Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua
Pedagogik faoliyat turlari. Pedagogik faoliyat – bu pedagogning maxsus
kasbiy tayyorgarligi va shaxsiy xulq-atvori qoidalariga amal qilgan holda ta’lim oluvchilarni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya berish jarayonidir. Pedagogik faoliyat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ushbu faoliyat natijasida o‘qituvchi o‘quvchiga hissiy, axloqiy, intellektual va kasbiy jihatdan ta’sir etadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyati o‘quvchining uch tomonlama rivojlanishiga olib kelishi lozim. Ular: ✓ nazariy jihatdan fanning asosiy tushuncha, qoida, qonunlarni o‘rganishi va xulosalar chiqara olishi; ✓ amaliy jihatdan o‘rganilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash qobiliyati va ko‘nikmalarini, shuningdek, ijodiy faoliyat usullarini shakllantirish; ✓ mafkuraviy, axloqiy, estetik g‘oyalarni tushunishi, dunyoqarashning shakllanishi va h.k. Biz o‘z tadqiqotimiz natijalaridan kelib chiqib informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyat turlarini bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan quyidagi qismlardan iborat deb topdik (1.1-rasm): Ulardan asosiylari quyidagilar bo’lib padagogikaga oid tadqiqotlarda yoritilgan?: 1. O‘qituvchining dars o‘tish shakllari (nazariy, amaliy, laboratoriya), texnologiya (zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari) va metodlarni aniqlash ; 2. O‘quvchilar o‘quv faoliyatning usul (mustaqil, o‘qituvchi bilan savol- javob asosida va h.k. ) va shakl(hamkorlikda, individual, guruhli) lari ni aniqlash; 3. O‘quv jarayonini tashkil etish (mutaxassisligi bo‘yicha, nazariy, amaliy, laboratoriya darslarini olib borish) 4. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish jarayonini tashxislash (o‘quv jarayonini maqbullashtirish, o‘quvchilar bilim darajasini farqlash, ta’lim dasturi va metodlarini takomillashtirishga qaratilgan monitoring) va baholash (test, og‘izaki so‘rov, yozma ish va h.k; 5 Yangi materiallarni yoritish uchun ko‘rgazmali vositalarni ishlab chiqish O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun vositalar ishlab chiqish Mustaqil ishlarni tashkil etish MT kur slar ini ishl ab chiqi shda pe da gogik t exn ologi ya va diza ynda n foyda lanis h O‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish Mustaqil va darsdan tashqari ishlarda zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish Da rsda n tashq ari ishl ar ni t ashki l etish Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling