Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


-mavzu. Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126
Bog'liq
Majmua

3-mavzu. Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik 
faoliyatni amalga oshirish metodikasi 
Reja 
3.1.Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga 
oshirish metodikasi 
3.2.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari 
 
3.1.Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni 
amalga oshirish metodikasi.Uzluksiz ta’lim tizimida innovatsion pedagogik 
faoliyatni amalga oshirish bir necha usullarda olib boriladi.Ularga biz 
quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
✓ dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan 
foydalanish; 
✓ o‘quvchilarni shaxsiy portfolioni tashkil etishga o‘rgatish; 
✓ mavzuni yoritishda muammoli bayon etish usulidan foydalanish; 
✓ ta’lim jarayonidada tadqiqot va loyihaviy usullardan foydalanish; 
✓ o‘quvchilarni ijodkorlikka, amaliy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish; 
✓ qiyin o‘zlashtiriladigan mavzularni vizuallashtirib o‘qitish va h.k. 
Dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan 
foydalanish. Innovatsion pedagogik texnologiyalar aynan ta’lim-tarbiya 
jarayonida o‘quvchi(talabalar)ga muayyan fan (mavzu) bo‘yicha bilim berish va 


21 
shaxsini 
shakllantirishga 
qaratilgan 
o‘qitishning 
zamonaviy 
usullari, 
texnologiyalari va vositalari majmuidir [4]. 
Ta’limda 
innovatsion 
pedagogik 
jarayonlarni 
biz 
pedagogik 
yangilik(g‘oya)ni yaratish, idrok etish, o‘zlashtirish, qo‘llash va baholanishi lozim 
bo‘lgan boshqariluvchi jarayon sifatida ko‘rishimiz mumkin. 
Haqiqatan ham pedagogik faoliyatimizda biror-bir yangilik(g‘oya, metod, 
usul yoki yondashuv)ni qo‘llamoqchi bo‘lsak, avvalo u yaratilgan bo‘ladi yoki 
o‘zimiz yaratamiz, keyin uni idrok etamiz, yoki yaxshilab o‘zlashtirib olamiz, 
undan keyin uni faoliyatimizda qo‘llaymiz-da, uning qanchalik samarali ekanligini 
baholaymiz. Bugungi kunda juda ko‘p ishlatiladigan pedagogik texnologiyalarni 
qaraydigan bo‘lsak, ularga [1,3]:
1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi. 
2. Hamkorlik ta’limi texnologiyalari. 
3. Loyihaviy ta’lim texnologiyalari. 
4. O‘yinli ta’lim texnologiyasi. 
5. Muammoli ta’lim texnologiyasi. 
6. Modulli ta’lim texnologiyasi. 
7. Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi. 
8. Integratsiyali ta’lim texnologiyasi. 
9. Interfaol ta’lim texnologiyasi. 
10. Masofali o‘qitish texnologiyalari va h.k. 
Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish juda katta sohani 
qamrab olib uning tarkibiga: 
➢ asosiy va qo‘shimcha qurilmalari mavjud kompyuter sinflari; 
➢ internet va tarmoqqa ulangan kompyuterlar
➢ interaktiv doska va multimediali ilovalar; 
➢ WIFI aloqasi mavjud bo‘lgan elektron o‘quv zallari. 
Axborot texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etadigan didaktik 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling