Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti turizm va marketing kafedrasi


Download 299 Kb.
bet3/12
Sana07.10.2023
Hajmi299 Kb.
#1694870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
курс иши услубий қўлланма Пул ва банклар

II. KURS ISHINI YOZISH VA RASMIYLASHTIRISH TALABLARI
Kurs ishi muayayn mavzu bo‘yicha umumiy yaxlitlikka ega ilmiy-amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ish hisoblanadi. Kurs ishi marketing komunikatsiyalariga doir masalalarni aks ettirishga mos kelishi talab etiladi. Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:
* muammoni bibliografik tahlil qilish;
* chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;
* to‘plangan materiallarni tanqidiy o‘rganish;
* taklif va tavsiyalarni asoslab berish;
* fikrni ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilish;
* kurs ishini qo‘yilgan talablar bo‘yicha rasmiylashtirish
Kurs ishi mavzusiga ilmiy tarzda yondoshgan holda imlo xatolarisiz yoziladi. Mavzu yuzasidan bildirilayotgan fikrlar mavzu mazmuni va rejasidan chetga chiqmasligi zarur.
Kurs ishi oxirida foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati alifbo tartibida, belgilangan qoidaga kо‘ra berilishi talab etiladi (4-ilovada namuna havola etiladi).
Kurs ishi yoritilgan sahifalar raqamlanishi, kurs ishi matnining о‘zi 30-35 sahifa atrofida bо‘lishi, ish papkaga tikilgan holda topshirilishi talab etiladi.

  • Kurs ishida О‘zbekiston Respublikasi Prezident asarlari, Farmon va Qarorlari, huquqiy-meyoriy hujjatlar yoritilgan adabiyotlar rо‘yxati alohida kо‘rsatiladi.

Kurs ishini bajarishda tanlangan mavzu bо‘yicha quyidagi jarayonlarning ijrosi talab qilinadi:

  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va kо‘rsatmalari bо‘yicha mazkur mavzuga taalluqli holatlarni bilish, shuningdek Prezident asarlaridan mukammal foydalanish;

  • Mavzu bо‘yicha chop etilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan unumli foydalanish;

  • Statistik va amaliy ma’lumotlarni о‘rganish hamda ulardan keng foydalanish;

  • Barcha ilmiy jurnallarda chop etilgan va internet sahifalarida e’lon qilingan ilmiy maqolalardan foydalanish;

  • Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan yо‘l-yо‘riqlar, xulosalar va kо‘rsatmalarni ishlab chiqish.

Kurs ishini bajarish jarayoni о‘quv jarayonining ajralmas qismi bо‘lgani uchun uni tо‘g‘ri tashkil etish yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun, kurs ishini bajarish davomida talaba о‘z mehnatini quyidagi bosqichlar bо‘yicha tо‘g‘ri va samarali taqsimlashi katta ahamiyatga ega:

  • Kurs ishining mavzusini tanlash;

  • Kurs ishi bо‘yicha topshiriqlarni olish;

  • Adabiyotlarni tо‘plash va ularni о‘rganish;

  • Mavzuning dolzarbligini aniqlash;

  • Kurs ishining maqsadi va vazifalarini belgilash;

  • Kurs ishining rejasini tuzish va tasdiqlatish;

  • Ma’lumotlarni tо‘plash va qayta ishlash;

  • Kurs ishining matnini yozish;

  • Kurs ishini rasmiylashtirish;

  • Kurs ishining himoyasi.

Kurs ishini bajarishda talaba о‘z ustida mustaqil ishlashi bilan bir qatorda kurs ishi rahbari bilan zarur bо‘lgan holatlarda maslahatlashishi va tegishli kо‘rsatmalar asosida faoliyat kо‘rsatishi zarur hisoblanadi.
2.1. Kurs ishining mavzusini tanlash
Mavzu tanlash kurs ishini bajarishning birinchi bosqichidir. Talaba mavzu tanlashda mavzuning dolzarbligiga о‘z e’tiborini qaratishi zarur. U tavsiya etilgan mavzulardan birini о‘z ixtiyori bilan tanlab oladi (2-ilovada namunalar havola etiladi).
T alaba fan bо‘yicha ma’ruzalarni tinglab, kursning tegishli qismini о‘rganib chiqqanidan sо‘ng mavzu tanlansa, tо‘g‘ri bо‘ladi. Bu esa talabalarning kurs ishi yuzasidan tanlab olgan mavzusi mazmuni haqidagi aniq tasavvurlarini kengaytiradi.
Kurs ishini muvaffaqiyatli bajarilishining muhim omili - bu talabaning о‘z qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi hisoblanadi. Shuning uchun ushbu bosqichda talaba mavzuni tanlashda sinchkov va ma’suliyatli bо‘lishi lozim. Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Kurs ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan bо‘lishi bilan bir qatorda innovatsion iqtisodiyot sharoitidan kelib chiqib belgilanishi maqsadga muvofiq.

Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling