Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti turizm va marketing kafedrasi


Download 299 Kb.
bet2/12
Sana07.10.2023
Hajmi299 Kb.
#1694870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
курс иши услубий қўлланма Пул ва банклар

I. KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Kurs ishi “Marketing komunikatsiyalari” fanining muhim mavzularidan birini о‘rganish bо‘yicha talabalar mustaqil faoliyatining natijasi hisoblanadi. Chunki talaba kurs ishini yozish jarayonida fan bo’yicha olgan bilimlaridan birinchi marta amaliy jihatdan foydalanadi.
Kurs ishining maqsadi - talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyati va olgan bilimlarining chuqurligini hamda sifatini belgilash hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Kurs ishini bajarishdan maqsad, talabaning ayni fan bо‘yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish, dunyoqarashlarini kengaytirish, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, matbuot sahifalari bilan ishlashni va kerakli ma’lumotlarni tayyorlashni о‘rgatish bо‘lib, talabaning mavzu ustida mustaqil ishlashni talab etiladi.
Tanlangan mavzu bо‘yicha tо‘g‘ri reja tuza bilish talab etiladi. Chunki, kurs ishining mazmunan tо‘g‘ri ifodalanishi, mantiqan tо‘g‘ri yoritilishi, asosan mavzu yuzasidan tuzilgan rejaga bog‘liqdir. Reja - kurs ishining “oynasi”dir. Tuzilgan rejaga kurs ishining mazmuni javob berishi kerak.
Kurs ishi uchun adabiyotlar tanlash va undan о‘z mavzusi mazmuniga xos tarzda foydalana bilishning о‘zi talabaning bilim darajasini, dunyoqarashini kо‘p jihatdan baholashga yordam beradi. Avvalo fanga doir asosiy darslik va qо‘llanmalar mazmuni bilan yanada chuqur tanishish, sо‘ngra mavzuga doir Prezident asarlari, Farmon va Qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, meyoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar, matbuot sahifalaridan olingan materiallardan keng foydalanish kurs ishini mazmunan boyitadi.
Kurs ishini mavzusini yoritish davomida statistik materiallar ma’lumotlaridan foydalanish - talabaning masalaga bо‘lgan qarashlarini isbotlashga yordam beradi. Kurs ishida statistik ma’lumotlarning olinayotgan joyi va vaqti aniq belgilanishi talab etiladi. Kurs ishi uchun matbuot sahifalari va adabiyotlardan statistik ma’lumotlar olish bilan bir qatorda, eng yangi ma’lumotlarni respublika va viloyat statistika ma’lumotlaridan olib foydalanish mumkin. Kurs ishida keltiriladigan statistik ma’lumotlarning jadval kо‘rinishlarida ifodalangan raqamlarning о‘lchov birliklari albatta berilishi, jadval nomlanishi, tartib raqami berilishi talab etiladi.
Kurs ishini yoritish davomida talabaning mavzu mazmuniga xos ravishda nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bо‘yicha mustaqil faoliyat kо‘rsata oladigan, о‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni tо‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib bildirgan mustaqil fikr va mulohazalari ayniqsa ahamiyatlidir.

Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling