Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Download 223.74 Kb.
|
Aftoreferat QARSHIDU Djurayeva B.A
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarning axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini yaratish natijalari asosida:
bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarining mazmuni va tuzilmasi fanga doir kasbiy faoliyat turlarini bajara olish hamda zamonaviy taʼlim tendentsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirishga oid takliflar PZ-2014-0910154408 raqamli “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida axborot kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq etish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 oktyabrdagi 02-07-3483/04-sonli maʼlumotnomasi). Natijada bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarining mazmuni va tuzilmasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarining tizimlilik, uzluksizlik, samaradorlik asosida rivojlantirish bosqichlari hamda past, o‘rta, yuqori daraja ko‘rsatkichlari ko‘rinishida aniqlashga oid tavsiyalar PZ-2014-0910154408 raqamli “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida axborot kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq etish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 oktyabrdagi 02-07-3483/04-sonli maʼlumotnomasi). Natijada bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash media kompetentligini rivojlantirish bosqichlari va darajalarini aniqlash imkoni oshirilgan; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelini maqsadli, kontseptual, faoliyatli, baholash va natijaviy bloklarga birlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan PZ-2014-0910154408 raqamli “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida axborot kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq etish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 oktyabrdagi 02-07-3483/04-sonli maʼlumotnomasi). Natijada bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayon modelini takomillashtirishga erishilgan; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus kurs va metodikasini ishlab chiqishga doir ishlanmalar PZ-2014-0910154408 raqamli “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida axborot kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq etish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 oktyabrdagi 02-07-3483/04-sonli maʼlumotnomasi). Natijada bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi ortgan; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini «Taʼlimda axborot texnologiyalari» fanining mazmuni, o‘qitish usul va vositalari tarmoq, mobil va mulьtimedia texnologiyalarining mediataʼlimiy imkoniyatlarini kengaytirish orqali rivojlantirish metodikasiga asoslangan elektron o‘quv-metodik qoʼllanmalarni yaratishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I-OT-2019-8 –“Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qoʼllanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘z bekiston pedagogika fanlari ilmiy-*tadqiqot institutining 2022 yil 7 iyundagi 01/15-09/139-sonli maʼlumotnomasi). Natijada bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan. Download 223.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling