Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti turizm va marketing kafedrasi


Ma’lumotlarni tо‘plash va qayta ishlash


Download 299 Kb.
bet6/12
Sana07.10.2023
Hajmi299 Kb.
#1694870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
курс иши услубий қўлланма Пул ва банклар

2.7. Ma’lumotlarni tо‘plash va qayta ishlash
Adabiyotlarni о‘rganishdan oldin yana bir bor mavzuni tо‘g‘ri tanlanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Talaba adabiyotlarni kurs ishi mavzusi bо‘yicha, unga mos tarzda tanlashi kerak. Ilmiy rahbarning vazifasi talaba tanlagan manbalarni qayta kо‘rib, asosiylarini qoldirishdir.
M anbalarni tо‘plashda talaba uning chop etilgan yiliga ham alohida e’tibor berishi lozim. Eski manbalardan olingan ma’lumotlar bugungi kundagi dolzarb hisoblangan muammolarni yechishda unchalik ahamiyatli bо‘lmay qoladi.
Manbalarni tо‘plashda talaba uning chop etilgan yiliga ham alohida e’tibor berishi lozim. Eski manbalardan olingan ma’lumotlar bugungi kundagi dolzarb hisoblangan muammolarni yechishda unchalik ahamiyatli bо‘lmay qoladi.
Talaba bir nechta manbalarni qiyosiy tahlil qilgan holda о‘ziga eng ma’qul deb topgan ma’lumotlarni olgandagina kurs ishi tadqiqoti samarali bо‘ladi.
2.8. Kurs ishining matnini yozish
Ishning kirish qismida tadqiqotning maqsadi, vazifalari, mavzuning dolzarbligi, ilmiy, amaliy va uslubiy yondashuvi asosi, ishning mazmuni beriladi.
Asosiy qismda har bir savolning tо‘liq mazmunini, statistik ma’lumotlarning iqtisodiy tahlili, qonuniy asoslari, qо‘yilgan muammolar bо‘yicha iqtisodiy hisob-kitoblar, tashkilot va korxonalarning tajribalari, hozirgi vaqtdagi mavjud muammolar tahlili va ularni bartaraf etish yо‘llari yoritiladi.
Bularning barcha qо‘yilgan talablarga javob berishi, ish ilmiy, aniq, asoslangan xarakterga ega bо‘lishi kerak. Har bir savollar qisqa xulosalar bilan tugallanishi kerak.
Kurs ishining asosiy qismi ish umumiy hajmining 60% ini tashkil qilishi kerak. Ishda izlanish obyektlarining tashkiliy va iqtisodiy tavsifi, boshqaruv sxemalari va ularning bog‘liqligi kо‘rsatiladi.
Statistik kо‘rsatkichlar, jadvallar, sxemalar, diagrammalr kо‘rinishida beriladi va ular iqtisodiy tahlil etiladi hamda izohlanadi.
Ishda iqtisodiy kо‘rsatkichlar bir necha yillar misolida tahlil etilishi, ular о‘zgarishidagi tendensiyalar, qonuniyatlar va sabab-oqibat bog‘lanishlari ochib berilishi kerak.
Kurs ishining xulosa qismida ish yuzasidan barcha xulosalar umumlashtiriladi, о‘z fikr-mulohazalari bildiriladi, amaliy taklif va tavsiyalar beriladi. Taklif va mulohazalar talabaning о‘ziniki bо‘lib, u ishda qayd etilgan takliflarni takrorlamasligi kerak.
2.9. Kurs ishini rasmiylashtirish
Kurs ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi kerak.
Kurs ishi qо‘lyozma yoki elektron usulda standart A4 formatli qog‘ozning faqat birinchi yuzasiga yoziladi.
Standartga mos holda har bir varaqni yozishda 4 tomondan hoshiya qoldirilish kerak:

  • Chap tomondan – 30 mm;

  • Yuqoridan - 20 mm;

  • О‘ng tomondan – 15 mm;

  • Pastdan – 25 mm.

Har bir varaq 10 mm, oraliqdagi 28-32 qatordan (satr) iborat bо‘lishi, har bir satr 60-65 belgidan (tinish belgilar va oraliqlarni qо‘shib hisoblaganda) va 3600 sо‘zdan iborat bо‘lishi kerak. Savollar nomlari asosiy tekstdan oraliqlar bilan ajratiladi (10 mm). Varaqlarni raqamlash pastdan ketma-ketlikka rioya qilgan hoda 3-varaqdan (kirish) boshlab, ya’ni titul varag‘i va mundarijadan sо‘ng amalga oshiriladi. Betlar soni qog‘oz tepa qismining о‘ng tomonida kо‘rsatiladi.
Jadvallar, grafik chizmalar raqamlanishidan tashqari nomi ham yozilishi kerak. Jadvalning о‘ng tepa burchagi ustida tartib raqami va nomi kо‘rsatiladi.
Har xil adabiyotlardan umumiy jumla va belgilashlarni sо‘zma-sо‘z kо‘chirishga ruxsat berilmaydi. Sо‘zlarni qisqartirishga faqat umumiy qabul qilingan standartlar (kg., t., m., sm. va h.k) asosida ruxsat beriladi.
Kurs ishining umumiy hajmi 30-35 sahifa atrofida bо‘lishi tavsiya etiladi.
Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: titul varag‘i (1-ilovada namun havola etiladi), kurs ishi topshirig‘i, mundarija (3-ilova namuna havola etiladi), kirish, asosiy qism, xulosa, ilova hamda foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati (4-ilova namuva havola etiladi).
Ilovada turli hujjatlar katta hajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar beriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qog‘oz qо‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
Agar kurs ishida muallif ishga taalluqli bо‘lgan iqtibos(sitata)lardan foydalansa, iqtibos olingan manbaning о‘ziga xos xususiyatlari tо‘liq saqlanishi zarur: orfografiya, punktuatsiya, abzatslar joylanishi, shriftlar ajratilishi.
Iqtiboslar matnning ichida berilsa, qoidaga muvofiq holda qо‘shtirnoq “ ” ichiga olinadi. Iqtiboslarga havolalar matn ichida, satrlardan keyin va matn oxirida, asosan varaqning past qismida chiziqdan keyin berilishi mumkin. Agar talaba iqtibos (sitata) bо‘yicha havolalarni ishning oxirida keltirilgan adabiyotlarda bersa, unda matnda iqtibos katta qavsga olinib, qavsdan sо‘ng bu adabiyotlarning tartib nomerlari kо‘rsatilishi kerak.
2.10. Kurs ishi himoyasi

Kurs ishi himoyasi kurs ishi bajarishning yakuniy bosqichlaridan biri hisoblanadi.


Talabalar kurs ishini kafedra tomonidan belgilangan ilmiy rahbar (о‘qituvchi) nazoratida bajaradilar. Rahbar (о‘qituvchi) kurs ishini ijobiy baholagandan sо‘ng ish kafedraga belgilangan muddatda taqriz uchun topshirilishi kerak. Barcha kurs ishlari kafedra mudiri ruxsati bilan taqrizdan о‘tkaziladi. Ijobiy baholangan ishlar maxsus komissiya ishtirokida himoya qilinmogi shart.
Agar kurs ishlari talab darajasida bо‘lmasa, bu ishlar qayta ishlash uchun talabaga qaytariladi.
Kurs ishiga taqriz yozishda quyidagilarga e’tibor berishni maslahat beramiz:

  • Kurs ishining mazmuni, unda yо‘l qо‘yilgan nuqson va kamchiliklarni tuzatish yо‘llarini kо‘rsatgan holda tegishli mulohazalarni aniq va ravshan qilib yozish;

  • Taqrizda ishning ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur tahlil etish va shu bilan talaba yaxshi о‘zlashtirmagan eng muhim masalalarni tushuntirib berish;

  • Yoziladigan mulohazalarda va taqrizning о‘zida о‘quv materiali hajmida mustaqil bajariladigan ishga g‘oyaviy yо‘l kо‘rsatish;

  • Nazariyalarni amaliyot bilan uzviy bog‘lanish yо‘llarini talabalarga keng tushuntirish;

  • Marketing komunikatsiyalari haqidagi tushunchalarni talabalar ongiga singdirish va ularni muayyan g‘oyaga ishontirish.

Kurs ishi taqrizchi tomonidan e’tibor bilan о‘qib chiqilishi, imlo va stilistik xatolar tuzatilishi hamda kо‘rsatilishi kerak. О‘qituvchi sо‘zlarni qisqartirib yozmasligi shart. Taqriz о‘qituvchining mulohazalari, istak va maslahatlari bо‘lib, u har bir talabada shularga muvofiq ravishda ish olib borishga, kursni ijobiy tarzda о‘rganishga yordam berishi kerak.
Himoya talabaning о‘z ishi yuzasidan tayyorlagan qisqa (10-12 daq.) ma’ruzasidan iborat. Ma’ruzada mavzuning dolzarbligi, foydalanilgan manbalarning tavsifi, umumlashtirilgan xulosalar, muallifning bu masala yuzasidan qilgan fikr-mulohazalari va takliflari bayon etiladi. Illyustratsiya sifatida talaba oldindan tayyorlangan sxema, jadval, grafik, diagramma, rasmlardan foydalanishi mumkin. Ma’ruzani tugatgach talaba komissiya a’zolarining savollariga javob beradi.
Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan baholanadi, sо‘ngra himoya yakuni bо‘yicha komissiya qarori chiqariladi. Kurs ishi qaydnoma va taqrizlar bilan birga kafedra arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari tanlovlariga tavsiya qilinishi mumkin. Kurs ishida bayon qilingan ma’lumotlardan talabalar tomonidan bitiruv ishlarini yozish jarayonida foydalanish mumkin.

III. KURS ISHINI BAHOLASH MEZONLARI


Kurs ishi uchun beriladigan ballar kafedra professor-о‘qituvchilaridan iborat bo’lgan komissiya tomonidan qо‘yiladi. Komissiya a’zolari kurs ishi mavzusi yuzasidan himoyachi talabaga savollar beradilar. Kurs ishini baholashda talabaning og‘zaki nutqi, berilgan savollarga mazmunan tо‘g‘ri javob berishi, hozirjavobligi, mustaqil va ijodiy fikr bildirishi e’tiborga olinadi.


Kurs ishi himoyasi natijalari baholash tizimi orqali aniqlanadi.

Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling