Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126
Bog'liq
Majmua

Kasbiy kompetentlik. Kompetentlik-bu shaxsning kasbiy va shaxsiy 
sifatlari hamda xususiyatlari bo‘lib, bilim, ko‘nikma va ularni amaliy faoliyatda 
qo‘llash tajribalarini hamda mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini o‘zida 
mujassamlashtiradi. 


14 
1) Boshlang‘ich kasbiy kompetentlik- bu informatika o‘qituvchisining 
faoliyat sohasida mavjud pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib 
informatika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitish masalalarini 
yecha olishi, shu darajadagi bilim, ko‘nikma va malakalarining mavjudligi
informatika fanini fizika, matematika, pedagogika, psixologiya, chet tili, iqtisod, 
musiqa va boshqa fanlar bilan aloqasini bilishi, metapredmetli yondashuvi, asos va 
dalillar tayanib chuqur tahlil eta olishi
2)  Tayanch kasbiy kompetentlik-bu informatika o‘qituvchisining kasbiy 
faoliyati sohasida mavjud pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib 
darsni tashkil etish, pedagogik va metodik tizimni, o‘z faoliyatini tahlil etish
korreksiyalash, o‘ziga xos tajribalar asosida elektron ta’lim resurslarini yaratish, 
masofali ta’limni joriy etish. Bu jarayonda zamonaviy o‘quv texnik vositalari, 
pedagogik 
dasturiy 
vositalar 
(PDV), 
pedagogik 
dizayn 
va 
turli 
loyihalashtirishlardan foydalanishni bilishlaridir. 
 3)Maxsus kasbiy kompetentlik- informatika o‘qituvchisining faoliyati 
sohasida boshlang‘ich va tayanch kompetentlikka egalik bilan birga o‘quv 
jarayonini va axborotlashgan ta’lim muhitini metodik va tashkiliy qo‘llab 
quvvatlash, uni ko‘rsatib yutug‘i va kamchiliklarini aniqlash, tahlil qilish, haqiqiy 
baholash, an’anaviy va masofaviy ta’lim jarayonida hosil bo‘lgan har qanday 
savolga ikkilanmay javob topib bera olish kabilar kiradi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling