Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Bahs munozara kechasini loyihalashtirish


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126
Bog'liq
Majmua

Bahs munozara kechasini loyihalashtirish. Bahs munozara kechalarini 
tashkil etish barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lgan 
ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Merriam Vebster lug‘atida bahs-munozara(debat) 
biror mavzu yuzasidan ma’lum qoidaga muvofiq “so‘z va dalillar raqobati”, rasmiy 
muhokamadir [97].
G‘arb olimi M.Zaleski fikriga ko‘ra bahs munozara (debat) berilgan 
topshiriq, mavzu yuzasidan ikki qarama-qarshi guruhning o‘z qarashlari, fikriga 
ishontira olish musobaqasi, o‘yinidir. Bahs munozaraning natijasi ovoz berish 
yo‘li bilan aniqlanadi [67]. Asosiy e’tibor dalillarni chiroyli, rivojlangan nutq 
orqali ishonchli bayon etishga qaratiladi. 
M.Zaleskidan farqli ravishda rus olimi YE.I.Passov bahs munozara o‘yin 
bo‘lmasdan, halollik, raqibni hurmat qilish, yutqazuvchi tomonlar mavjud 
bo‘lmaganlik qonuniyatiga asoslangan munozara, fikr almashinuvi deb baholaydi. 


142 
Ikki jamoa, guruh mavzu yuzasidan o‘z dalillarini to‘plangan ishonchli 
ma’lumotlariga asoslanib ekspertlarga bayon etadilar [73]. 
Informatika o‘qituvchisi bahs munozarani loyihalashtirishi uchun 
quyidagilarni amalga oshiradi. 
1. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi; O‘qituvchi mavzuni tanlaydi, guruhlarni 
shakllantiradi, so‘zga chiquvchilarni va vaqtni belgilaydi, E’lonni tayyorlaydi, 
tarqatadi. 
2. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi; O‘quvchilar bilan birgalikda 
mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, nutqni yozadi, so‘zga chiquvchilarni 
taqsimlaydi, mashq qildiradi, ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy 
savollarni tayyorlaydi. 
3. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi; Bahs munozarani o‘tkazadi. 
Ma’qul topsa bo‘lsa, chetdan o‘qituvchilarni, o‘quvchi, talabalar, ota-onalarni 
taklif qiladi. 
4. Yakunlovchi bosqich; Bahs munozaraga qatnashganlarni rag‘batlantiradi, 
ochiq qolgan savollarni umumlashtirib javoblar beriladi, qo‘shimchalar qilinadi. 
5.Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi; O‘tkazilgan bahs munozara haqida 
xulosa qiladi: O‘qituvchi o‘zi uchun yutuq va kamchiliklarni belgilab oladi. 
Yutuqlarni ko‘paytirish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar beradi. 
Yuqoridagi loyihalash bosqichiga asosan bahs munorzarani loyihasini tuzamiz. 
1.Bahs munozara uchun mavzu tanlash. Har bir bahs munozara mavzusi
biror yo‘nalishdagi jarayonni ifodalashi, dolzarb va bahsli, munozarali masala 
mavjud bo‘lishi. Vaqt cheraralanganligini hisobga olib, mavzu keng qamrovli 
bo‘lmasligi, jarangdor bo‘lishi kerak. Masalan,
➢ O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak: tarafdorlar va 
qarshilar. 
➢ “Internet-bolalar-ota-ona” muammosi yechiladimi? 
➢ Internet global yaxshilikmi? 
➢ Internetdan foydalanish uchun chet tilini bilish kerak: tasdiqlovchilar va 
qarshilar va h.k. 


143 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling