Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd


Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat


Download 223.74 Kb.
bet6/18
Sana23.04.2023
Hajmi223.74 Kb.
#1388368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Aftoreferat QARSHIDU Djurayeva B.A

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini baholash mezonlari va indikatorlari ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Bo‘lajak o‘qituvchilarda mediafayllar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish” metodik qoʼllanma va elektron ta’lim resursi yaratilgan, jumladan,“Tabiiy fan o‘qituvchilarini mediakompetentligini rivojlantirish uchun videotopshiriqlar majmuasi” nomli ta’lim resursi ishlab chiqilgan.(O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi guvohnomasi DGU 2023 1271// 16.02.2023);
bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi rasmiy manbalarga asoslangan holda yondashuvlar, usullar va nazariy qoidalardan foydalanilganligi, tadqiqot natijalari va eksperimental ishlarning matematik statistik usullari samaradorligi, kompetentliligi, tashkilotlar tomonidan olingan xulosalar, takliflar, tavsiyalar va natijalarning bajarilishi bilan tasdiqlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati “mediaresurs”, “mediako‘nikma”, “mediakompetentlik” tushunchasining mazmuni, mohiyati va tuzilishini chuqur tahlil qilinishida, bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlari, mexanizmlarini va pedagogik modelini takomillashtirish bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirish amaliy mexanizmlarini takomillashtirilganligi, bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Bo‘lajak o‘qituvchilarda mediafayllar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish” nomli metodik qoʼllanma ishlab chiqilganligi va tatbiq etilganligi bilan izohlanadi.

Download 223.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling