Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
Bog'liq
Majmua

Yozma ishda ham o‘tilgan mavzu bo‘yicha 3-5tagacha savollar qo‘yilib, 
savollarga talabalar yozma javob beradilar. Yozma ish yozish jarayonida 
o‘quvchida: 
➢ yozma nutq madaniyatini shakllanadi; 
➢ olingan bilimlarni tizimli yozma bayon etishni o‘rganadi; 
➢ savoldagi tushunchani anglab, yoritib berishadi; 
➢ yozish malaka va ko‘nikmalari shakllanadi, hamda rivojlanadi. 
1. 
Тest. Теsт (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada 
J.Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. 
XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik 
yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi [32]. 
9.2. 
Informatika darslarida o‘quvchilar bilim, malaka va 
ko‘nikmalarini nazorat qilish vositalariga biz asosan kompyuter, uning asosiy 
va qo‘shimcha qurilmalari, internet, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan 
prezentatsiya, slaydlar, referat, mustaqil ish, kichik tadqiqot, loyihalar 
tayyorlangan matnlar, disklar, elektron fayllar, elektron ta’lim resurslari, elektron 
ta’lim resurslarini yaratuvchi kompyuter dasturlari va boshqalarni kiritishimiz 
mumkin.
Prezentatsiya va slaydlar kompyuterning Power Point, Autoplay, Wordpress 
va boshqa dasturlari yordamida, matnli ma’lumotlar kompyuterning matn 


70 
muharriri MS Word dasturida tayyorlanadi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘z-o‘zini 
nazorat qilishga mo‘ljallangan testlar Easy Quize, Ispring, My test va boshqa 
dasturlardan foydalanib yaratiladi. 
Elektron ta’lim resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv 
qo‘llanma, ko‘rsatmalar, multimediali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, 
gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning 
mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar 
kiradi [29,39].
Elektron darslik – fanning o‘quv hajmini to‘liq qamragan va masofaviy 
o‘qitish hamda mustaqil o‘rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan, 
fanga oid o‘quv materiallar: ma’ruza, amaliy, laboratoriya topshiriqlari, nazorat 
savollari, test va izohli lug‘at, shuningdek, ilmiy ma’lumotlarni har tomonlama 
samarali o‘zlashtirishga mo‘ljallangan elektron nashr. 
Elektron o‘quv qo‘llanma – fanning o‘quv hajmini qisman yoki to‘liq 
qamragan va axborotning adaptatsiya blokini o‘z ichiga olgan bo‘lib, masofaviy 
o‘qitish va mustaqil o‘rganish uchun mo‘ljallangan o‘quv manbayi. 
Elektron uslubiy qo‘llanma – pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish 
hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. 
Unda pedagogik tajriba mashg‘ulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari, 
talabalar ishlarini darslar bo‘yicha rejalashtirilgan shaklida ko‘rsatiladi. 
Virtual stendlar - haqiqiy obyektlar, jarayonlar va hodisalarlarning elektron 
modeli 
Elektron testlar-saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter 
yoki telekommunikatsiya texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. 
Testlashtiruvchi «qog‘oz» blankalarni to‘ldirib, so‘ngra unga kompyuterda ishlov 
bersa, bular kompyuterli test bo‘lib hisoblanmaydi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling