9-mavzu. Ssenariy tahlili
Badiiy asar tahlili. Rejissyorlik tahlili. Sahnalashtirish rejasi.
10-mavzu. Ssenariy yaratishda hamkorlik
Rejissyor bilan ishlash. Matn ustida ishlash. Rassom, bastakorlar bilan ishlash.
11-mavzu. Madaniy ommaviy tadbirlar turlari va o‘tkazish mahorati
Madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etishning o‘ziga xosligi. Sahna, maydon va ekran tomosha tadbirlari. Madaniy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, bayram va festivallar. Tadbirlarni tashkil etishda tashkilotchilik qobiliyatining shakllantirish tamoyillari. Madaniy tadbirlar – aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan faoliyat.
12-mavzu. Madaniy-ommaviy tadbirlar, ularning shakl va tamoyillari
Madaniy-ommaviy tadbir. Madaniy tadbir shakl va tamoyillari. Tadbirlarni tashkil etishda ommaviylik, ixtiyoriylik, adolatlilik tamoyillari. Sahna ko‘rinishlari. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tadbirlar bo‘yicha xronologik ma’lumotlar.
13-mavzu. Madaniy tadbirlar texnologiyalari
Uchrashuv va davra suhbatlari, ko‘rik tanlovlar, teatrlashtirilgan tomoshalar va boshqa turlari, madaniy tadbir texnologiyasi, tadbirlarni tashkil etishda texnologiyalardan foydalanish.
4-modul. Madaniy tadbirlarning tashkiliy jarayonlari
14-mavzu. Ommaviy-madaniy tadbirlarda kompozitsion tuzilish
Prolog, (muqaddima, kirish, ekspozitsiya), tugun, voqealar rivoji, kulminatsion nuqta, yechim, epilog, qarama-qarshilik, asosiy voqea va voqealar qatori, bosh voqea, markaziy va yakuniy voqea.
15-mavzu. Ommaviy va badiiy sport tadbirlarini tashkil etish xususiyatlari
Maydon tomoshalarini boshqarish, epizodlari qatori, bloklarga ajratish, bloklar chiqishlarini tashkil etish, maydonga mazmun berish usullari, maydonni bezash.
16-mavzu. Inssenirovka tushunchasi, inssenirovka qilish usullari
Inssenirovka tushunchasi. Inssenirovka turlari. Badiiy asarlarni sahna uchun qayta ishlash usullari. Madaniy tadbirlarda inssenirovkalardan foydalanish xususiyatlari. Inssenirovkalarni tadbir g‘oyasiga bo‘ysundirish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |