Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi
Informatika fanini o‘qitish jarayoni
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua
Informatika fanini o‘qitish jarayoni
24 An’anaviy ta’lim metodlariga ma’ruza, savol-javob, kitob bilan ishlash, suhbat, hikoya va hokazolar kirsa, noan’aviy ta’lim metodlariga esa, tabaqalashtirilgan o‘qitish, elektron ta’lim manbalari asosida o‘qitish, muammoli, modulli, masofali o‘qitish, o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish kabilar kiradi. Passiv uslubda “obyekt” sifatida faqat ko‘ruvchi va eshituvchi bo‘lib, asosiy ishtirokchi shaxs o‘qituvchi hisoblanadi. Faol uslubda o‘quvchi “subyekt” sifatida mustaqil ishlaydi va ijodiy vazifalarni bajaradi.O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri kuchayib, sustlar faollashadi 3.2 - rasm. Informatikani o’qitishda o’qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri. Interfaol uslubda o‘zaro faol bo‘lish, ta’sir etish kuchayadi. Bunday ta’limda o‘ituvchi faol boshqaruvchiga aylanib, o‘quvchilarning hamkorlikda o‘qiydilar, o‘rganadilar. Interfaol inglizcha interact – o‘zaro ta’sirlanish (yoki interaction – o‘zaro ta’sir) so‘zidan olingan bo‘lib, biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro muomalada, o‘zaro bahs-munozara, farqlash asosida, hamjihatlik bilan hal qilinadi. Informatika fanini noan’anaviy o‘qitish metodlari A.A.Abduqodirov, F.Zokirova, M.Mamarajabov, Q.M.Karimov, D.Esonbayeva, M.T.Mihridinovalarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng yoritilib, amalda qo‘llanib kelinmoqda. 25 Interfaol ta’lim – talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim. Interfaollik talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtayi nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. Eng ommaviy interfaol ta’lim texnologiyalari quyidagilar sanaladi: ➢ Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat”, “Assesment”, “FSMU”, “Kubik” va b. ➢ Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va h.k. ➢ Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar [1,3]. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling