Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti turizm va marketing kafedrasi
Download 299 Kb.
|
курс иши услубий қўлланма Пул ва банклар
- Bu sahifa navigatsiya:
- USLUBIY KО‘RSATMA QARSHI-2023
- Tuzuvchi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM ,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI TURIZM VA MARKETING KAFEDRASI “MARKETING KOMUNIKATSIYaLARI” FANIDAN K U R S I SH I BAJARISH BО‘YICHA USLUBIY KО‘RSATMA QARSHI-2023 Qosimov Jahongir Ro‘ziboyevich “Marketing komunikatsiyalari” fаnidаn kurs ishini bаjаrish bo’yichа uslubiy ko’rsаtmа. - Q.: ҚарДУ, 2023. - 22 bet. Ushbu uslubiy kor’sаtmаda talabalarning “Marketing komunikatsiyalari” fаnidаn kurs ishining yozilishini tashkillashtirish usullari ochib berilgan hаmdа talaba tomonidan kurs ishni bajarish va rasmiylashtirish bo’yicha mаslаhаt vа tavsiyalar berilgan. “Marketing komunikatsiyalari” fanidan kurs ishi yozish bо‘yicha uslubiy ko‘rsatma “Marketing” va “Savdo ishi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabalari uchun mо‘ljallangan. Kurs ishi mavzularini tuzishda va uni yoritishda talaba o‘quv adabiyotlaridan tashqari autentik materiallar: audio, video, jurnallar, internet manbalaridan o‘zlashtirilgan bilimlar majmuasini amaliyotda kuzatilayotgan dalil va hodisalarga bog‘lay olish, olingan natijalarni baholash, tahlil qilish orqali kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va kompetensiyalarni innovatsion tafakkur layoqati negizida shakllantirishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Mazkur uslubiy ko’rsаtma nafaqat bakalavriat bosqich talabalariga, balki magistrantlar uchun ham foydali bo’lishi mumkin. Tuzuvchi: J.R.Qosimov- QarDU, “Turizm va markting” kafedrasi katta o‘qituvchisi Taqrizchilar:G‘.Qo‘chqorov. - i.f.n., QDU “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi professori SH.Muxitdinov. - Phd.., “Turizm va markting” kafedrasi mudiri Uslubiy ko’rsаtmа “Turizm va marketing” kаfеdrаsi yig’ilishidа (bаyon №____, “___” ________2023 y.), “Iqtisоdiyot” fаkultеti Uslubiy Kоmissiyasidа (bаyon №____, “___” ________2023 y.) vа Унверситет Uslubiy Kеngаshidа (bаyon №____, “___” ________2023 y.) muhоkаmа etilgаn vа o’quv jаrаyonidа fоydаlаnishgа tаvsiya qilingаn. K I R I SH Kurs ishining asosiy maqsadi - talabalarda mustaqil ishlashni joriy etish bо‘lib, talabalarda ilmiy izlanish ishlarini mustahkamlashdir. Uni bajarish davomida talabalarda asosiy nazariyalar hamda Marketing komunikatsiyalarining muhim konsepsiyalariga asoslangan amaliy ahamiyatidan kelib chiqib, olgan bilimlarni konkret amaliyotda qo’llash, pul, kredit va banklarning funksiyalari va ularning o‘zaro aloqadorligiga baho berish, zamonaviy pul nazariyalari ahamiyatini anglash, pul aylanmasini tashkil etish, pullarga bo‘lgan talab va taklifni aniqlash hamda pul islohotlariniamalga oshirish, pul muomalasini barqarorlashtirish, kredit shakllaridan foydalanish, kredit tizimining barqarorligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini tartibga solish, tijorat banklari aktiv operatsiyalarining riskliligi va daromadliligini baholash, valyuta munosabatlarini barqarorlashtirish, xalqaro moliya institutlari faoliyatini tartibga solish, rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalarini ilmiy tahlil eta olgan holda ulardan ratsional foydalana olish kо‘nikmasi shakllanadi. Ushbu uslubiy ko’rsatma “Marketing komunikatsiyalari” fani bо‘yicha о‘quv dasturi va о‘quv rejasi asosida tuzilgan bо‘lib, unda talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilinishi lozim bо‘lgan umumiy tartib qoidalar, me’yorlar, tegishli kо‘rsatma va maslahatlar berilgan. Uslubiy kо‘rsatmani ishlab chiqishda muallif talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qо‘ygan. Download 299 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling