabiyotlar tahlil va dars jarayonini kuzatish xamda talabalar uchun anketa va test savollarining natijalarini taxlil qilish natijasida bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning samaradorligini oshirish yo‘llari belgilandi hamda metodikasi takomillashtirildi. Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan metodikaning o‘ziga xos xususiyatlari talabalarda mediafayllarni yaratish, ularni audio, video montaj qildish, internetga joyilashtirish fan doirasida Web sayt yaratish ko‘nikmalarini qiska vaqt ichida shakllantirishga yo‘naltirish belgilab berildi. Tadqiqotning shakllantiruvchi bosqichida (ikkinchi bosqich) o‘quv dasturiga muvofiq va Davlat ta'lim standarti talablariga amal qilgan holda tajriba-sinov ishlari olib borildi. Bu bosqichda bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari (mediafayllar) bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini o‘rganish va mazkur jarayonga zamonaviy usullarni tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar, dars ishlanmalarini yaxlit metodikasi ishlab chiqildi hamda amaliyotda sinab ko‘rildi. Buning uchun Navoiy davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Chirchik davlat pedagogika universitetlarining respondentlari nazorat(NG) va tajriba(TG) guruhlariga ajratildi. Nazorat guruhlarida talabalar an'anaviy dastur bo‘yicha shug‘ullandi. Tajriba guruhlariga ko‘shimcha ravishda maxsus kurs kiritildi va takomillashtirilgan metodika asosida dars jarayoni olib borildi. Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlarining maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutildi: bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir maxsus kurs va ilmiy metodik tavsiyalarni qo‘llash tartiblari bilan tanishtirish; ishlab chiqilgan maxsus kurs va ilmiy-metodik tavsiyalarni dars jarayoniga tatbiq etish; tajriba-sinov ishlari davomida tajriba guruhlaridagi natijalarni ta'kidlovchi tajriba-sinovda olingan natijalar bilan taqqoslash hamda tahlil qilib borish; tajriba-sinov ishlari jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib borish; olingan natijalarga ko‘ra ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni takomillashtirish. Maxsus kurs “Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarda mediakompetentlikni rivojlantirish” deb nomlanib bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarda mediako‘nikmalarini rivojlantirishning asosiy mexanizmlari ochib berilgan. Maxsus Kurs 56 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 27 soat auditoriya (seminar trening) mashg‘ulotlari va 29 soati – mustaqil ishlarni bajarish ko‘rinishda amalga oshirildi. Tadqiqot yuzasidan o‘tkazilgan tajriba sinov ishlariga, umumiy 894 nafar talaba jalb etildi, ya'ni tajriba guruhlarida qatnashgan talabalar soni 448 nafarni, nazorat guruhlarida esa 446 nafarni tashkil etdi. Tajriba talabalar bilan amaliy topshiriqlar va test savollari asosida o‘tkazildi. Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini baxolashda mediaresurslar bilan ishlashga qaratilgan mezonlar tanlab olindi. Ushbu mezonlar xar bir o‘qituvchiga axborot texnologiyalarini o‘z kasbiy faoliyatda samarali qo‘llashga qaratilgan indikatorlardan iborat(3-jadval). Download 223.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling