24-mavzu. Bayramlarni tashkil etish asoslari
Bayramlar genezisi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan bayramlarning o‘ziga xosligi. Milliy va dunyo bayramlari. Bayramlarni tashkil etishda maydonni o‘rganish.
25-mavzu. Maydon tomoshalarini o‘tkazish usullari
Maydon tomoshalari tushunchasi. Maydon tomoshalarini boshqarish. Epizodlar qatori. Bloklarga ajratish va bloklar chiqishlarini tashkil etish. Maydonga mazmun berish usullari. Maydonni bezash.
26-mavzu. Madaniy tadbirlarda mavzu va g‘oya uyg‘unligi
Mavzu va g‘oya tushunchalari. Mavzu va g‘oya tushunchasining sahnalashtirish san’atidagi funksiyalari. Mavzu va g‘oya tushunchalarining mushtarakligi. G‘oya- muallif fikrini ifodalovchi asosiy fikr sifatida. “G‘oyaviy ko‘prik” tushunchasi.
27-mavzu. Tadbirlarda g‘oyaviy talqin
G‘oyaviy talqin tushunchasi. Tarbiyaviy, ahloqiy, ko‘ngilochar mavzularda g‘oyaviy talqin.
28 -mavzu.Tadbirlarni tashkil etishda repertuar tanlash
xususiyatlari
Repertuar tushunchasi. Tadbirlar uchun teatr, konsert, musiqa, raqs, cholg‘u va boshqa ijodiy jamoalar repertuarini tanlash va ulardan foydalanish mexanizmi.
29-mavzu. Madaniy ommaviy tadbirlarda qo‘llaniladigan metod va vositalar
Metod va vositalar tushunchasi. Tushuntirish, ishontirish, rag‘batlantirish, namuna, teatrlashtirish metodlari. Badiiy so‘z, matn, ijodiy guruhlar, san’at turlari, ifoda vositalari, texnik vositalar.
30-mavzu.Tadbirlarda musiqa va shovqinlar
Musiqiy nomerlar. Musiqali asarlar. Musiqali jo‘r bo‘lish. Musiqiy bezak. Tadbirlarda shovqinlardan foydalanish. Musiqa va shovqinlar orqali sahnaviy atmosfera (muhit) yaratish.
31-mavzu. Madaniy tadbirlarda badiiy bezak
Sahna bezagi. So‘z san’ati. Boshlovchilik mahorati. Kostyumlar (liboslar) bilan ishlash. Grim. Badiiy bezash orqali obraz yaratish. Taklifnoma, dastur, afishalar tayyorlash texnologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |