Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126
Bog'liq
Majmua

Soha 
fidoiylari 
bilan 
uchrashuvni 
loyihalashtirish
Informatika 
o‘qituvchisi o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtirishi uchun darsdan tashqari
tadbirlarda soha fidoyilari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlarni tashkil etish 
lozim. Informatika 
o‘qituvchisi 
soha 
fidoyilari 
bilan 
uchrashuvni 
loyihalashtirishi uchun quyidagicha ish yuritadi: 
Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi. O‘quvchilarning uchrashishi lozim bo‘lgan 
informatika sohasi mehnat faxriysi, fidoiylarini aniqlaydi: Ismi sharifi, turar joyi
qayerda yashashi, sog‘-salomatligi, uchrashuv joyini (ta’lim muassasasidami yoki 
soha faxriysi uyidami), qaysi vaqtda uchrashuv belgilanishi va h.k. 
Loyihani tayyorlash (konstruktorlik) bosqichi. Uchrashuvga nom tanlaydi. 
Nom tanlashda chiroyli jarangdor fikr-mulohazalar (Kasbim-faxrim, fidoyingmiz 
ona Vatan)dan, maqollardan foydalanishi mumkin. “Mehnat insonni ulug‘laydi”, 
“Mehnatning noni shirin”, “Mehnating qiyin bo‘lsa, yeganing shirin bo‘lar”, 
“Mehnat baxt keltirar” va h.k.
Soha fidoiysi bilan uchrashuvning taklifnomasi va e’lonini tayyorlaydi, 
tarqatadi, e’lonni e’lonlar doskasiga osadi. O‘quvchilarni uchrashuvga tayyorlaydi: 
Guruh bo‘lib chiroyli guldasta, biror esdalik sovg‘asi olinadi. O‘quvchilar 
tomonidan maqollar, she’r aytish, mehnat fidoiysiga beriladigan savollar 
tayyorlanadi. Masalan [42]: 
➢ nega siz shu kasbni tanlagansiz? 
➢ kasbingizning ijobiy tomonlari nimada bo‘lgan? 
➢ ish jarayonida biror qiziqarli voqea sodir bo‘lganmi? 
➢ siz boshqatdan tug‘ilib qolsangiz yana shu kasbni tanlarmidingiz? 
➢ farzandlaringiz, nabiralaringizdan kasbingiz davomchilari bormi? 
➢ biz yoshlarga qanday tilaklaringiz bor va hokazo. 


147 
Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi. Bu bosqichda uchrashuv 
o‘tkazilish jarayoni amalga oshiriladi. Uchrashuvning namunaviy loyihasi 
quyidagicha bo‘lishi mumkin (17.4-jadval) 
Soha fidoiysi, mehnat faxriysi bilan uchrashuv loyihasi (17.4-jadval) 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling