Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti turizm va marketing kafedrasi


Kurs ishining maqsadi va vazifalarini belgilash


Download 299 Kb.
bet5/12
Sana07.10.2023
Hajmi299 Kb.
#1694870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
курс иши услубий қўлланма Пул ва банклар

2.5. Kurs ishining maqsadi va vazifalarini belgilash

Mavzuning dolzarbligi ochib berilgandan sо‘ng, tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, ushbu maqsadga erishish uchun aniq vazifalarni (3-5 ta vazifalarni) hal qilib olish kerak bо‘ladi. Bular odatda quyidacha ifodalanadi:


• о‘rganish;
• ochish;
tasvirlash;
• belgilash;
aniqlash;
• uslubiy ishlab chiqish;
• tayyorlash.
Bu vazifalarni chuqur tahlil qilib, yozish kerak.

2.6. Kurs ishining rejasini tuzish va tasdiqlatish


Reja tuzish mavzu asosida kurs ishi yozishning muhim bosqichidir. Ishning rejasini talaba mustaqil tuzishi kerak. Sо‘ngra о‘z rejasini rahbar о‘qituvchi bilan maslahat qilgan holda kelishib oladi.
“ Marketing komunikatsiyalari” fani bо‘yicha kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan tashkil topadi (3-ilovada namunalar havola etiladi). Kirish qismi tanlangan mavzuning dolzarbligi, uning ishlab chiqish zaruriyatining darajasi,
bajarilayotgan ishning maqsad va vazifalarini baholashga bag‘ishlanadi. Kirish qismida tekshirish obyektining aniq nomlanishi (korxona, tashkilot), tekshirish predmeti, tekshirishning uslubiy va nazariy asoslari kо‘rsatilishi zarur. Asosiy qism 2 yoki 3 bо‘limdan iborat bо‘lishi mumkin:

  1. Uslubiylik yoki nazariy qism;

  2. Tahliliy qism;

  3. Amaliy qism;

Rejada kо‘zda tutilgan asosiy masalalar tarkibi mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, aniq bо‘lishi va о‘rganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir.
Rejadagi har bir masala о‘zaro bog‘langan bо‘lishi lozim, ularni yoritishda esa korxona, tashkilotning amaliy ish faoliyatiga bog‘langan bо‘lishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Kurs ishini yozishda talaba, avvalo, rahbarning kо‘rsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir.
Kurs ishini yozishda talaba qо‘lyozma yoki elektron usuldan foydalanishi mumkin, qо‘lyozmada talabaning dastxati tushunarli darajada, chiroyli va aniq yozilishi talab etiladi, kurs ishida grammatik va stilistik xatolar bо‘lmasligi zarur.

Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling