Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Informatika o‘qituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorligini


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Majmua

2.2.Informatika o‘qituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorligini 
shakllantirish vositalari: innovatsion o‘quv-biluv faoliyati, maxsus kurslar,
malakaviy amaliyot. Innovatsiyalar nazariy jihatdan asoslangan, biror-bir sohada 
aniq maqsadga qaratilgan hamda amaliy tatbiq etishga yo’naltirilgan yuqori 
samaradorlikka ega yangilik hisoblanadi. Innovatsiyaning o’ziga xos xususiyati 
uni quyidagilar bilan bog‘laydi [7]: 
- innovatsiyalar doimo dolzarb muammoning yangi yechimini o‘z ichiga 
oladi; 
-ulardan foydalanish yangi sifatli natijalarni olish imkonini beradi; 
-ta’lim jarayonida innovatsiyalarni tatbiq etish ta’lim tizimidagi barcha 
komponentlarning sifatiy o‘zgarishlariga olib keladi. 
Bugungi kunda innovatsion pedagogik jarayonlar ta’lim muassasasi o‘quv 
faoliyatining muhim komponentlaridan biriga aylanib bormoqda. Chunki 
innovatsion pedagogik jarayonlar ta’lim xizmatlari bozorida nafaqat u yoki bu 
ta’lim muassasasining raqobatbardosh bo‘lishiga asos yaratadi, balki, o‘qituvchi 
va o‘quvchi shaxsini intensiv rivojlantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
birgalikdagi faoliyati va muloqotini demokratlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini 
insonparvarlashtirish, o‘quvchini faol ta’lim olish hamda o‘zini shakllantirishga 
yo‘naltirish, ta’lim texnologiyalari, metod va vositalari hamda ta’limning 
moddiy-texnika 
bazasini 
modernizatsiyalash 
kabi 
vazifalarni 
bajaradi, 
pedagoglarning kasbiy mahorati, ularning ijodkorligi, izlanuvchanligining 
rivojlanish yo‘na-lishlarini aniqlaydi, o‘quvchilarning shaxs sifatida kamol 
topishida muhim o‘rin tutadi. 
Informatika o‘qituvchisining innovatsion o‘quv-biluv faoliyati o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan quyidagi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi: 


13 
✓ yangi bilimlarni egallashga qaratilgan tadqiqot ishlariga ishtirok etish; 
✓ amaliyotda tasdiqlangan kasbiy bilimlarni egallash, shaxsiy bilim va 
tajribalarni, kasbiy kompetentlikni rivojlantirib borish; 
✓ maxsus mutaxassislik, texnik bilimlarni egallash, rivojlantirish, o‘z 
pedagogik faoliyatini loyihalashtirib borish, amalga oshirib, samarali natijalarga 
erishishva h.k. 
Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish sohasidagi ilmiy ishlar, 
maqolalarni o‘rganish natijasida oliy ta’limda ilmiy tadqiqot ishi bilan 
shug‘ullanmoqchi bo‘lgan talabalar, magistrlar oldida muhim muammolar 
mavjudligi aniqlandi. Bu muammolar [8]: 
1. Ilmiy tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlay olmaslik; 
2. Ilmiy tadqiqot metodlari va undan foydalanishni bilmaslik; 
3. Ilmiy tadqiqot ishi asosnomasini mustaqil tayyorlay bilmaslik; 
4. Adabiy manbalar bilan ishlashda qiyinchiliklarga uchrash; 
5. Bajarilgan tadqiqot ishining taqdimotini amalga oshirish ko‘nikmasiga 
ega bo‘lmaslik va h.k. 
Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish ikki yo‘nalishda amalga 
oshirilishi mumkin]: 
- birinchisi, bevosita dars jarayonida: seminar, amaliy mashg‘ulot darslarida 
muammoli darslarni tashkil etish, muammoli vazifalarni qo‘yib, ularni yechishga 
undash, talabalarning mutaxassisligi yoki biror fan doirasida o‘quv loyiha(dars 
ishlanma, texnologik xarita, elektron qo‘llanma)larini yaratishga erishish; 
- ikkinchisi, darsning mantiqiy davomi bo‘lib, darsdan tashqari vaqtda 
o‘quv-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish: mustaqil ish, referat, kurs ishi, ilmiy, 
o‘quv-tadqiqot ishlarini bajarish, olimpiada va ko‘rgazmalarda o‘z chiqishlari va 
konferensiyalarda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etish. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling